AQShdagi hodisalar va ularning xalqaro vaziyatga ta’siri

329
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

AQShdagi hodisalar va ularning xalqaro vaziyatga ta’siri

(Ikkinchi qism)

Ustoz As’ad Mansur qalamiga mansub

Darhaqiqat, Amerika Iroq va Afg‘onistonda musulmonlar qo‘lidan qaqshatqich zarbalar edi, bu uni o‘zining ikkala yurtda ham g‘alaba qozonolmaganini turli uslubda ifodalashga majbur qildi. Bu narsa sobiq AQSh prezidenti Obama va boshqa rasmiylar tilidan ham yangragan. Masalan, Bush va Obama davrlarida AQSh bosh vaziri bo‘lgan Robert Geyts «endi AQSh bir vaqtning o‘zida ikki urushga aslo kirmaydi», dedi. Amerika Iroqdan 2008 yil chiqib ketishga qaror qildi va Afg‘onistondan ham chiqib ketishga tayyorlandi. Bu Rossiyaga 2008 yil avgustda Gruziyaga harbiy agressiya qilishga jur’at berdi. U buni Abxaziya va Janubiy Osetiyani Amerikadan tortib olish maqsadida qildi. Ammo Amerika bunga miq etgani yo‘q. Bu esa, Amerikaning dunyodagi birinchi davlatlik maqomiga darz etganiga dalolat qiladi. Yaqinda 2020 yil 29 fevralda u tushib ketgan obro‘sini tiklash uchun Afg‘onistondan kuchlarini olib chiqib ketishni maqsad qildi va buning uchun Tolibon harakati bilan bitim imzoladi. Ilgari 2019 yil 9 oktyabrda Tramp tvitterda bunday deb yozgan edi: «Amerika Yaqin Sharqdagi jangga va erni himoya qilishga 8 trillion dollar sarfladi, minglab sharafli askarlar o‘ldi yoki yaralandi. Boshqa tomondan millionlab insonlar o‘ldi. Yaqin Sharqqa borish mutlaqo yomon qaror bo‘lgan». Shunga o‘xshash bayonotni joriy yilning aprel oyida ham takrorladi. Bu Amerikaning urushlar yukini ko‘tarolmay qolganiga, binobarin, dunyoning birinchi davlati bo‘lishga chiday olmayotganiga dalolat qiladi.

Moliyaviy krizis yuzaga kelib, Amerikaning qudrati olabo‘ji ekanligi, krizisni hal etishga bu davlat ham, kapitalizm ham qodir emasligi fosh bo‘ldi, o‘n yil bo‘lganiga qaramay, hamon uning oqibatlaridan qutulolmayotgan bu krizisning naqadar murakkabligi ochildi. Shu bois, Amerikaga ham, kapitalistik tuzumga ham, xalqaro moliyaviy sistemaga ham ishonchsizlik paydo bo‘la boshladi. Holbuki, Amerika Ikkinchi Jahon urushidan dunyoning eng kuchli davlati sifatida g‘alaba bilan chiqqach, 1944 yil Bretton-Vuds konferentsiyasida chiqargan qarorlari bilan xalqaro moliyaviy sistema ustidan hukmronlik qilayotgan edi. 2008 yilgi moliyaviy krizis yuz bergandan so‘ng ba’zi davlatlar Amerikadan etakchilik tizginini tortib olish sari harakat qilishni boshladi. Frantsiyaning sobiq prezidenti Sarkozi mavjud sistema o‘rniga yangi xalqaro moliyaviy sistema yaratishga chaqirdi. Bu Amerikaning erkin kapitalistik sistema ustidagi etakchiligini hamda Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon Bankiga bo‘lgan hukmronligini undan tortib olishga chaqiriq bo‘ldi. Shuningdek, bu AQSh dollarining barcha valyutalar o‘lchanadigan va barcha tovarlarni, ayniqsa neft va oltinni qiymati belgilanadigan asosiy valyutalik maqomidan tushirishga chaqiriq bo‘ldi. Bu yoqdan Germaniya chiqib, krizisning kelib chiqishiga va dunyo xalqlarining qashshoqlashishiga javobgarlikni AQSh zimmasiga yukladi. Bu ayblov o‘sha yili Germaniya sobiq moliya vaziri Peer Shtaynbryuk tilidan yangradi. Xitoy dollarni hukmronlikdan tushirish uchun oltin sistemasiga qaytishga chaqirdi va Rossiya bilan birgalikda o‘zining mahalliy valyutasida savdo qilishga harakat qildi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Amerika ayni davlatlar tomonidan o‘zining hukmronligiga qarshi boshlangan harakatga zaif pozitsiyada turibdi.

