بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyatining «G‘arb orqasidan ergashish dunyoni ham oxiratni ham buzadi» nomli ommaviy murojaati
Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati 2020 yil 14 avgust juma kuni Qazorif shahrida juma namozidan so‘ng «Atiq» masjidi yaqinidagi «Hurriyat» maydonida «G‘arb orqasidan ergashish dunyoni ham oxiratni ham buzadi» nomli ommaviy murojaat uyushtirdi. Unda muhandis Bashir Ahmadbashir to‘planganlarga murojaat yo‘llab, quyidagilarni bayon qildi:
«Keti uzilmay kelayotgan ushbu barcha hukumatlar insonlar turmush tarzi va aqidasi hisobiga G‘arbni rozi qilish va uning rejalarini amalga oshirishga zo‘r berib harakat qilishmoqda. Mana, yangi hukumat ham Xalqaro Valyuta Fondining davlat byudjetini tuzatish to‘g‘risida bergan ko‘rsatmasini qabul qilish orqali kofir G‘arbga zo‘r berib bo‘ysunmoqda. Bu davlat byudjetini tuzatish yoqilg‘i mahsulotlaridan 75 %ga, elektr energiyasidan 41 %ga subsidiyalarni oshirishni hamda valyuta kursini erkinlashtirishni taqozo etadi. O‘z navbatida, bu narx-navoning oshishiga hamda arzon xomashyo orqali yurt boyligi osongina talon-toroj etilishiga olib keladi».
Ahmadbashir, shuningdek, musulmon yurtlaridagi hukmdorlarning yon berish siyosatlari to‘g‘risida misollar keltirib, bunday dedi:
«Yon berish siyosatiga misol keltiradigan bo‘lsak, masalan: Liviyaning sobiq prezidenti Muammar Qazzofiy bolgariyalik hamshiralarni ozod etish masalasida ham, Lokerbi hodisasida ham yon bergan edi. Sobiq Sudan prezidenti ham ayni shu siyosatni qo‘llab, Sudan janubidan voz kechdi.
Bu hukmdorlarning o‘zaro bir-birlariga o‘xshashliklari shundaki, barchalari o‘z xalqlari hisobiga kofir G‘arbdagi xo‘jayinlariga ixlos bilan xizmat qilishadi, oqibatda esa, na xo‘jayinlaridan biror shafoatga erishishadi va na o‘z xalqlarini rozi qilishadi, balki Alloh va Rosuliga qarshi urush qilishgani uchun bu dunyolarini va oxiratlarini boy berishadi!».
Murojaati so‘nggida Ahmadbashir yagona echim Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish ekanini, chunki kofir G‘arbga ko‘r-ko‘rona ergashishga chek qo‘yishga va Allohning shariatini tatbiq qilib, dunyo va oxiratda zafar quchishimizga sababchi bo‘luvchi ushbu Xalifalik ekanini ta’kidladi.
Darhaqiqat, murojaat tadbirida ko‘pchilik yig‘ilgani va murojaatga mumtoz ravishda reaktsiya bildirishgani kuzatildi. Ular takbir va tahlillar bilan hayqirishibgina qolmay, hatto ayrimlari bu kabi murojaat tadbiri o‘zlarining qishloq va mahallalarida ham o‘tkazilishini talab qilib, «bu go‘zal ma’ruzani hamma eshitishi kerak», deya ta’kidlashdi.
Roya gazetasining 2020 yil 26 avgust chorshanba kungi 301-sonidan