Amirliklarning yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishi rejimlarning Ummat masalalariga qilayotgan qator xiyonatlaridan biridir

481
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Amirliklarning yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishi rejimlarning Ummat masalalariga qilayotgan qator xiyonatlaridan biridir

Doktor Mus’ab Abu Arqub

Hizb ut-Tahrir – Muborak Falastin

zamini matbuot bo‘limi a’zosi

Birlashgan Arab Amirliklari bilan yahudiy vujudi o‘zaro to‘liq diplomatik munosabatlarni tiklashga kelishib olishdi. Bu yahudiy vujudi bosh vaziri Binьyamin Netanьyaxu, Abu Dabi shahzodasi Muhammad ibn Zoyid va AQSh prezidenti Donalьd Tramp tomonidan berilgan qo‘shma bayonotda aytildi.

Oq uydagi yuqori lavozimli rasmiylarning aytishicha, kelishuv talabiga ko‘ra, yahudiy vujudi G‘arbiy Sohildagi ayrim mintaqalarda o‘z suverenitetini kengaytirishni to‘xtatishga rozi bo‘lgan. Ilgari u G‘arbiy sohildagi ayrim mintaqalarni annektsiya qilish masalasini ko‘rib chiqayotgan edi.

Ibn Zoyidning ta’kidlashicha, Tramp va Netanьyaxu bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda, kelishilgan ikki tomonlama munosabatlarni o‘rnatish uchun mushtarak hamkorlik Yo‘l xaritasiga kelishib olingan. Kelishuv talabida, ikki davlat o‘zaro elchixona munosabatlarini tiklash hamda xavfsizlik, ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi turli sohalarda hamkorlik qilish aytilgan.

Bu xoinona kelishuv Islom Ummatining elkasiga minib olgan hukmdorlarning qanday ahvolda ekanliklarini ko‘rsatmoqda. Amirliklar hukmdorlari ham, boshqa musulmon yurtlari hukmdorlaridan farqsiz o‘laroq, hammasi Islom Ummatining dushmanlari qo‘lidagi arzongarov qo‘g‘irchoqlar bo‘lib, ular buyurgan har bir ishni ikkilanmay va uyalmay bajarishmoqda. Amirliklar hukmdorlari telefonda rasman suhbatlashish bilan yahudiy vujudi bilan munosabatlarni ochiq-oshkor normallashtirayotganlar «klub»iga kirdi va uyalmay, tan oluvchilar guruhiga a’zo bo‘lishdi. Ular bosqinchi vujudni va uning muborak zaminining aksar qismidagi «haq»ini tan olishyapti hamda u bilan er yuzidagi boshqa davlatlar bilan aloqa qilgandek aloqa qilishyapti. Go‘yo bu yahudiy vujudi ikki qiblaning birinchisi, ikki harami sharifning uchinchisi bo‘lgan dargohni va Payg‘ambarimiz ﷺning Isro maskanlarini bosib olishmaganday!

Musulmon yurtlari hukmdorlari, xoh yahudiylar bilan munosabatlarni ochiq-oshkor normallashtirishsin, xoh muborak zamin masalasini ikki davlat echimi bilan echishga chaqirishsin, barchasi xoinlikda bir-birlaridan farq qilmaydi. Masalan, ushbu hukmdorlar hamda Falastin rejimi va xoin Arab davlatlari tashabbusi tomonidan chaqirilayotgan ikki davlat echimi faqat bitta natijaga, u ham bo‘lsa, xiyonat manziliga etaklayapti. Unda muborak zaminning aksar qismidan voz kechilib, yon berilmoqda va buning evaziga faqat qog‘ozda yozilgan davlatchaga ega bo‘linadi. Bu zaif davlatchaning vazifasi yahudiy vujudini mudofaa qilish, Falastin ahlidan esa, o‘ch olish, bosim qilib, ularni ixtiyoran yurtni tashlab chiqib ketishga undash yoki madaniy-ma’rifiy jihatdan itoatgo‘ylarga aylantirishdan iboratdir. Toki, ular bu bosqinchi vujudning muborak zaminda emin-erkin yashashlariga, go‘zal istiqbolga erishishlariga va mustamlakachi G‘arb berayotgan barcha echimlarning tatbiq bo‘lishiga to‘siq bo‘lishmasin. Shuningdek, ushbu echimlar ham G‘arbning Islom Ummati taniga zulukdek yopishib olgan malay rejimlari tomonidan hamda Ummatdan sug‘urilib chiqib olgan va aslida faqat o‘zlarinigina tamsil etgan harakat va tashkilotlar tarafidan to‘siqsiz bajarilsin.

Amirliklar hukmdorlari ham, musulmon yurtlaridagi boshqa hukmdorlar kabi Ummatni tamsil etishmaydi, faqat o‘zlarini tamsil etishadi. Hammalari Ummatni iblisga sotishdi va bu ishni Amerikaga va mustamlakachi G‘arb davlatlariga malaylik qilish hamda xuddi qul xo‘jayini bilan mustahkam munosabatda bo‘lgani kabi, yahudiylar bilan mustahkam munosabat olib borish orqali amalga oshirishdi. Shuning uchun ular Ummatni tamsil etishmaydi, Ummat ulardan pokdir. Qur’oni Karim va Isro surasi bilan taskin topuvchi Ummat ushbu muborak Falastin zamini masalasini faqat bitta shar’iy echimi bor, deb biladi. U ham bo‘lsa, bu ozod qilish echimidir. Ummat bu echimni Hittinda qahramon Salohiddin Ayyubiy salibchilarni supurib tashlagan paytda boshdan o‘tkazgan, demak, yana boshdan o‘tkazajakdir. Yana Ummat armiyalari oyoqqa turib, qayta sherdek o‘kirib, bir sakrashdayoq yahudiy vujudni er bilan toabad yakson etib, Quddus devorlariga va muborak zaminning chor atrofiga Islom bayrog‘ini tikajak. Bu – mo‘minlar qalbiga orom beradigan, Islom Ummatining azizligini qayta tiklab, uni o‘ziga loyiq darajaga qayta ko‘taradigan hamda xaloskor qo‘mondonlar nomini Ummat tarixiga muhrlaydigan voqea bo‘lajak.