Islomiy yurtlarda, xususan, arab davlatlarida noroziliklar va qo‘zg‘olonlar alanga oldi hamda bu AQSh bilan Evropaning malaylariga qarshi to‘lqin edi. Bu hodisa ayniqsa Amerikani silkitib, qo‘zg‘olonlar bilan band qilib qo‘ydi, hozirda ularning muvaffaqiyatini kechiktirishga muvaffaq bo‘layotgan esa-da, ammo hamon ular bilan ovora bo‘lib kelyapti. Ushbu Islom Ummati qo‘zg‘oloni bilan Amerika ming o‘lchash bilan muomala qilmoqda, chunki u shuni tushunib turibdiki, garchi hozirda ularning muvaffaqiyatini kechiktirishga muvaffaq bo‘layotgan esa-da, biroq ularning ildizini yo‘qotish qo‘lidan kelmadi, ularning alanga olish sabablarini hal qilolmadi. Shuning uchun bu qo‘zg‘olonlarning qayta alanga olish xavfi mavjud bo‘lib turibdi. Bu Ummatdagi ongning o‘sganligi va ongli xolis siyosiy etakchilikni topganligi bilan bog‘liqdir. Chunki arab davlatlaridagi qo‘zg‘olonlar, Obama aytganidek, butun global sistema uchun muammoga aylandi, ayniqsa, ayni tizimni boshqarayotgan Amerikani kurashga chaqirmoqda. Bu qo‘zg‘olonlar butun dunyoga ham ta’sirini ko‘rsatdi. Masalan, 2011 yil arab davlatlarida boshlangan qo‘zg‘olonga o‘xshagan qo‘zg‘olon Amerikada ham alanga olib, «Uoll-stritni egallang» shiori bilan rejimni ag‘darishga chaqirdi.

Amerika Ukrainadagi vaziyat va odamlar harakatidan foydalanib, yurt tepasidan Rossiya malaylarini ag‘darishga harakat qildi. Ammo Rossiya harakatga kelib, Qrimga bostirib kirib, uni Ukrainadan tortib oldi va 2014 yil uning anneksiya qilganini e’lon qildi. Shuningdek, Sharqiy Ukrainadagi o‘z tarafdorlarini harakatga keltirib, separatistik harakat orqali o‘sha erda ikkita respublika barpo qilishga chaqirdi. Bu Amerika yuziga tarsaki tortilganini, o‘z navbatida, mintaqada Rossiyaning mavqei kuchayganini va xuddi 2008 yilda Gruziyada sodir bo‘lgani singari Amerikaga bo‘lgan ishonchga putur etganini anglatadi.

Amerika bozor iqtisodiyoti va globallashuv, degan narsalarni boshlab, o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillari Xalqaro Savdo Tashkilotini ta’sis etdi va shu orqali dunyo iqtisodiga etakchilik qilishga urindi. Biroq shu bilan bog‘liq shartnomalar va siyosatlarni buzgan davlatlarning birinchisi Amerika bo‘ldi. O‘zining ayni harakatiga qarshi chiqishdan himoyalovchi qonunlar chiqarib, hozirgi prezidenti Tramp davrida hamma davlatga qarshi urush boshladi, bu kimsa esa «Amerika birinchi» shiorini ko‘tarib chiqdi. Boshqacha ibora bilan aytganda, Amerika avvalu oxir faqat o‘z manfaatlarini o‘ylamoqda va shu manfaatlari yo‘lida har qanday shartnomalarni depsamoqda. Shuning uchun ham bu davlatning o‘ziga bo‘lgan ishonchga ham, uning erkin kapitalistik dunyoni boshqarishiga bo‘lgan ishonchga ham putur etdi.

