2020 yilgi davlat byudjetiga o‘zgartishlar kiritish Sudan o‘tish davri hukumatining qator jinoyatlariga qo‘shilgan yana bir jinoyatdir

284
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

2020 yilgi davlat byudjetiga o‘zgartishlar kiritish Sudan o‘tish davri hukumatining qator jinoyatlariga qo‘shilgan yana bir jinoyatdir

Ustoz Sulaymon Dasis (Abu Obid)

2020 yil 9 avgustda Suveren kengash bilan vazirlar kengashi 2020 yilgi davlat byudjetiga o‘zgartish kiritishga ruxsat berdi. O‘zgartishlar quyidagicha bo‘ldi: O‘zgartirilgan ushbu davlat byudjeti daromadlarini 568 milliard junayhdan 396ga 48 % bilan tushirish va uning xarajatlarini 635 milliard junayhga 8 % bilan ko‘tarish, kamomadni 350 % ga, 73 milliard junayhdan 254gacha (181 milliard junayh ortig‘i bilan) oshirish, pul massasini bir trillion o‘ttiz milliard junayhdan bir trillion ikki yuz milliard junayhga oshirish, ya’ni, pul massasini 50.4 %ga nisbatan 75.6 %ga oshirish, kutilayotgan eksport daromadini 4.1 milliard dollardan 2.8 milliard dollarga, importni esa, 7.3 dan 5.7 milliard dollarga kamaytirish. Shuningdek, byudjetga o‘zgartishlar kiritishda junayhning qiymatini 118 %ga kamaytirib, rasmiy bozorda dollarga nisbatan 55 junayhdan 120 junayhgacha tushirish. Bundan tashqari, import mollariga o‘lchov bo‘lgan bojxona dollarini oyiga qariyb 30 %ga ko‘tarish.

Sudan madaniyat va axborot vaziri-hukumat matbuot voizi Faysal Muhammad Solih o‘z bayonnomasida ushbu byudjetga o‘zgartishlar kiritilayotganiga ma’lum siyosatlarning qo‘llanganini sabab qilib keltirdi. Masalan, koronavirus pandemiyasining umumiy iqtisodiy vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish siyosati (bu salbiy ta’sir davlat daromadining 40 %ga pastlashi bilan ifodalanadi) hamda pandemiya sharoitlarini engish uchun davlat xarajatlari hajmining oshib ketishini va uning oqibatlarini engish siyosati kabi. Uning ta’kidlashicha, iste’mol darajasi yuqori va cheklanmagan shaxslar uchun elektr energiyasi narxlariga ham o‘zgartish kiritilgan. Faysal Muhammadning so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora-tadbirlar 2021 yildagi dastur yakunida iqtisodiy o‘sishni sakkiz pog‘onaga bosqichma-bosqich yaxshilashga imkon beradi va bu yuqori darajaga etgan inflyatsiyani nazorat qilishga yordam beradi. Bosh vazir Abdulloh Hamdukning aytishicha, uning hukumati avgust oyidan boshlab yoqilg‘iga davlat subsidiyalarini bekor qila boshlaydi hamda kelgusi sentyabr yoki oktyabr oylarida valyuta kursini birlashtirishga kirishadi.

Reyter axborot agentligidagi xabardor manbalarning ta’kidlashicha, Sudan hukumati keyingi yil avgustidan boshlab ikki yil ichida to‘liq erkinlashtirishga muvaffaq bo‘lish maqsadida valyuta kursini birxillashtirish dasturini ishlab chiqadi. Manbalarga ko‘ra, avgustdan boshlab xususiy sektorga yoqilg‘ini dollar yordamida erkin bozor kursi bo‘yicha olib kirishga ruxsat beriladi.

Ha, Sudan hukumati ko‘rgan choralar bu hukumatning mahalliy valyutaning qora bozordagi narxi pasayishini to‘xtatib qololmasligini yana bir bor isbotladi. Zero, bu pasayish, mahalliy mahsulotlarning etishmasligi va yurtning importga tayanishi sababli inflyatsiya darajasini yuqorilab ketishiga olib kelmoqda. Markaziy statistika byurosi hisobotiga ko‘ra, «Sudanda inflyatsiya darajasi iyun oyidagi 136 %ga taqqoslanganda iyul oyida 144 %ni tashkil qilgan» (Sudan Tribune, 2020 yil 13 avgust).

