G‘arbning Islomni tahqirlayotgani uning hazorat jihatidan omadsizligi va Islomni yomon ko‘rishi sabablidir

324
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

G‘arbning Islomni tahqirlayotgani uning hazorat jihatidan omadsizligi va Islomni yomon ko‘rishi sabablidir

«Charlie Hebdo» jurnali bosh muharriri Loran Suriso jurnalning 2020 yil 26 avgustda nashr qilingan maxsus sonida «hech qachon taslim bo‘lmaymiz», dedi. So‘ng, «Hozir bu rasmlarni qayta nashr qilyapmiz. Chunki hujumda ayblanayotganlar sudi boshlangan bir paytda, shundan qilish biz uchun zarurdir», deya qo‘shimcha qildi.

Jurnal bosh muharririni Rosululloh ﷺni tahqirlovchi rasmlarni qayta nashr qilishga undayotgan narsa uning hazorat jihatidan omadsizligi, Islomni yomon ko‘rishi va o‘zi ishongan buzuq kapitalistik sistemaning yiqilib, Islomning tobora ko‘tarilayotganidir. Hech qachon taslim bo‘lmaslikni ta’kidlayotgani Islom Ummatining ham hargiz taslim bo‘lmasligini hamda Islomini mahkam ushlab, og‘iz tishlari bilan tishlayotganini, o‘zining hazorat sari yo‘lini takomillashtirayotganini anglatadi. Biroq Islom Ummatini bunga undayotgan narsa nafrat va qasos emas. Yo‘q, balki uni insoniyatni zulmatdan nurga chiqarishga bo‘lgan harakat undamoqda. Chunki u hidoyat Ummati bo‘lib, qo‘lida butun bashariyat yo‘lini yorituvchi mash’alasi bor. Ushbu mash’ala yordamida insonlarni tog‘utlarga qullik qilishdan insonlar Parvardigoriga qullik qilishga, dinlar zulm-sitamidan Islom adolatiga, bu dunyo torligidan dunyo va oxirat kengligiga olib chiqadi.

Frantsiyada shunday tahqirlovchi suratlarning qayta nashr qilinganligi G‘arbning bir mash’um yo‘nalishdan yurishga qaror qilganini, shu yo‘nalish bo‘yicha oxirigacha bormoqchi bo‘layotganini anglatadi… Chunki u o‘tgan uzoq asrlarda uddasidan chiqolmagan rejasini uddalash ilinjidadir. Axir, shu kungacha u armiyalarini safarbar qilib keldi, Ummat aqidasi, mafkurasi va madaniyatini yo‘q qilish uchun missioner va sharqshunos ko‘ppaklarni ishga soldi va nihoyat Islom davlatini yiqitishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq Ummatdagi Islomni yiqitishda qattiq muvaffaqiyatsizlikka uchradi, Islom sinmadi, o‘zining ko‘plab farzandlari dillarida ulug‘vor qoya misol mag‘rur qoldi. Hatto shunday kun keldiki, yordamsiz qoldiruvchi kimsalar ham, qarshi chiqqan kimsalar ham zarar etkazolmaydigan haqda ustuvor kishilar chiqib, Islomni o‘z elkalariga ortdilar va uni ikkinchi marta er yuzida taqdirni hal qiluvchi hayot-mamot masalasiga aylantirishga harakat qilmoqdalar. Allohning tavfiq va yordami ila, Islom yordamida Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati soyasida islomiy hayotni qayta boshlash uchun kurashmoqdalar. Zero, uning barpo etilishi haqida Alloh va’da bergan, Rosuli ﷺ bashorat qilganlar.

Frantsiya prezidenti Emmanuelь Makronning «Charlie Hebdo» jurnalining Rosuli akram ﷺni masxara qiluvchi karikaturani qayta nashr qilish qaroriga qarshi chiqolmasligi, chunki Frantsiyada so‘z erkinligi borligi haqidagi gapiga kelsak, uning og‘iz ko‘pirtirib aytayotgan so‘z erkinligining makr va yolg‘on ekanligi hammaga yaxshi ma’lum. Misol uchun, ayni gazeta agar «Xolokost» va uning oqibatlarini tanqid qiluvchi karikatura nashr qilganda edi, albatta u yopib tashlangan va u erda ishlovchilarni sudga topshirilgan bo‘lardi. Chunki masala Islom bilan bog‘liq bo‘lsa, unga hujjat-dalillar oldindan tayyorlab qo‘yilgan.