Amerika harbiy, siyosiy, iqtisodiy va hamma sohadagi shartnoma va bitimlarni buza boshladi. Holbuki, ularning ishlab chiqilishi va imzolanishida asosiy rolni o‘zi o‘ynagandi. Keyin ularni boshqalarning manfaatiga parvo ham qilmagan holda, faqat o‘zining manfaatiga mos keladigan tarzda qayta ishlab chiqilishi va imzolashini talab qila boshladi. Bunga Kanada va Meksika bilan qayta tuzilgan «NAFTA» (Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi) bitimi, Rossiya bilan o‘rta uzoqlikka uchuvchi raketalarni cheklash kelishuvi, Eron bilan yadroviy dastur bitimi va Iqlim o‘zgarishi konventsiyasi misol bo‘ladi. Keyin Amerika YuNESKOdan va Xalqaro jinoyat sudidan chiqib oldi. 2020 yil 21 mayda Ochiq osmon shartnomasidan chiqishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. 35 nafar davlat a’zo bo‘lgan bu shartnoma ayni davlatlar osmonida qurolsiz samolyotlar bilan havodan razvedka operatsiyalarini o‘tkazilishiga ruxsat beradi. Bu Tramp ma’muriyati sodir etgan AQShni yirik xalqaro shartnomadan chiqarish bilan bog‘liq eng katta hodisa bo‘ldi. Ochiq osmon shartnomasi 1955 yil AQSh prezidenti Eyzenxauer tomonidan taklif qilingan bo‘lib, 1992 yil imzolangan. So‘ng 2002 yilda ijro etila boshladi. Bu qilmishlarning barchasi dunyo davlatlarining AQShga bo‘lgan g‘azabini tobora orttirmoqda hamda uning o‘ziga, rostgo‘yligiga, shartnoma va kelishuvlarga amal qilishiga bo‘lgan ishonchlariga putur etkazmoqda.

Amerika ilgari yuzakilik bilan o‘zining hamkori, degan Evropa Ittifoqiga ham hujum qiladigan bo‘ldi. A’zo davlatlarini undan chiqishga chaqirib, Britaniyaning chiqishini qo‘llab-quvvatlay boshladi. Hatto Ittifoqning asosiy tashkilotchisi bo‘lgan Frantsiyani ham undan chiqishga chaqirdi. O‘shanda 2018 yil Frantsiya prezidenti AQShni Eron yadroviy dasturi shartnomasidan chiqish qaroridan qaytishga Amerikani ko‘ndirish maqsadida borganida, Amerika uni Frantsiyani Evropa Ittifoqidan chiqarishga da’vat qildi.

Amerika Germaniya va Frantsiya kabi nufuzli Evropa davlatlariga hujum qila boshladi. Hatto u o‘zi etakchilik qiluvchi NATOdan chiqmoqchiligi bilan tahdid qildi va bu NATO anjumanida kuchli bahs-munozaralarni keltirib chiqardi. Amerika bu tahdidni Alyansga a’zo davlatlari o‘z zimmalaridagi majburiyatni, ya’ni, yalpi milliy daromadlarining 2 %ini to‘lashlari uchun ularga bosim o‘tkazish maqsadida qildi. Bir paytda, u o‘zining iqtisodiy va moliyaviy krizislaridan qiynalayotgan bo‘lsa ham, Alyans xarajatlarining asosiy qismini zimmasiga olgan edi. Bu shunga dalolat qiladiki, Amerika butun G‘arb olamiga behisob mol sarflar edi hamda Marshal plani, Trumen doktrinasi kabi qutqaruv loyihalariga etakchilik qilar edi. Endi Amerikaning bunday qilish zamoni tamom bo‘ldi. Qutqarish va yordamga uning o‘zi muhtoj bo‘lib qoldi. Bu – Amerikaning xalqaro pozitsiyadagi holatiga darz etganini va uning qudratiga bo‘lgan ishonchga putur etganini ko‘rsatmoqda.

