Venada odamlarni o‘ldirgan jihodchi yolg‘iz harakatlangan
Venada 2 noyabrь kuni to‘rt kishini o‘ldirgan jihodchi terrorni o‘zi yolg‘iz amalga oshirgan. Bu haqda Avstriya ichki ishlar vaziri Karl Nexammer ma’lum qildi.
Nexamer 3 noyabrь kuni politsiya terror tashkilotiga aloqadorlikda gumonlangan 14 kishini qo‘lga olganini eslatib o‘tdi. Rasmiyning bildirishicha, ular 18-28 yosh oralig‘ida bo‘lgan Bangladesh, Shimoliy Makedoniya, Turkiya va Rossiya fuqarolaridir.
Politsiya 2 noyabrь kuni terrorda gumonlanayotgan shaxsni qo‘lga olish paytida otib o‘ldirgan edi. Otib o‘ldirilgan shaxs kelib chiqishi Shimoliy Makedoniyadan bo‘lgan va Avstriyada tug‘ilgan Kuytim Feyzulla ekani aytildi.
Xabarda bildirilishicha, Kuytim Feyzulla avval “Islom davlati” guruhi saflariga qo‘shilish uchun Suriyaga ketmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan va 22 oyga qamalgan.
Venadagi terror uchun mas’uliyatni «Islom davlati» guruhi o‘z zimmasiga olgan.
2 noyabrь kuni kechqurun Venadagi sinagoga, yahudiy madaniy markazi va ikkita restoranga hujum qilingan edi. Hujum paytida ikki erkak va ikki ayol halok bo‘lgan, 22 kishi yaralangan.
Tahlil: Hozirda yahudiy yoki nasroniy din vakillari Islom va Musulmonlarga dushmanlik qilaolmayapti! Umuman hozir dunyoda dinlararo keskinlik yoki urushlar bo‘layotgani yo‘q. Bunday urushlar bo‘lishi mumkin emas. Chunki u dinlarda mabda (boshqaruv sistemasi) mavjud emas. U din vakillari (hozirgi Musulmonlar singari) mutlaq kapitalizm sistemasi demokratiya, (sionizm) dunyoqarashlari ta’siri ostida yashab kelishadi. Demak biz ularga qarshi moddiy yoki harbiy harakatlanishimiz siyosiy hato bo‘ladi.
G‘arb olami Evropada kuchayib, rivojlanib borayotgan islomiy qadriyatlar va uni namoyondalari bo‘lgan Musulmonlarga bir qator cheklovlar qo‘yish, migratsiyani cheklash kabi maqsadlarni ko‘zlab atayin provokatsiyalar uyushtirib kelyapti.
Demokratik qadriyatlarga ko‘ra hatto Musulmonning ham erkinligi himoya qilinishi kerak. Shuning uchun Makron Musulmonlarni jinoyatga tortish maqsadida Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vassallamni haqorat qilinishiga noto‘g‘ri pozitsiyadan aralashib, ochiq provokatsiya boshlab yubordi. Maqsadi, Musulmonlar tuyg‘ularini jumbushga keltirib, ularni mahalliy xalqlar, dinlar va qadriyatlararo to‘qnashuvga undashdan iborat edi.
Shunday vaziyatlardan foydalanib Frantsiya kabi yirik, rivojlangan davlatlar o‘z maqsadlari yo‘lida ayirmachilikka yo‘l ochib olmoqchi bo‘lishadi. Musulmonlarga, ularning o‘z qadriyatlari bilan yashashlariga cheklovlar kiritishga muvaffaq bo‘lishadi. (11-sentyabr voqeasidan keyin Iroq va Avg‘onistonni bosib olgani singari.)
Shulardan kelib chiqib Musulmon birodarlarimizga aytar edik – provokatsiyaga berilib kufrning iflos maqsadlariga yo‘l ochib berishdan ehtiyot bo‘laylik. Dushmanni to‘g‘ri belgilab, mamlakatlarni boshqarib kelayotgan boshqaruv sistemasiga qarshi fikriy va siyosiy kurashni kuchaytiraylik! Ular bizni boshqa din vakillari bilan to‘qnashtirib, bizni dunyo oldida dinlararo nizo soluvchilar qilib ko‘rsatishmoqchi bo‘lishadi.
Muhimi, biz kapitalistik sistemasi tomonidan amalga oshirilayotgan zulmlarni, aslida bizga, bizning islomiy Xalifalik boshqaruv sistemamiz adolatiga muhtoj bo‘lib turgan boshqa din vakillariga noo‘rin zulm qilib qo‘yishdan saqlanaylik.
Abdurazzoq Mo‘’min.