Bosh kotiblar uchrashuvi rejim til biriktiruviga xizmat qiladi

332
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Bosh kotiblar uchrashuvi rejim til biriktiruviga xizmat qiladi

Falastin masalasiga xizmat qilmaydi

Doktor Ibrohim Tamimiy

Hizb ut-Tahrirning muborak

Falastin zaminidagi matbuot bo‘limi a’zosi

Kecha payshanba kechqurun Falastin rahbari Mahmud Abbos Falastindagi barcha fraktsiyalarning, shu jumladan, Hamas va Islomiy Jihod harakatlarining bosh kotiblari bilan uchrashdi. Ramalloh bilan Bayrut shaharlaridagi prezidentlik qarorgohlarida videokonferents-aloqa orqali o‘tkazilgan uchrashuvda bir necha muammo va masalalar muhokama qilindi. Ulardan asosiysi, Falastin rejimining yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirish to‘lqinida Falastin masalasiga nisbatan qarashlari, Falastin Ozodlik Tashkiloti vaziyati va sulh-yarashuv masalasi haqida bo‘ldi.

Ushbu masalalarga va ular bilan bog‘liq boshqa masalalarga nazar tashlanadigan bo‘lsa, bu uchrashuvning rejimga va uning paysalga solish rejalariga xizmat qilishi, Falastin masalasiga aslo xizmat qilmasligi ayon bo‘ladi.

•             Rejimning mavjud normallashtirish ketayotgan vaqtda Falastin masalasiga nisbatan qarashi:

Falastin rahbari Mahmud Abbos o‘zining ushbu uchrashuvini ochish nutqida ikki davlat echimi loyihasiga, xalqaro qonuniylikka, BMT va uning Xavfsizlik Kengashi qarorlariga sodiqligini ta’kidladi. Arab davlatlari tashabbusiga rioya qilish haqida takror-takror gapirar ekan, «Men to‘la xalqaro qonuniylikni istayman, biz BMT rahnamoligi ostida tinchlik xalqaro konferentsiyasini o‘tkazishga tayyormiz, chunki xalqaro qonuniylik va arab davlatlari tashabbusi qarorlariga asoslangan jiddiy muzokaralar shu konferentsiya orqali boshlanadi», dedi. Abbosning ta’kidlashicha, Amirliklarning yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirish kelishuvidagi muammo uning arab davlatlari tashabbusi bilan muvofiqlashmagan holda imzolanganligidir. Chunki ushbu tashabbus matnida normallashtirish ortidan 1967 yil bosib olingan erlarda «tinchlik muqobilida er tamoyili» asosida Falastin davlatini barpo qilish aytilgan. U jumladan «Agar Falastin masalasi hal etilsa, har bir arab musulmon Isroil bilan munosabatlarni normallashtirishi mumkin bo‘ladi, bunga monelik yo‘q», dedi. Uning bunday ta’kidlashlari va qayta-qayta bayonot berishlaridan Amerikaning ikki davlat loyihasiga naqadar sodiq ekanligi, uni Falastin ahli va barcha fraktsiyalarning istagi qilib ko‘rsatishga urinayotgani yaqqol ko‘rinib turibdi!

Hamas harakati fikri ham konferentsiya haqidagi taklifga uyg‘un kelmoqda. Bunga ayni harakatning siyosiy bo‘limi raisi o‘rinbosari Solih Oruriyning mana bu so‘zlari misol bo‘ladi: «Bu konferentsiyada asosan Falastin masalasi ko‘tariladi. Ushbu uchrashuvimiz esa, Falastin birligini qurishdan boshlab, bosqinchilikka barham berish, mustaqillik va milliy hurriyatga erishish, poytaxti Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini tiklash va 194 raqamli qarorga muvofiq qochqinlarni qaytarishgacha xizmat qiladi». Ammo Islomiy Jihod harakati, garchi uchrashuvda ishtirok etib, uni olqishlab, u erda aytilgan amaliyotning muvaffaqiyatini talab qilgan esa-da, biroq ikki davlat loyihasidan o‘zini olib qochdi va bayonot chiqarib, unda «dengizdan daryoga qadar cho‘zilgan Falastinga amal qilishini, uning muqaddas tuprog‘idan zarrasidan ham voz kechmasligi»ni ta’kidladi.

