Bugungi kunda Arab davlatlari yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishmoqda

352
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Bugungi kunda Arab davlatlari yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishmoqda

Xo‘sh, biz o‘zgarish zamonida yashayapmizmi yoki fosh bo‘lish zamonidami?!

Ustoz Abdulloh Muxlis qalamiga mansub

Amirliklarning yahudiy vujudi bilan munosabatlarni ochiq-oshkora normallashtirishi, so‘ng boshqa arab davlatlari ham unga ergashayotgani butun musulmonlarga, ayniqsa, arab diyori musulmonlariga og‘ir botdi. Ilgari Anvar Sadat mash’um Kemp-Devid shartnomasiga, keyin Falastin Ozodlik Tashkiloti Oslo shartnomasiga, so‘ng Iordaniya Vodi-Araba shartnomasiga imzo chekkanida bu musulmonlarga qattiq ta’sir qilgan edi.

Tabiiyki, bu kabi qadamlar Ummatning mafkurasi, aqidasi, tashvishi va xarakteriga butunlay yotdir. Hukmdorlarning dushman bilan bo‘lgan munosabatlaridan Ummatning zada bo‘lishi u bilan hukmdorlar o‘rtasida ziddiyatni keltirib chiqarayotgani tabiiy holdir. Biroq Ummat shuni anglamog‘i lozimki, uning hukmdorlari bilan yahudiy vujudi o‘rtasidagi bu munosabatlar kecha paydo bo‘lgani yo‘q. Balki bu munosabatlarning ochiq-oshkoralari ham bor, yashirinlari ham. Hatto yahudiylar bilan hukmdorlar o‘rtasidagi munosabat hali Falastinda yahudiy vujudi tiklanmasidan turib boshlangan. Ayniqsa, hukmdorlarning Falastinni yahudiylar bosib olishlari uchun ular bilan ancha erta til biriktirishganini fosh etuvchi ko‘plab hujjatlar mavjud. Hatto aytish mumkinki, shu hukmdorlar ishning boshida yahudiylar bilan yashirin munosabat va aloqalar o‘rnatish xiyonatiga qo‘l urishmaganida Falastin ham bosib olinmagan bo‘lar edi. Arab davlatlarida har safar harbiy inqilob bo‘lganda inqilobda yahudiylar bilan aloqa qilingani va inqilobni shu aloqa bilan oqlanayotgani fosh bo‘lar edi. Keyin Ummatga Falastin masalasini yo‘q qilish til biriktiruvida bu yangi rejimlarning roli eski rejimlarning rolidan ham yomon ekani ochildi. So‘ng yahudiy vujudi bilan bo‘lgan ushbu munosabatlar yaqqol o‘rtaga chiqdi-qoldi. Masalan, so‘nggi yillarda yahudiy vujudi bilan munosabatlarni rasman normallashtirishdan oldin ular bilan xalqaro forumlarda uchrashuvlar o‘tkazish, vakolatxonalar ochish va oshkora bordi-keldilar qilish ko‘paydi. Ayniqsa, Amirliklar bilan. 2010 yil Abu-Dabidagi «Qayta tiklanuvchi energetika bo‘yicha xalqaro agentlik konferentsiyasi»da yahudiy vujudning infratuzilma bo‘yicha vaziri ishtirok etdi. Undan oldin Dubayda yahudiylarning savdo ofisi ochildi. Bu Qatar, Bahrayn, Ummon va so‘nggi paytlarda Sudanga tegishli.

Shunday ekan, Amirliklarning yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirgani e’lon qilinishi va boshqa arab davlatlarning ham unga ergashishi haqidagi gaplarning paydo bo‘lishi, bular turli vaqtlarda bitta oqimda va Amerikaning uslubi o‘zgarishi natijasida bo‘lmoqda. Chunki Amerika Falastin inqirozi, ayniqsa, «Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayoni», deb nomlangan yondashuvida uslublarni o‘zgartirmoqda. Masalan, ilgari Amerika ma’muriyati arab davlatlariga yahudiy vujudi bilan umumiy shaklda tinchlik bitimini imzolashga ko‘rsatma berar, undan keyingina munosabatlarni normallashtirishga ko‘rsatma berar edi. Bu o‘z rejasiga ergashishlari uchun ularga bosim qilish doirasida bo‘lardi va o‘sha paytdagi hukmdorlar yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishni ochiq oshkor qilishmasdi, buni faqat AQSh ma’muriyatiga qarshi chiqishdan qo‘rqqani uchungina ma’lum qilishar edi. Ammo bugun esa, Tramp va uning kuyovi Kushner «Arab-Isroil» kurashi, deyilayotgan kurash uslubiga odatdagidan ko‘ra shaklan va biroz mazmunan o‘zgartish kiritishdi.