Amerika o‘zi raislik qiladigan va o‘zining ittifoqchilari bo‘lgan «G7» davlatlari bilan qattiq dushmanlashadigan bo‘lib qoldi. Bunga ayni davlatlarning unga qarshi chiqib, gapiga quloq solmay qo‘yishgani sabab bo‘ldi. Bu uning xalqaro vaziyati emirilayotganiga dalolat qiladi. Oqibatda uning prezidenti Tramp yaqinda 2020 yil 31 may kuni «G7» eskidi, yaroqsizlanib qoldi, deyishga majbur bo‘ldi. U ittifoqchilarining Amerikaga qarshi chiqa boshlaganini ko‘rgach, ayni tashkilotni AQSh manfaatlariga mos ravishda qayta tuzishni talab qildi. Hatto unga Rossiyani ham qo‘shishga chaqirdi. Vaholanki, Amerika bu davlatga Qrimni anneksiya qilgani uchun sanktsiyalar joriy qilgan va 2014 yil «G7»dan chiqarib yuborgan edi. Tramp Janubiy Koreya, Hindiston va Avstraliyani ham «G7»ga qo‘shishga chaqirdi. Bunga ayni davlatlardan «G7»ga a’zo Evropa davlatlariga qarshi turishda foydalanish maqsadida chaqirdi. Chunki ular Amerikaga qarshi chiqadigan va Kanadani ham o‘zlariga jalb qiladigan bo‘lib qolishgandi. Bu davlatlar o‘rtasida janjallar va bir-biriga hujum qilishlar boshlandi, masalan, so‘ng uch yil ichida «G7»da Italiya, Belgiya, Kanada va Frantsiya o‘rtasida bo‘lganidek. Germaniya, Britaniya va Frantsiya mazkur davlatlarni «G7»ga qo‘shish fikriga qarshi chiqishdi va o‘tgan iyun oyiga belgilangan sammitda ishtirok etishdan bosh tortishdi. Bu Trampni uni iyulga kechiktirishga majbur qildi. Bundan AQShning o‘z ittifoqchilari ko‘z o‘ngidagi, binobarin, butun dunyo oldidagi haybati tushib ketgani ko‘rinib turibdi. Shuningdek, bundan ushbu davlatlar Amerika pozitsiyasiga putur etganini anglab etib, unga qarshi chiqadigan bo‘lib qolishgani ma’lum bo‘lyapti.

Amerika Falastinda ikki davlat echimi loyihasini bekor qildi. Holbuki, uni 1959 yil boshlagan va amalda tatbiq qilib, barcha doiralar va butun dunyo davlatlarini bu echimga rozi bo‘lishga majburlayotgan Amerikaning o‘zi edi. Oltmish yildan beri uni amalga oshirishga qattiq harakat qilganiga qaramay, bunga muvaffaq bo‘lolmagani ko‘rinib qoldi. U Britaniya loyihasini ham bekor qilgan. Britaniya amalga oshirishga muvaffaq bo‘lish uchun harakat qilgan bu loyiha Falastinda musulmonlar, nasroniylar va yahudiylarni o‘z ichiga olgan demokratik ilmoniy davlat qurish loyihasi edi, xuddi Livan davlatiga o‘xshagan. Amerika o‘zining ikki davlat echimi loyihasini qabul qilishga hatto Britaniyani ham majbur qilib, ayni loyihani amalga oshirish uchun tuzgan AQSh-Rossiya-Evropa Ittifoqi-BMTdan iborat to‘rtlikka o‘sha paytda Britaniya bosh vaziri bo‘lgan Toni Blerni rais qilib tayinlagan ham edi. 2020 yil 28 yanvar kuni Amerika «Asr kelishuvi» loyihasini e’lon qildi, biroq bu loyihani birorta ham davlat qo‘llab-quvvatlamadi. Evropa bilan Rossiya uni ochiq rad qilishdi. Bu esa, yirik davlatlar ham, boshqa davlatlar ham endi Amerika loyihalarini rad qila oladigan, ilgarigidek uning har bir loyihasiga itoat qilmaydigan bo‘lib qolganiga dalolat qilmoqda.

(Davomi bor)

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.