بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Biz sen qo‘rqayotgan bigizmiz, ko‘z emasmiz
Ustoz Nosirshayx Abdulhay qalamiga mansub
• 2011 yil Shom qo‘zg‘oloni boshlangandan buyon, malay Asad rejimining xo‘jayini va himoyachisi bo‘lgan Amerika uning mintaqadagi boshqa qo‘zg‘olonlarga o‘xshamaydigan a’lo darajadagi qo‘zg‘olon ekanini anglab etdi. Amerika qo‘zg‘olonning agar ayni shu kuchi va to‘g‘ri yo‘nalishi bilan davom etadigan bo‘lsa ko‘zlagan maqsadiga etishini anglab etgani uchun qo‘zg‘olonni to‘xtatib qolishga yoki yo‘lidan adashtirib, unga kuch beruvchi manbaidan mahrum etishga bor kuchi bilan harakat qildi va har qanday iblisona uslublarni qo‘lladi. Misol uchun, u qo‘zg‘olon dushmanlarini ikki qismga: bizni ma’yuslik va umidsizlikka giriftor etish uchun zulm qiluvchi dushmanlarga va bizga «do‘stlik» izhor etuvchi makkorlarga bo‘ldi. Bizni ma’yuslik va umidsizlikka giriftor etish uchun o‘zining «siyosiy», deb atalgan zahri qotil qo‘rqoqlik echimini bizga zo‘rlab o‘tkazishga urinmoqda, bundan boshqa narsa qilolmayapti.
Amerikaning Shom ahliga qarshi kurashish va qo‘zg‘olonlari alangasini o‘chirish uchun qo‘g‘irchoq hukmdorlari orqali qo‘llovchi eng nopok-g‘irrom uslubi bor. Bu Ummatni o‘z hokimiyati va qaroridan mahrum qilishga tinimsiz urinish uslubidir. Toki, Ummat o‘zini shaxsiyati, o‘zligi, irodasi va qaroridan ayrilib, zoe ketgan bir ummat, deb his qilsin… Amerika shuni istaydi. Shuning uchun u Ummat ustidan o‘zining turli qo‘g‘irchoq hukmdorlarini hukmron qildi. Bu qo‘g‘irchoqlarning vazifasi Amerika bilan aloqa qiladigan va til biriktiradigan tashkilotlarga hamda ularning jangchi guruhlar ichkarisidagi etakchilari, hukumatlar, yollanma jarchilarga va bulardan boshqalarning qo‘liga qo‘zg‘olon va qo‘zg‘olonchilarning taqdirini topshirish vazifasi bo‘ldi. Ular ham, bular ham, barchalari bitta maqsadni, u ham bo‘lsa, insonlar qalbidagi qo‘zg‘olon va jihod ruhini o‘ldirishni ko‘zlashdi. Vaholanki, insonlar o‘zlarining berayotgan qurbonlari oxirini Alloh va Rosuli ﷺ rozi bo‘ladigan tarzda tugatishga tashnadirlar.
• Ba’zi mag‘lub insonlar «endi qo‘zg‘olonning ko‘zi rejimning bigiziga qarshi tura olmaydi», degan gapni tarqatishyapti. Buni ular yo bilmasdan gapirishyapti yoki bila turib, anavi Islom va shomliklarning dushmanlari ko‘zlagan iblisona rejalarni amalga oshirish uchun qasddan tarqatishyapti! Bu erda biz quyidagi haqli savollarni beramiz:
• «Kim ko‘zu, kim bigiz?!».
• Buning o‘rniga, «Haq oliydir, undan hech narsa oliy emas», deyishimiz kerak emasmi, bizning dinimiz va aqidamiz shu emasmi?!
• Biz dinimiz bilan aziz, Robbimiz bilan kuchli emasmizmi?!
• Alloh Subhanahu va Taolo o‘zining Kitobida quyidagi so‘zlarni aytmaganmidi?
