Shariat kelishidan oldin hech qanday hukm yo‘q

559
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

Shariat kelishidan oldin hech qanday hukm yo‘q

Inson har qanday narsaga yoki har qanday amallar (ish-harakat)ga o‘z tabiatiga muvofiq kelish-kelmasligiga qarab hukm chiqarib, shariyat e’tiborida shunday bo‘ladi degan hulosaga kelib olishi noto‘g‘ri bo‘ladi. Shariat kelmay turib, narsalar uchun ham, insonlarning amallari uchun ham hech qanday shar’iy hukm mavjud bo‘lmaganligi bois shar’iy dalili bo‘lmay turib biror narsa va biror amal ustidan hukm chiqarib bo‘lmaydi. Alloh Taolo aytadi:

وَمَا كُنَّا مُعَذِّبِينَ حَتَّى نَبْعَثَ رَسُولًا

“ Payg‘ambar yubormagunimizcha azoblovchi bo‘lmadik”. [17:15] Yana dedi:

لِئلَّا يَكُونَ لِلنَّاسِ عَلَى اللَّهِ حُجَّةٌ بَعْدَ الرُّسُلِ

“Rosullardan keyin odamlarga Alloh ustidan xujjat bo‘lib qolmasligi uchun”. [4:165]

Aslida hukm faqat ikki ishning biri bilan sobit bo‘ladi: yo shariat, yo aql. Ammo, bu erda aqlga o‘rin yo‘q, chunki, bu o‘rindagi masala vojib va harom qilish masalasi bo‘lib, aql vojib yoki harom qila olmaydi. Bu aqlga emas, shariatga bog‘liq. Demak, bu borada hukm chiqarish shariatga to‘xtaladi. Shariat kelishidan oldin xech qanday shar’iy baho yo‘q ekan, demak, hukm Alloh Taolo tomonidan shariat kelishiga, ya’ni butun shariatga nisbatan bir payg‘ambar kelishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Bir masalaga nisbatan esa, hukm chiqarish iroda qilingan masala uchun shar’iy dalil kelishi shart. Demak, payg‘ambarga nisbatan mazkur oyatning ochiqligidan ma’lum, chunki, payg‘ambar yuborilishidan oldin insonlarga azob bo‘lmasligi ularning ahkom va e’tiqodlariga, ya’ni biron narsaga taklif qilinmaganliklariga dalolat qiladi. Bu Alloh Taolo insonlarga payg‘ambar yuborishidan oldin ularga hukm mavjud emasligini anglatadi. Shuning uchun, “ahli fatra”, ya’ni bir payg‘ambarlik tugab, boshqasining boshlanishi oralig‘ida yashagan insonlar najot topuvchilar bo‘lib, ularning hukmi ham risolat etmagan insonlarning hukmi bo‘ladi. Ularning misoli,  Muhammad(s.a.v)ning payg‘ambar bo‘lib yuborilishidan avval yashab o‘tgan insonlarning holatiga o‘xshaydi. Shuningdek, sayyidimiz Muhammad (s.a.v)ning risolati e’tiborni tortadigan va tushunarli darajada etib bormagan insonlar ham ahli fatra kabi najot topuvchilardir. Chunki, ularga ham mazkur oyati karima mos tushadi, ular go‘yo payg‘ambar yuborilmagan insonlar qatorida bo‘ladilar. Negaki, Muhammad (s.a.v)ning risolati ularga etib bormadi. Etkazmaslik gunohi esa, bu ishga qodir bo‘la turib, etkazmagan insonlarning gardaniga, ya’ni bizlarga tushadi. Shunga ko‘ra, payg‘ambar yuborilishidan oldin narsalarga halol yoki harom deb hukm chiqarilmaydi. Chunki, payg‘ambarning ta’limotlari bo‘lmay turib ular haqida hech qanday hukm mavjud emas. Bandalarning amallari ham xuddi shunga o‘xshaydi. Demak, bunday insonlar, to ularga payg‘ambar kelmagunicha biror hukmga bog‘lanmay o‘z odatiga ko‘ra ishini qilaveradi va Allohning huzurida ularga hech narsa bo‘lmaydi. Payg‘ambar yuborilgach esa, payg‘ambar unga etkazganidek, etkazilgan Allohning ahkomlariga cheklanadi.

