Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida yana o‘q otildi
Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasining 25 oktyabrь kuni o‘q otilgan qismida vaziyat barqarorlashtirildi. Vaziyatni nazorat qilish uchun mazkur hududga chegara hizmati raisining birinchi o‘rinbosari Abdikarim Alimbaev jo‘nab ketdi. Bu haqda 26 oktyabrь kuni Qirg‘iziston Chegara hizmati ma’lum qildi.
Bildirilishicha, 25 oktyabrь kuni Botken viloyati Botken tumanidagi Uch-Do‘bo‘ deb atalgan chegara hududining ikki davlat o‘rtasida bahsli bo‘lib turgan qismida Tojikiston fuqarolari o‘z qishloqlariga toza ichimlik suvi olib o‘tish maqsadida er qazish ishlarini olib borganlar.
Rasmiy ma’lumotda Qirg‘iziston chegarachilari tojikistonliklarga mazkur hudud bahsli bo‘lgani uchun hech qanday ishlar olib borilishi mumkin emasligini aytib, ishlarni to‘htatishni talab qilgan.
Biroq Tojikiston fuqarolari chegarachilar talabini bajarishdan bosh tortgani oqibatida qirg‘iz harbiylari havoga qarata o‘q uzishga majbur bo‘lgan.
Tahlil: Qirg‘izistondagi shakllanib borayotgan siyosiy vaziyat Rossiyani jiddiy tashvishlantira boshladi. “Azattыk” tele-radio matbuot tizimi davlat matbuot tarmog‘ini deyarli egallab oldi. “Azattыk” – G‘arb qadriyatlarining asosiy agitatsiya manbai ekanini e’tiborga olganda, Qirg‘iziston siyosiy doirasi g‘arbparast kuchlar ta’siri ostiga o‘tib borayotgani tushuniladi. Bu holat, mamlakatdagi Rossiyaning saqofiy ta’sir quvvatini zaiflashtiradi. Shuning uchun Rossiya Qirg‘iz siyosiy etakchiligi uchun har tomondan muammolar yaratishga harakat qilib, unga bosim o‘tkazishga harakat qiladi.
Tojik – Qirg‘iz chegasidagi keskinlik paydo bo‘lish vaziyat va sharoitlari, tashqi provokatsiya ostida hamisha Rossiyaning mamlakatimizdagi biror talab yoki manfaati muhokama qilinayotgan vaqtda mamlakatga bosim o‘tkazish maqsadida uyushtirilayotgani gumon qilinadi. Aslida chegara ostida yashagan musulmonlar bir-birlari bilan keskin muomilada emas. Bundan tashqari ular yozda har tomonlama murosa qilib kuz faslida bir-biri bilan suv talashishlari aqlga sig‘maydigan mantiqsiz harakat.
Birodarlar, kufr bizlarni maktab programmalarimizdan tortib, milliylik robitasi asosida tarbiyalab, bir birimizdan uzoqlashtirish, xudbinlik va millatchilikga olib boruvchi programmasini kuchaytirib keladi, so‘ng o‘rtamizni sun’iy chegaralar bilan bo‘lib, o‘rtada noaniq, talash hududlar qoldirib qo‘ygan. Ular har safar siyosiy, iqtisodiy qaramligimizni mustahkamlash maqsadida bizda va farzandlarimizda shakillanib borayotgan vatanparvarlik, millatchilik tuyg‘ularimizdan foydalanishadi.
Biz robita (o‘rtalarimizni bog‘lab turuvchi asos)ni o‘zgartirishimiz kerak. Toki bu robita bizni urug‘chilik, millatchilik kabi sassiq asoslar bilan bir birimizdan uzoqlashtirishdan to‘xtasin! Aksincha, robita har qanday vaziyatda bizni birdamligimizni kafolatlashga asos bo‘lsin. Biz musulmonmiz! Shu bilan bigalikda Tojik, Qirg‘iz, O‘zbek…. millati vakillarimiz. Birimiz boshqamizning milliy urf-odatlari bilan yashashga ko‘na olmaymiz. Lekin har birimizning milliy urf-odatimizning negizi Islom hukmlariga asoslangan.
Demak har birimiz o‘z millatimizda turib islomiy robitani asos qilishimiz vojib. Toki hech kim bizlarni qandaydir siyosiy yoki boshqa buzuq maqsadlari yo‘lida bo‘lib tashlab, bir birimiz bilan urushtira olmasin! Birodarlar bu muammoning bundan boshqa echimi yo‘q, bo‘lishi ham mumkin emas.
Hokimiyat bu muammoni Rossiya yoki yana boshqa mustamlakachining buzuq talablariga bosh egish bilan o‘z o‘rinlarini saqlab qolish uchun vaqtincha echayotgandek ko‘rinyapti. Lekin bu echim emas, balki qaramlikni, tobe’likni battar kuchaytirish yo‘li bo‘lib, kufr har safar shu zaif joyimizdan foydalanaveradi. Bu masalada ham faqat islomiy robitani kuchaytirish muammoning yagona echimidir. Bundan boshqa yo‘llarning barchasi botil bo‘lib, muammoni battar keskinlatadi!
Abdurazzoq Mo‘’min.