وَلاَ تَهِنُوا وَلاَ تَحْزَنُوا وَأَنتُمُ الأَعْلَوْنَ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ
«(Kufrga qarshi kurashda) sustlashmangiz va g‘amgin bo‘lmangiz! Agar (haqiqiy) imon egalari bo‘lsangiz, sizlar ustun bo‘lguvchidirsizlar» [Oli Imron 139]
بَلْ نَقْذِفُ بِالْحَقِّ عَلَى الْبَاطِلِ فَيَدْمَغُهُ فَإِذَا هُوَ زَاهِقٌ
«Biz haqni botil-jaholatning ustiga oturmiz, bas (haqiqat botilni) ezib-yanchib, (botil) yo‘q bo‘lur» [Anbiyo 18]
لِيُحِقَّ الْحَقَّ وَيُبْطِلَ الْبَاطِلَ وَلَوْ كَرِهَ الْمُجْرِمُونَ
«U (Alloh), garchi jinoyatchi-osiylar yomon ko‘rsalar-da, haqni haq, botilni botil qilish uchun (shunday iroda qildi)» [Anfol 8]
Biz bigizmiz, Alloh – o‘z izni ila – biz bilan har bir botilni yanchib tashlaydi.
• Shom qo‘zg‘oloni boshdan kechirgan eng yomon balolardan biri, o‘zlari bitta maqsadli bo‘la turib, Ummat orasida – qo‘zg‘olon tugadi, dushman g‘olib keldi, degan vahimalarni tarqatib yurgan mishmishchi osiy bandalardir. Ular – qo‘zg‘olon qo‘lida hech narsa qolmadi, uning xaloskori davlatlardir, bu sakkizoyoqli zabardast davlatlar qo‘zg‘olon tanasini o‘z changallariga olib bo‘lishdi, istaganlaricha unga jarohat etkazishadi, degan gaplarni ko‘tarib yurishibdi. Davlatlarning yurtimiz ichkarisidagi bu fojir qo‘g‘irchoqlari minbarlarga chiqib olib, odamlarni ko‘nglini tushiruvchi xutbalar qilishyapti, odamlarning fojialarini o‘zlarining bo‘yniga ilib, «zaiflik fiqhi, yarashuv fiqhi, voz kechish fiqhi, tushkunlik fiqhi», degan narsalarni o‘ylab topishyapti! Vaholanki, berilgan qurbonlarni Islom hukmi bilan poyoniga etkazish uchun rejimni oyoqlari likillab qolgan taxtidan ag‘darishga kerakli barcha omillar mavjud: mustahkam aqida, oliy himmatlar, shon-sharafga intiq buyuk qalblar… barchasi qo‘zg‘olonchi farzandlar yuragida ildiz otgan… qo‘zg‘olon g‘oyasi haqida afkori omma paydo bo‘lib, jinoyatchilar bilan o‘rtacha echimga kirishmaymiz, qonxo‘r rejimni ildizi bilan qo‘porib tashlamagunimizcha hargiz najot yo‘q, degan fikrlar jamoatchilik fikriga aylandi. Qo‘zg‘olon yillaridagi uzoq yillik tajriba – og‘ir sharoitga qaramasdan – ijodkorlik tajribasiga ega kishilar, sabru sabot va qat’iyat sohiblari, yirik insoniy energiya, mumtoz geografik va siyosiy potentsial borligini isbotladi. Faqat bir narsa yo‘q, ya’ni, siyosiy va harbiy jihatdan ish o‘z egalari qo‘lida emas. Shuning uchun, haqiqatdan, biz ham, qo‘zg‘olonimiz ham xavf ostida qoldik.
• Mazkur omillarning barchasi muqobilida, dushmanlar qo‘zg‘olonni sog‘ayib, qayta bosh ko‘tarmasidan oldin tiriklayin ko‘mib yo‘q qilishga bir ovozdan kelishib olishdi. Chunki qo‘zg‘olon nusratga erishsa, Amerika va uning malay rejimlari uchun ulkan xavf tug‘iladi. Zotan, bu rejimlar o‘nlab yillardan buyon odamlarni qattiq azob-uqubatlarga solib kelishdi, Islomning boshqaruvga qaytishiga qarshi hamma imkoniyatlarini sarflab kurashishdi. Mustamlakachi kofirning foydasi uchun yurt boyliklarini o‘g‘irlashdi, buning evaziga kofir ularni xavfsizlik panjalari, zulmu zo‘ravonliklari va sistematik ravishdagi jinoyatlari bilan hokimiyatda himoya qilib turdi. Bu rejimlar odamlarni qashshoqlashtirish uchun hamda hukmdorlarga qarshi ko‘tarilib, ularni haqqa majburan egib qo‘ymasliklari, hatto ildizlari bilan qo‘porib tashlamasliklari uchun odamlarni bir burda non topish bilan band qilib turishdi. Zero, bu rejimlar ildizlari bilan qo‘porib tashlashga loyiq rejimlar edi. Chunki hammalari fisq-fujurga botib, Islom asosida haqiqiy o‘zgarish sari bo‘lgan har qanday harakatga qarshi urush e’lon qilishgan.