•             Falastin ahlining yagona va qonuniy tamsili hisoblangan Falastin Ozodlik Tashkiloti rolini kengaytirish va mustahkamlash:

Uchrashuv chog‘ida Falastin rahbari o‘zining qariyb bir soatlik nutqida bir necha marta Falastin Ozodlik Tashkiloti roliga e’tibor qaratdi. Uning arab davlatlariga yo‘llagan bayonnomasida bunday so‘zlar kelgan: «Hech kimning biz haqimizda gapirishga haqqi yo‘q, faqat biz gapiramiz, arablar esa, biz orqali va faqat bizning pozitsiyamizdan kelib chiqib gapirishlari mumkin. Falastin masalasida faqat biz so‘zlaymiz, falastinlik xalq nomidan biz gapiramiz. O‘sdik, ulg‘aydik, deya olmaydigan vaqt orti qoldi, endi birovning vasiyligiga ham, himoyasiga ham muhtoj emasmiz, deyishimiz vaqti keldi. Biz o‘zimizni, o‘z masalamizni va xalqimizni himoya qilishga qodirmiz». Ichki bayonnoma fraktsiyalarga qaratildi. Unda Ozodlik Tashkilotining qanday ta’sis etilgani, «kurash» tarixi, uning asl-haqiqiy va asosli tashkilot bo‘lib, hech kim undan o‘tishga yoki unga alьternativa bo‘lishga loyiq emasligi aytildi. Ozodlik Tashkiloti Falastin xalqining birlashtiruvchi ma’naviy uyi ekanligi, barcha yurtdoshlar va fraktsiyalar uni himoya qilish, kuchaytirish va barcha falastinliklar bilan diasporalarni bitta vatanda o‘z bag‘riga olishini ta’minlash uchun sa’y-harakatlarini birlashtirmog‘i darkorligi ta’kidlandi».

Ushbu bayonnomaga Hamas quyidagicha javob qildi: «Falastin Ozodlik Tashkilotini qayta qurish va isloh etishni tezlashtirish lozim. Toki, tashkilot barcha falastinliklar va ularning barcha fraktsiyalariyu tarkibiy qismlarini istisnosiz ravishda o‘zida jamlovchi ramkaga hamda har bir falastinlikning huquqiy tamsiliga aylansin».

Solih Oruriyga ko‘ra, konferentsiyadagi eng ko‘zga tashlangan natija, «falastinlik xalqni besh hafta ichida Ozodlik Tashkilotiga birlashtirish uchun kelishilgan vazifalarni bajarish va tatbiq qilish lozim». Uning qo‘shimcha qilishicha, «ushbu uchrashuv barcha falastinlik vatandoshni Ozodlik Tashkiloti bayrog‘i ostida uyg‘onishi uchun yangi qadam bo‘lib qolmog‘i darkor».

Islomiy Jihod harakati pozitsiyasi ham Hamasnikidan farq qilmadi. Chunki u ham «Falastin Ozodlik Tashkiloti barcha falastinlik kuchlarni o‘z ichiga olishi va tamsil etishi uchun kelishilgan printsiplarga muvofiq uni qayta tiklash va faollashtirish»ga chaqirdi.