Shuning uchun yuqoridagi savolga qaytadigan bo‘lsak, bugungi kunda Arab davlatlari yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishmoqda, xo‘sh, biz o‘zgarish zamonida yashayapmizmi yoki fosh bo‘lish zamonidami?! Tabiiyki, buning javobi: bu narsa fosh bo‘lyapti, bu erda hech qanday o‘zgarish yo‘q. Hali ham Islom Ummati va mana shu xoin davlatlar xalqlari bilan bosqinchi yahudiylar o‘rtasida dushmanlik mavjud, u o‘zgargani yo‘q. O‘zgarish shuki, bugungi kunda hukmdorlar bosqinchilar bilan munosabatlarni yashirmay ochiq-oshkor qiladigan bo‘lishdi!

Bugungi hukmdorlar avvalgi hukmdorlardan malaylik va xoinlikda kam emas ekan, u holda, bugungi hukmdorlarni bu qilmishlarni yashirmay ochiq-oshkor qilishga nima undamoqda?!

Buning javobi shuki, bugungi hukmdorlar va ularning ortidagi g‘arblik, amerikalik va yahudiy xo‘jayinlari Ummat tushkunlikka tushdi, u aqlan va qalban muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi, deya o‘ylashyapti. Ular ayniqsa, Ummatning norozilik harakatlari va Suriya, Liviya, Yaman, Jazoir, Sudandagi qo‘zg‘olonlari zarbaga uchrab, musulmonlarning tub o‘zgarish yasash umidlarini qorong‘u tupikka kiritib qo‘yganimizdan keyin shunday ahvolga tushdi, deb hisoblashyapti. Shuningdek, Ummat dushmanlari Eron bilan yoqib qo‘yganimiz mazhabparastlik va til biriktiruv nizosi musulmonlarni bizning qo‘ynimizga kirishga majbur qiladi, hatto yahudiy vujudi bilan munosabatlarni rasman normallashtirishga rozi bo‘lishadi, degan gumondalar.

Bu o‘y-gumon omadsizlik gumonidir. Musulmonlar dushman bilan dushmanlikni doimo saqlab turishga buyurilganlar. Alloh Azza va Jalla bunday demoqda:

لا تَجِدُ قَوْمًا يُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ يُوَادُّونَ مَنْ حَادَّ اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَلَوْ كَانُوا آبَاءهُمْ أَوْ أَبْنَاءهُمْ أَوْ إِخْوَانَهُمْ أَوْ عَشِيرَتَهُمْ أُوْلَئِكَ كَتَبَ فِي قُلُوبِهِمُ الإِيمَانَ وَأَيَّدَهُم بِرُوحٍ مِّنْهُ وَيُدْخِلُهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا عَنْهُ أُوْلَئِكَ حِزْبُ اللَّهِ أَلا إِنَّ حِزْبَ اللَّهِ هُمُ الْمُفْلِحُونَ

«Allohga va oxirat kuniga imon keltiradigan qavmning Alloh va Rosuli chizgan chiziqdan chiqqan kimsalar bilan – garchi ular o‘zlarining otalari, yoki o‘g‘illari, yoki og‘a-inilari, yoki qarindosh-urug‘lari bo‘lsalar-da, do‘stlashayotganlarini topmaysiz. Ana o‘shalarning dillariga (Alloh) imonni bitib qo‘ygan va ularni O‘z tomonidan bo‘lgan Ruh (Qur’on) bilan quvvatlantirgan. Ularni (Alloh) ostidan daryolar oqib turadigan, ular mangu qoladigan jannatlarga kiritur. Alloh ulardan rozi bo‘ldi va ular ham (Allohdan — U zot bergan ajr-mukofotlardan) rozi bo‘ldilar. Ana o‘shalar Allohning hizbidirlar. Ogoh bo‘lingizkim, albatta Allohning hizbi (bo‘lgan zotlargina) najot topguvchidirlar!»  [Mujodala 22]