Savol: Hukumat nima uchun byudjetga o‘zgartish kiritdi, haqiqatdan ham bunga koronavirus sabablimi? Yo‘q albatta! U holda nega? Buning javobi quyidagicha:

Birinchidan: Avvalgi byudjet inflyatsiyaga moyil va xayoliy byudjet edi, chunki u sarobga va «do‘st» davlatlar grantlariga ishonardi.

Ikkinchidan: Xalqaro Valyuta Fondi siyosatlariga ergashib, uning ko‘rsatma va rejalarini ijro etilmoqda. 2020 yil iyun oyi oxirlarida bu Fond «Sudan iqtisodiyotida tarkibiy islohotlarni amalga oshirishga yo‘l ochish uchun Sudan hukumati bilan kelishuvga erishganini ma’lum qildi». (Arabiy 21, veb sayti). Aslida, bu islohotlar bir yolg‘on da’vo bo‘lib, undan yurt iqtisodiyotini vayron qilish uchun Fond siyosatlarini bajarish ko‘zlangan. Bu hukmdorlarning malaylik va xoinliklaridan boshqa narsa emas. Shu malaylik sababli ular dushmanlarning qo‘yniga o‘zlarini otib, yurtimiz iqtisodiyotini vayron qilishmoqda, boyliklarimizdan foydalanmay, ularni xo‘jayinlariga taqdim etishyapti.

Iqtisodchi ekspertchi doktor Hamduk hukumati bunday demoqda:

«Biz ushbu byudjet o‘zgartirilishi orqali o‘rtacha inflyatsiya darajasini 62.5 % darajasida nazorat qilishimiz va 2021 yilda uni 31 % ga tushirishimiz mumkin».

Bu gapga har qanday aqliraso insonda savol tug‘ilishi tabiiy:

Qanday qilib bu nishonga olingan inflyatsiyani va iqtisodiy siyosatlarni nazorat qila olish mumkin, axir, ularning barchasi o‘zgartirish va inflyatsiya siyosatlariga mahkum bo‘lsa?! Subsidiyalarni olib tashlash – valyuta kursini erkinlashtirish – bojxona dollarini oyiga qariyb 30 % ga ko‘tarish, pul massasini ko‘paytirib, Markaziy bankdan (yirik miqdorda bosib chiqarilgan pullardan) kredit olish, Sudanda inflyatsiya darajasini iyun oyidagi 136 %ga taqqoslaganda iyul oyida 144 % ni tashkil qilishi (Sudan Tribune, 2020 yil 13 avgust)… bularning barchasi o‘zgartirish va inflyatsiya siyosatlariga mahkum.

2020 yilgi davlat byudjetiga o‘zgartish kiritishdan kutilayotgan oqibatlar:

1)            Shubhasiz, 2020 yilgi davlat byudjetiga o‘zgartish kiritish va mana shunday iqtisodiy siyosatni qo‘llash shundan ogoh etmoqdaki, tez orada yoqilg‘i narxi yanada oshib ketadi, o‘z navbatida, bu barcha tovarlarga ta’sir qiladi, chunki yoqilg‘i strategik boylikdir. Oqibatda, bu mahalliy sanoatga ham, ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga ham ta’sir qiladi… insonlar hayotini baxtsizlikka, qimmatchilikka ro‘para qiladi.

2)            Xususiy sektorni benzin import qilishga qo‘yib berilayotgani o‘tish davri hukumatida insonlarning asosiy ehtiyojlarini qondirish qobiliyati yo‘q ekanini ko‘rsatmoqda.