Bu rasvo gazetaning qilmishidan ham, Makronning gaplaridan ham Islom va musulmonlarga nisbatan ich-ichdan yomon ko‘rish tomib turibdi. Bu yomon ko‘rishda g‘arblik salibchi rahbarlar va kapitalizm botqog‘ida yashashga o‘rganib qolgan boshqa adovatli kimsalar hammasi sherik. Alloh Taolo bunday degan:

قَدْ بَدَتِ الْبَغْضَاءُ مِنْ أَفْوَاهِهِمْ وَمَا تُخْفِي صُدُورُهُمْ أَكْبَرُ

«Ularning sizlarni yomon ko‘rishlari og‘izlaridan oshkor bo‘ldi, dillaridagi adovatlari esa yanada kattaroqdir» [Oli Imron 118]

Frantsiyadagi radikal partiya Islom Frantsiya halovatini buzayotgan va uning tamoyillariga zid kelgan muammodir, shu bois unga qarshi kurashish shart, degan narsani ta’kidlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermayapti. Avvalgi prezidentlik saylovlarida nomzod bo‘lgan Fransua Fiyon «Frantsiyaning din bilan muammosi yo‘q, lekin Islom bilan, aniqrog‘i islomiy ekstremizm bilan muammosi bor», dedi. Sobiq radikal prezident Nikolya Sarkozi ham Frantsiyada hijob kiyishga va o‘quv yurtlaridagi o‘quvchilarning halol taom eyishlariga hech ikkilanmay qarshi chiqqan. O‘tgan bir necha oy ichida Frantsiya prezidenti musulmonlar to‘g‘risida ko‘p bayonotlar berdi. Ayniqsa, joriy yil fevraldagi mahalliy saylovlarning birinchi bosqichi oldidan «jamiyatimizda Islom nomidan siyosiy loyiha yaratmoqchi bo‘layotganlar bor», dedi. Yana bir saylov munosabati bilan bergan bayonotida ham «qizlarini cho‘milishga yubormayotgan rahbarlar»ni tanqid qilib, Islomdagi shaxsiy aqida masalalarini nishonga oldi.

Islom va musulmonlardan qo‘rqayotgan va nafratlanayotgan faqat Frantsiya emas. Bugun butun G‘arb Islom Ummati tomonidan davom etayotgan harakatdan qo‘rquv va dahshatda yashaydigan bo‘lib qoldi. Chunki Ummat uyqudan uyg‘onib, Islomga qayta boshladi, avvalgidek G‘arb va uning hazoratiga havas qilmaydigan bo‘lib qoldi. Musulmon yurtlari hukmdorlari 2015 yil 11 yanvarda Frantsiya tomonidan uyushtirilgan «islomiy terrorizm»ni qoralovchi marshda qatnashish uchun chopib borishgandi. Biroq bugun anavi tahqirlovchi karikatura qayta nashr qilingan paytda bu hukmdorlardan hatto qoralovchi ovozni ham eshitmayapmiz. Aslida Ummat bu ruvaybizalardan biror pozitsiyani kutayotgani yo‘q. Chunki u hukmdorlarning biror g‘ururli bo‘lishlari u yoqda tursin, hatto barchalari qimirlamaydigan murdalarga aylanganini biladi. Haqiqatda, bu hukmdorlar o‘zlariga xorlik va rasvolikni munosib ko‘rishmoqda. Kim o‘zining xor qilmishlariga rozi bo‘lsa, uning ori-alamini ham sezmaydigan bo‘lib qoladi! Demakki, bu hukmdorlar xo‘jayinlari qo‘lidagi istagan tomonga o‘ynatuvchi qo‘g‘irchoqdan boshqa narsa emaslar. Ummat ulardan qo‘lini yuvib, voz kechdi va to ularni hech kim afsuslanmaydigan halokat jarligiga uloqtirmagunicha hamda Xalifalik barpo etmaguncha aslo tinchimaydi, harakatini to‘xtatmaydi. Zero, Ummat barpo etishga harakat qilayotgan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik Ummatga xalqlar o‘rtasidagi izzat-sharafi va haybatini albatta qayta olib beradi.

وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللَّهِ يَنصُرُ مَن يَشَاء وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ

«O‘sha kunda mo‘minlar Allohning nusrati sababli shodlanurlar. (Alloh) O‘zi xohlagan kishiga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir» [Rum 4-5]

Roya gazetasining 2020 yil 9 sentyabr chorshanba kungi 303-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.