Yana bunday demoqda:

إِنَّ الشَّيْطَانَ لَكُمْ عَدُوٌّ فَاتَّخِذُوهُ عَدُوًّا إِنَّمَا يَدْعُو حِزْبَهُ لِيَكُونُوا مِنْ أَصْحَابِ السَّعِيرِ

«Aniqki, shayton sizlarga dushmandir, bas uni dushman tutinglar! Shak-shubhasiz u, o‘z firqasini (ya’ni o‘ziga ergashgan kimsalarni) do‘zax egalari bo‘lishlariga chaqirur» [Fotir 6]

Men bu hukmdorlarning qilmishlari yomon emas, bil’aks bu munosabatlar asli avvaldan mavjud, deb aytmoqchi emasman. Chunki bugungi kunda bu hukmdorlarning Ummat dushmanlariga sodiqligi shu darajada yorqinki, bu yorqinlik o‘zlarining xoin hukmdorlariga hamon yaxshi gumon bilan qarayotgan ko‘pchilik musulmonlarning ko‘zlarini ochib yuboradi. Qarang, bu hukmdorlarning qilmishlari o‘z qo‘llari bilan ochilib, ularning yahudiylardan ham yomon rolь bajarishayotgani fosh bo‘ldi.

Bu so‘zlar ko‘pchilik musulmonlarga yangilik bo‘lmas, ehtimol. Biroq ularni aytishdan murod, suratning zohirini emas, haqiqatini ko‘rish hamda kofirlar musulmonlardan istayotgan ruhiy holatni anglashdir. Bas, ey musulmonlar, o‘z ahvolingizga qarab umidsizlikka tushmang. Chunki mudom qoningizda Islom jo‘sh urib turgan ekan, ruhiy tushkunlikka tushib, zaiflashmang. Aksincha, bu buzuq voqelik sizning g‘ayratingizga turtki bo‘lsin va Alloh, Rosuli va mo‘minlardan hayo qilmayotgan bu dayus hukmdorlarni ag‘darishga harakat qilishga undasin. Chunki yurtlarimizdagi kompas aniq tomonni ko‘rsatmoqda. Masalan, xoh Falastinni ozod etish masalasi bo‘lsin, xoh insonni mustamlaka zulmidan qutqarish yoki haqiqiy uyg‘onish masalasi bo‘lsin, siz musulmonlarning har qanday masala va muammolariga duch kelmang, ularning barchasi bitta tarafni ko‘rsatmoqda: anavi razil hukmdorlarni yiqitish tarafini. Shunday ekan, xolis insonlar bilan birga harakat qiling. Zero, ularning harakati mana shu hukmdorlardan xalos bo‘lishga hamda ortida turib jang qilinadigan, u bilan himoyalaniladigan, Robbul olamin shariati va Rosuli sunnati bilan hukm yuritadigan bitta imomga bay’at qilishga qaratilgan.

Bu hukmdorlar Allohning marhamatini unutib, Uning oldida turishni esdan chiqarishdi, endi sizning ham Allohning marhamatidan umidsizlikka tushishingizni istashyapti! Abu Said Xudriy roziyallohu anhu Rosululloh ﷺning bunday so‘zlarini rivoyat qiladi:

«لِكُلِّ غَادِرٍ لِواءٌ عِندَ اسْتِه يَوْمَ القِيامةِ، يُرْفَعُ لَهُ بِقَدْرِ غَدْرِهِ، ألَا وَلا غَادر أعْظمُ غَدْراً مِنْ أمِيرِ عامَّةٍ»

«Har bir xoin uchun qiyomat kuni orqasida bayroq bo‘ladi, qancha xiyonat qilgan bo‘lsa bayroq ham o‘shancha baland ko‘tariladi. Bas, omma amirining xiyonatidek yomon xiyonat yo‘qdir». (Imom Muslim rivoyati).

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.