3)            Valyuta kursini erkinlashtirish mahalliy valyuta kursini misli ko‘rilmagan darajada pastlab ketishiga olib keladi. Bu yaqin kunlarda valyuta kursining 200 junayhga oshib ketishidan darak bermoqda. Binobarin, bu narsa import va mahalliy tovarlarning barchasi qimmatlashidan, natijada, inflyatsiya yuz berib, hayotimiz chidab bo‘lmas jahannamga aylanishidan ogoh etmoqda. Bu erda o‘tish davri hukumati eski hukumatdan farq qilmaydi, ikkalasi ham bir tanganing ikki yuzi bo‘lib, xo‘jayinlarini rozi qilish uchun yurt iqtisodini vayron qilish va fuqarodan intiqom olishdan o‘zga narsani bilishmaydi.

4)            Valyuta kursini o‘zgartirish siyosati iqtisodga salbiy ta’sir qiladi. Xususan, kambag‘allik darajasi 60 % ga etgan bir paytda. Mana, sobiq moliya vaziri Ibrohim Badaviy sudanliklarning taxminan 80 foizi moliyaviy qo‘llab-quvvatlanmoqda, degan gapi bilan kambag‘allikning asl nisbatini tan olib qo‘ydi, chunki bu gap Sudan ahlining 80 foizi kambag‘al ekanini anglatadi.

5)            Bojxona dollarini oyiga qariyb 30 %ga ko‘tarish import mollari va xom ashyo narxlarining juda keskin ravishda oshishiga olib keladi. Bu esa, iqtisodiyotni vayron qilish, insonlar hayotini mushkullashtirish, demakdir. Misol uchun, Port-Sudan shahri bandargohida eryong‘oq sasib ketib, 97 million dollar ziyon ko‘rildi va bunga eksportga ruxsat berish yoki bekor qilish o‘rtasida iqtisodiy qarorlarning noaniqligi sabab bo‘ldi. Bu katta ziyon bo‘lib, ayni vaqtda Sudan iqtisodiyotining buzg‘unchilik uslubida olib borilayotganiga dalolat qilmoqda. Afsuski, bu kabi ziyonlar har bir import va eksport sektorida yuz bermoqda. Bunga monopoliyaga aylangan oltinning eksport qilinishi misol bo‘ladi, yirik mablag‘dagi bu oltinning qaerga ketayotganini hech kim bilmaydi?! Iqtisod printsiplarida ma’lumki, oltin valyutaga asos bo‘lishi uchun uni Markaziy bankda saqlanishi kerak, ammo bunday bo‘lmayapti!

Bu o‘tish davri hukumati mustamlakachi davlatlarni rozi qilish va ularning buzg‘unchilik rejalarini bajarish uchun Sudan ahlini halokat va o‘lim jarligiga olib ketmoqda.

Davlat byudjetiga o‘zgartish kiritish ham mustamlakachi kofirni rozi qilish maqsadiga qaratilgan bo‘lib, Sudandagi ahlimiz haq-huquqiga nisbatan katta jinoyat hisoblanadi. Yurt tepasiga birin-ketin kelayotgan bu hukumatlar ahlimizga qarshi gunohi kabiralar sodir etishyapti. Chunki bu byudjet shundoq ham holdan toygan xalqqa tatbiq etilmasligi kerak, chunki uni jarlikka tushirib, yurtdagi insonlarning tirikchiligi uchun qolgan-qutgan narsalaridan ham butunlay mahrum qiladi. Bu Hamduk hukumati qilmishlari ham jinoyat jihatidan Inqoz hukumatinikidan kam bo‘lmayapti. Ey kimsalar, senlarning bunday boshqaruvingni nima deyish mumkin, axir!?

So‘zimiz nihoyasida bunday deymiz:

O‘z xalqiga mana shunday tazyiqlar qo‘llab, buzg‘unchilik siyosatini qo‘llayotgan bu rejimni sifatlash uchun uni  xalqni o‘stirish uchun emas, halok qilish uchun kelgan malay rejimdir, desak oz. Zotan, bu hukmdorlar zavolga qarab ketishyapti, insha Alloh. Chunki o‘zgarish albatta bo‘ladi. Shunday o‘zgarishki, unda xoin rejim ham, mustamlakachilik nazariyalari ham bira to‘la supurib tashlanib, buyuk Islom qasri bo‘lmish Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati barpo etiladi. Bu ish Allohga hargiz mushkul emas.

Roya gazetasining 2020 yil 2 sentyabr chorshanba kungi 302-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.