Tarix shafqat qilmaydi, bu xoin hukmdorlar xiyonatini o‘zida toabad saqlab qoladi. Amirliklar hukmdorlarining ham bu xiyonatlarini o‘z sahifalariga yozib qo‘yadi. Zotan, Amirliklar hukmdorlari o‘zlarini shaytonga qul qilishdi va o‘z sha’nlarini bir soat ham saqlab qolisholmadi. Chunki yangi ittifoqchilari bo‘lgan yahudiy bosh vaziri ular bilan kelishib olgandan so‘ng bir necha soat o‘tib-o‘tmayoq ularning sha’nini qayta erga bulg‘adi. Ya’ni, G‘arbiy Sohildan bir qismini annektsiya qilishdan hargiz voz kechmasligini e’lon qildi. Darhaqiqat, Netanьyaxu payshanba kuni bergan bayonotida annektsiya masalasi kun tartibida albatta saqlanib qolajagini aytar ekan, «annektsiya masalasini men taklif qilganman va uni faqat AQSh ma’muriyati bilan muvofiqlashgan holda bajarish mening vazifam», dedi. Yahudiy vujudi ayni bayonoti bilan Amirliklar hukmdorlari keltirayotgan soxta dastak va bahonalarini bir pul qildi. Zero, Ular yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirishimiz evaziga ular G‘arbiy Sohilni annektsiya qilish va nazorat qilishdan voz kechishdi, degan «dastak»ni keltirishayotgan edi. Zotan, Islomga xiyonat qilgan har bir kimsalarning taqdiri bu dunyoda xorlik va oxiratda alamli azobga giriftor bo‘lishdir. Muborak Falastin masalasi esa, Ummatga mansub va Ummat bilan buyukligicha qoladi.

Ushbu muborak zamin masalasi Ummat masalasidir. Ummatki, u urushlarning aksarida nusrat quchgan, Hittinda salibchilarni yakson etgan, Ayn Jolutda mo‘g‘ullarni sindirgan. Shuning uchun ertaga ham qayta nusrat quchib, muborak zaminni va bosib olingan barcha musulmon yurtlarini qayta ozod etadi. Chunki Falastin masalasi o‘zining malay hukmdorlariga yahudiy vujud bilan aloqalarni tiklashni buyurish orqali soxta siyosiy yutuqlarni qo‘lga kiritmoqchi bo‘layotgan Tramp yoki boshqa kimsa qo‘lidagi saylov qog‘ozi emas. Yo‘q, u Ummat masalasidirki, ushbu masalani hal etish uchun Ummat Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish orqali o‘z hokimiyatini qayta qo‘lga oladi. Ushbu Xalifalik Tramp va unga o‘xshaganlarni shayton vasvasasiga solib qo‘yadi, uning va musulmon yurtlaridagi malaylari nufuzini yo‘q qilib, muborak zaminni Islom Ummati bag‘riga qaytaradi.

Ushbu Islom Ummatining qo‘shinlari, zobitlari va qo‘mondonlari uchun muborak Falastin zaminini ozod etish va yahudiy vujudini qo‘porib tashlash sari harakatga kelish, o‘z oyoqlari tagidagi xoin hukmdorlarni supurib yo‘q qilish vaqti allaqachon kelgan. Bas, shunday ekan, mudom bu hukmdorlar Ummat dushmanlari bilan til biriktirib, ularning buyruqlarini bajarib, ularga ixlos bilan xizmat qilishar ekan, shuningdek, o‘zlarini xuddi Trampning saylov kampaniyasi a’zolaridek tutishib, uning ko‘rsatmalarini fidoiylik bilan bajarishar ekan, Isro maskanini ozod etib bo‘lmaydi, Ummat rivojlanolmaydi. Chunki muborak zamin xalos bo‘lishi uchun mustamlakachi G‘arbga malay mana shu tog‘ut elitadan ozod bo‘lishimiz kerak. Buning uchun Ummatning bag‘rida mard o‘g‘lonlar bisyordir hamda ushbu alamli voqelikni o‘zgartirishga harakat qiladigan va buyuk ozodlik kunini orziqib kutayotgan shijoatli yigitlar son-sanoqsizdir.

Ha, muborak Falastin zamini ozod etilish va’dasini olgan bo‘lib, ozod etilishga mahkumdir. Ushbu zaminga xiyonat qilgan va bosqinchi yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirayotgan anavi hukmdorlar ham, musulmon yurtlaridagi boshqa hukmdorlar ham tarix sahifalaridagi qator xiyonatlariga yangi-yangi xiyonatlar bitishdan va Ummatga qarshi ishlashayotgan makr sahnasiga yangi sahna qo‘shishdan nariga o‘tishmaydi. Chunki haqiqatdan Ummat ko‘ziga yaqqol ko‘rinib, hukmdorlarning xoinligi va mustamlakachi G‘arbga malayligi fosh bo‘ldi. Endi Ummat hargiz sukut qilmaydi, harakatida davom etadi. Musulmonlar hayotidagi bu favqulodda zamon aslo uzoq davom etmaydi va olamga Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik nuri taralib, Tramp va uning xoin hukmdorlari ko‘zini albatta ko‘r qiladi, o‘zlarini yo‘q qiladi.

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.