• Ha, odamlar shuni tushunib etdilarki, chekinish va taslim bo‘lishga aslo o‘rin yo‘q. Chunki halokat aynan mana shunda. Yarimtaki qo‘zg‘olonlar qotildir. Bunga Misr, Tunis, Liviya va Yaman tajribalaridan yaqqol dalil bo‘la oladi. Boshlagan narsamizni to‘liq oxiriga etkazishimizni bizga aqidamiz shart qilmoqda. Ayniqsa, bizni va qo‘zg‘olonimizni pisib-poylab turgan dushmanlarimizning zo‘rlab tiqishtirayotgan loyihalari asosida emas, balki aqidamiz to‘ridan kelib chiqqan va insonlar bir ovozdan ijmo qilgan aniq-tiniq xaloskor loyiha asosida tamomlashni buyurmoqda. Ushbu xaloskor loyihada Damashqni va butun Shom zaminini – Allohning izni ila – ozod etishga qaratilgan harakat liniyasi chizib, yo‘l belgilari ko‘rsatib berilgan. Allohga bu hargiz mushkul emas. Shubasiz, bu Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik loyihasidir, bundan o‘zgacha emas. Chunki ushbu Xalifalik loyihasi bilangina nusrat omillari to‘la topiladi, yolg‘iz shu bilan Islom boshqaruviga intiq Islom er kishilari topiladi, faqat shu bilangina biz ulug‘likka etamiz, bergan qurbonlarimizni oxiriga olib borib, kofir, zolim va jobir rejimni ag‘daramiz, er yuzida armiyalar davlati soyasida Allohning boshqaruvini barpo etamiz. Zotan, buning vaqti allaqachon keldi, insha Alloh.
• Biz to Alloh dillarimizga shifo bo‘ladigan narsa bilan bizga marhamat ko‘rsatguniga qadar, Uning nusratiga chuqur ishonganimiz va arqonini mahkam ushlaganimiz holda cho‘g‘ ustida yurishda davom etamiz. Yo nusrat va maqsadga etish uchun sabotda turamiz yoki bu yo‘lda qurbon bo‘lamiz… Biz uchun Allohga – O‘z izni ila – bizdan rozi bo‘lgan holatida yo‘liqmoqning o‘zi etarli. Alloh Taolo bunday demoqda:
﴿وَلَيَنصُرَنَّ اللَّهُ مَن يَنصُرُهُ إِنَّ اللَّهَ لَقَوِيٌّ عَزِيزٌ﴾
«Alloh O‘ziga (ya’ni diniga) yordam beradigan zotlarga albatta nusrat berur. Shubhasiz, Alloh kuchli, qudratlidir» [Haj 22]
Yana Alloh Qur’oni Karimida bunday degan:
وَمَكَرُوا مَكْراً وَمَكَرْنَا مَكْراً وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ فَانظُرْ كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ مَكْرِهِمْ أَنَّا دَمَّرْنَاهُمْ وَقَوْمَهُمْ أَجْمَعِينَ فَتِلْكَ بُيُوتُهُمْ خَاوِيَةً بِمَا ظَلَمُوا إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَةً لِّقَوْمٍ يَعْلَمُونَ وَأَنجَيْنَا الَّذِينَ آمَنُوا وَكَانُوا يَتَّقُونَ
«Ular makrlarini qildilar. Biz ham ular sezmagan hollarida bir «makr» qildik. Endi ularning qilgan makrlari oqibati qanday bo‘lganini ko‘ring — Biz ularni va barcha qavmlarini halok qildik. Mana, ular zolim bo‘lganliklari sababli uylari huvillab qoldi! Albatta bunda biladigan qavm uchun oyat-ibrat bor. Imon keltirgan va taqvodor bo‘lgan zotlarga esa najot berdik» [Naml 50-53]
Roya gazetasining 2020 yil 30 sentyabr chorshanba kungi 306-sonidan