Afg‘oniston hukumati Tolibon bilan dastlabki kelishuvga erishdi

379
0

Afg‘oniston hukumati Tolibon bilan dastlabki kelishuvga erishdi

Afg‘oniston hukumati va Tolibon delegatsiyasi Qatar poytaxti Dohada tinchlik muzokaralarini davom ettirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi. Bu haqida Tolonews axborot agentligi xabar tarqatdi.

Afg‘oniston hukumatining vakillaridan biri Nodir Nodiriy muzokaralar olib boruvchi guruhlar o‘rtasida qo‘shma ishchi qo‘mita tayinlanganini bildirdi. Nodiriyga ko‘ra, bu guruhning vazifasi tinchlik muzokaralarida kun tartibidagi masalalar loyihasini tayyorlashdir.

Tolibon voizi Zabihulla Mujohid ham Twitter sahifasi orqali mazkur kelishuvni tasdiqladi.

Afg‘oniston prezidentining matbuot kotibi Siddiq Siddiqiy esa, prezident Ashraf G‘ani muzokaralar natijasini mamnuniyat bilan qabul qilganini ma’lum qildi. “Bu tinchlikni davom ettirish borasida afg‘on xalqining muhim talabi sifatida asosiy masalalar bo‘yicha muzokaralar boshlanishi uchun oldinga tashlangan bir qadamdir”, deya yozdi Siddiqiy Twitter-dagi sahifasida.

Joriy yilning 12 sentyabr kuni Qatar poytaxti Dohada boshlangan Tolibon va Afg‘oniston delegatsiyasi o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari, fikrlar xilma-xilligi sababli to‘xtatilgan edi.

Izoh: Amerika tarixidagi eng uzoq davom etgan jang Afg‘oniston jangidir. AQSh bu jangda g‘alabaga erishish u yoqda tursin, bo‘g‘izigacha botqoqqa botib qoldi. U bugungi kunda jangni to‘xtatishga majbur. Agar to‘xtatmasa, bu uning qulashiga sabab bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun Amerika hozirda jangni to‘xtatib, muzokaralar orqali o‘zi istagan natijalarni qo‘lga kiritish qobiliyatini ishga solyapti.

Amerikaning birdan bir istagi Tolibonni o‘ziga og‘dirishdir. Agar Tolibon uning takliflarini qabul qilsa Amerika uni har taraflama qo‘llab quvvatlashga, harbiy quvvatini tiklash uchun imkon berishga, uning mintaqasini iqtisodiy jihatdan rivojlangan va harbiy jihatdan xavfsiz mintaqaga aylantirishga ham tayyor. Agar AQSh bunga erishsa muvaffaqiyat qozongan bo‘ladi, aksincha u erdan horlarcha chiqib ketishga majbur. Oq uy Barak Obama davridan boshlab regional davlatlar orqali Tolibon bilan so‘zlashuvlar olib borishga urinib, bunga erisha olmay kelayotgan edi.

AQShning Afg‘onistonga urush ochishining haqiqiy sababi xalqaro kurashning markazida joylashgan mintaqa ustidan hukmronlik qilishdir. Mustamlakachi davlatlar doim bu mintaqaga ko‘z olaytirib kelgan. Chunki Afg‘oniston – O‘rta Osiyo, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Pokiston va Eronga nisbatan strotegik hududda joylashgan. Afg‘onistonga hukmronlik qilish yuqoridagi davlatlarning barchasiga ta’sir o‘tkazish va tahdid qilish imkonini beradi. Amerikaning ushbu davlatni o‘z ta’siri ostida saqlab qolishiga qattiq yopishib olishining sababi ham mana shu. Shuning uchun Amerika muzokara orqali bu strotegik mintaqada o‘z vujudini saqlab qolish bilan bir qatorda Afg‘on botqog‘idan ham qutilishni ko‘zlamoqda.

Bunday paytda Tolibon hushyor bo‘lmog‘i lozim. Muzokara olib borish uchun AQSh bilan bir stolda o‘tirish uning Afg‘onistondagi umrini uzaytirish demakdir. Amerika o‘z maqsadiga etish uchun har narsani va’da qilishi mumkin, ammo har xil bahonalar bilan ahdiga vafo qilmaslik kufrning tabiatida bor. Alloh Taolo shunday marhamat qiladi:

كَيْفَ وَإِنْ يَظْهَرُوا عَلَيْكُمْ لَا يَرْقُبُوا فِيكُمْ إِلًّا وَلَا ذِمَّةً يُرْضُونَكُمْ بِأَفْوَاهِهِمْ وَتَأْبَى قُلُوبُهُمْ وَأَكْثَرُهُمْ فَاسِقُونَ

(Ular uchun) qanday (ahd-paymon) bo‘lsin? Holbuki, ular agar ustingizda g‘olib bo‘lsalar, sizlarning xususingizda na ahdga va na burchga boqadilar. Og‘izlarida sizlarni rozi qilishadi-yu, ko‘ngillari (ahdga vafo qilishga) ibo-or qiladi. Ularning ko‘plari itoatsizdir”. (Tavba:8)

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.