•             Sulh:

Falastin rejimi rahbari Abbos «ishni shu erdan boshlaymiz», deya uchrashuvni bo‘linishga chek qo‘yish sari tashlangan birinchi qadam, deya baholadi. Uchrashuv chog‘ida bo‘linishga yakun yasashga hamda kelgusi parlament va prezidentlik saylovlari orqali milliy hamkorlik almashishga da’vat qildi. U G‘azoda davlat yo‘q ekanini va G‘azosiz ham davlat yo‘qligini ta’kidladi. So‘zi nihoyasida muayyan muddatda va barchaning ishtirokida bo‘linishga qarshi kurashga hamda manfaatlarni ro‘yobga chiqarib, milliy hamkorlikni rivojlantirishga chaqirdi. Shuningdek, u Fath va Hamasdan «bitta xalq va bitta siyosiy nizom» printsipiga asosan bo‘linishga yakun yasash mexanizmini ma’qullash uchun dialog boshlashni talab qildi.

Uchrashuvda ko‘rilgan ushbu hujjatlarning asosiylariga e’tibor berilsa, rejimning uchrashuvdan quyidagilarni maqsad qilayotganini ko‘rish mumkin:

•             Ikki davlat loyihasini barcha fraktsiyalarning talabiga aylantirish, uni tatbiq qilish oson bo‘lishi uchun barcha falastinliklarning yagona talabi qilib ko‘rsatish va Falastin masalasini yo‘q qilish. Shuningdek, rejim o‘zining xiyonat botqog‘iga Jihod va Hamas harakatlarini ham botirmoqchi. Zero, bu xiyonat muborak Falastin zaminining aksar qismidan voz kechish va Falastin masalasini yo‘q qilish uchun Amerikaning ikki davlat loyihasiga muvofiq harakat qilishdan iborat.

•             Ozodlik Tashkiloti rolini kengaytirish va uni o‘z soyasida barcha fraktsiyalar, shu jumladan Hamas va Jihod harakatlarini birlashtiruvchi yagona tashkilotga aylantirish hamda «Falastin xalqining qonuniy va birdan-bir tamsili», degan da’voni mustahkamlash. Toki, Falastin masalasining aqidaviy va islomiy keng haybatini toraytirib, uni yon beruvchi xoin Tashkilotning kichik masalasiga aylantirish oson bo‘lsin, shu orqali dushmanlar uchun ayni masalani yo‘q qilish orqali yahudiy vujudi manfaatini mustahkamlash qulaylashsin.

•             Ozodlik Tashkilotini go‘yo bo‘linishga aloqasi yo‘q, balki birlik tarafdori qilib ko‘rsatish. Biroq, bundan saylovlarga kirish ko‘zlangan. Shu narsa ayonki, saylovlar natijasi bosqichiga va G‘arb loyihalariga xizmat qiluvchi rejimlardan boshqasini olib kelmaydi.

Bu uchrashuv ham Falastin masalasini yo‘q qilish uchun rejimning qator til biriktiruvlaridan biri ekaniga aslo shubha yo‘q. Aslida, muxolifat fraktsiyalarining unda qatnashmasliklari kerak edi, G‘arb va uning xoin rejimiga, loyihalariga, ayniqsa, ikki davlat loyihasiga ishonmasliklari, uni olqishlamasliklari, unda aytilgan narsalarga qo‘shilmasliklari lozim edi. Shuningdek, ular bunday siyosiy qopqondan ehtiyot bo‘lib, unga ilinishdan saqlanishlari kerak. Aks holda, o‘zlaridan oldin ayni qopqonga anavi Ozodlik Tashkiloti ilingan kabi ilinishlari va ochiq ziyon ko‘rguvchilardan bo‘lishlari mumkin. O‘shanda ko‘zlarini ochib qarasalar, o‘zlarini faqat G‘arbning rejalari va loyihalari bo‘yicha qadam tashlayotganlariga guvoh bo‘ladilar. Shu bois, ular o‘z murobitliklari va jihodlariga amal qilmoqlari lozim. Shoyad, Alloh ushbu Ummatga butun armiyalarini harakatga keltirib, yahudiy vujudini ildizi bilan qo‘porib tashlash bilan Falastinni va musulmonlarni uning yomonligidan qutqaruvchi xolis bir imom-xalifa barpo etishiga izn bersa.

Roya gazetasining 2020 yil 9 sentyabr chorshanba kungi 303-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.