Kutilayotgan Prezident saylovi va referendumda Musulmonlarning pozitsiyasi haqida

289
0

Kutilayotgan Prezident saylovi va referendumda Musulmonlarning pozitsiyasi haqida

10-yanvar kuni prezident saylovi bilan birga, mamlakat boshqaruvida prezidentlik yoki parlamentlik tizimini tanlov referendumi ham o‘tkazilishi kutilmoqda. Tanlov byulletenlarida “ha” yoki “yo‘q” ya’ni ikki boshqaruvni birini tanlashni shart qilib qo‘yishmoqchi. Byulletenlarda ikkovini ham inkor qilish tanlov huquqi berilgan emas.

Prezidentlik yoki parlament boshqaruvining har ikkisi ham, demokratik aqidadan balqib chiqqan kapitalistik boshqaruv tizimining ikki butog‘i bo‘lib, aslida ular bir biridan deyarli farq qilmaydi. Etakchi guruh vakillari xalqni chalg‘itish maqsadida bu ikki sistemani kiritishdi. Qirg‘iziston xalqi har ikki boshqaruv tizimini ham boshidan kechirdi.

Demokratik yoki boshqa bashariy tizimlarning birortasida xayr, osoishtalik va haqiqat mavjud bo‘lishi mumkin emas! Chunki undagi hayot qonunlari, unda yashab kelayotgan bir guruh odamlar tomonidan ishlab chiqiladi, yoziladi, o‘zgartiriladi va ijro qilinadi. Hayotining avvali va oxirini, boshlanishi va kelajagini anglay olmagan odamlar tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar insonlarni doimiy farovonlikka olib chiqishi mumkin emas!

Musulmonlar bu kabi kufrga (noshariy boshqaruv tizimiga) asoslangan mabdalarni qo‘llab quvvatlashi, undagi ichki rivojlanish jarayonlarida ishtirok etishi, uni talqin qilib jamiyatda rivojlanib borishiga hissa qo‘shishi shar’an harom.

Saltanat xalqniki bo‘lgani uchun saylovlarda qatnashish amalida karohiyat yo‘q. Lekin demokratiya kufr nizomi ekanligi sababli, Musulmon uchun demokratik tamoyillardan birini tanlash referendumida qatnashish ham, u tuzum uchun etakchi prezident tanlash saylovida qatnashish ham, durust emas.

Ey Mo‘’min – Musulmon birodarlar! Zolim hokimiyatlar zulmi ostida juda ko‘p aziyatlar chekdik, chekib kelyapmiz. Ustimizdagi boshqaruv tizim noto‘g‘ri ekanligi bois, unga har qancha insofli deb tanilgan odam kelganida ham, ko‘p o‘tmay avvalgilari singari xudbin, och-ko‘z zolim etakchiga aylanib qolayapti. Chunki butun tizim, boshqaruv, siyosiy doira buzuq bo‘lgan jamiyatda, uni bir kishi, hatto bir guruh haqiqat va farovonlik tomon tortib ketish mahol ish! Muammo etakchi guruh yoki shaxslarda emas. Balki ular tayanishga majbur bo‘lishayotgan olamiy va mahalliy boshqaruv sistemasining noto‘g‘ri asosga qurilganida!

Shuning uchun ular hokimiyatga kelib olishgach hamisha diktaruraga, xalqni aldash, chalg‘itish uchun yolg‘on ma’lumotlar tarqatish, xalq mulkini tashqi kuchlarga pora sifatida berib yuborish kabi jinoyatlarni qilishga majbur bo‘lishadi. Aks holda bu etakchilar qarama qarshi fikriy va moddiy kuchlarga ro‘paro‘ kelib, jamiyatda siyosiy yoki strotegik bo‘shliqlar kasofatidan boshi chiqmay qoladi.

Biz Musulmonlar bu kabi zolim kuchlar bilan birga bo‘lishdan, ularga yordamchi, ko‘mak beruvchilardan bo‘lib qolishdan saqlanaylik! Ulardan birini saylab, kufr tizimlaridan birini tanlab olish bilan ularga sherik bo‘lib qolmaylik. Aksincha ularni muhosaba (amru-ma’ruf va nahiy munkar) qilib, oxiratimizni ularni kutgan ayanchli holatlardan saqlab qolishga harakat qilaylik.

Zora Alloh Taoloning rahmi kelib, ushbu buzuq jamiyatda zolimlar orasida yashab, taqvodor pokiza odamlar qatoridan o‘rin olishimizga, oxiratda ular bilan birga tirilishimizga izn bersa!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.