Ammo payg‘ambar yuborilgan va u o‘z risolatini etkazgandan keyin ham  qaraladi: agar uning risolati ayrim narsalarning hukmlarinigina olib kelsa va boshqa narsalarda o‘zidan boshqa payg‘ambarning risolatiga ergashishga buyurgan bo‘lsa, sayyidimiz Iso (a.s.) kabi, to bu risolat nash (bekor) etilmagunicha, ular o‘zlariga etkazilgan ahkomlarga cheklanadilar va ularga ergashishlari vojib va ushbu ahkomlarga bog‘lanmaganlariga ko‘ra azoblanadilar. Agar payg‘ambarning risolati ayrim narsalarni olib kelib, ayrim narsalarga aralashmasa, ular faqat o‘sha risolatda kelgan narsalargagina cheklangan bo‘lib, risolatda kelmagan narsalarga ko‘ra azoblanmaydilar. Ammo, agar payg‘ambarning risolati barcha narsalarga umumiy bo‘lsa va har-bir narsani bayon qilib kelgan bo‘lsa, ular barcha narsada mana shu risolatga bog‘lanadilar.  Ushbu holat sayyidimiz Muhammad (s.a.v)da bo‘lib, risolati umumiy va barcha narsani bayon qilib kelgan. Shuning uchun hukm chiqarish faqat shu risolatda  kelgan  narsa bilangina bo‘ladi. Chunki Alloh Taoloning:وَمَا كُنَّا مُعَذِّبِينَ حَتَّى نَبْعَثَ رَسُولًا “Payg‘ambar yubormagunimizcha bizlar azoblovchi bo‘lmadik”. [17:15] degan gapining ma’nosi biz payg‘ambar yuborib, biz yuborgan bu payg‘ambarning risolatiga xilof chiqqanlarni azoblaymiz, deganidir. Mana shu risolatda kelgan, garchi bitta hukm bo‘lsa ham – qanday hukm bo‘lmasin – unga xilof qilgan har-bir kishi azoblanadi. Shuning uchun biror narsaga ham, biror amalga ham, to unga dalil aniq bo‘lmaguncha hukm berilmaydi. Shunga ko‘ra, Allohning mulkida Uning iznisiz tasarruf qilish degan hujjat bilan “narsalardagi va amallardagi asos haromlikdir, maxluqotlarga taqqaslab harom qilinadi”, deyilmaydi. Chunki, mazkur oyatda Alloh Taolo payg‘ambar yubormagunicha azoblamasligini, hukmni bayon qilmagunicha jazolamasligini ochiq aytib turibdi. Bundan tashqari, zarar ko‘rish maxluqotlarda bo‘ladi. Alloh Subhanahu va Taolo esa, foyda-zarardan pokdir. Shunga ko‘ra amallardagi va narsalardagi asos mubohlik ham emas, chunki buzg‘unchilikka sabab bo‘ladigan belgilaridan va egasiga zarar berishdan xoli bo‘lgan foydalanish, degan hujjat bilan muboh qilinadi deb ham bo‘lmaydi, negaki mazkur oyatning ma’nosi: agar inson unga qarshi chiqsa azoblangani uchun payg‘ambar olib kelgan narsa bilan cheklanganligini anglatadi. Shuning uchun asos mubohlik emas, ya’ni cheklanmaslik (erkinlik) emas, balki Rasululloh (s.a.v)ga ergashish va u zotning risolatining ahkomlariga cheklanishdir. Chunki, ahkom oyatlarining xammasi shariatga qaytishni va u bilan cheklanishni vojibligiga dalolat qiladi. Alloh aytadi:

وَمَا اخْتَلَفْتُمْ فِيهِ مِنْ شَيْءٍ فَحُكْمُهُ إِلَى اللَّهِ

Nimada ixtilof qilsangiz uning hukmi Allohga (qaytadi)”. [42:10]

فَإِنْ تَنَازَعْتُمْ فِي شَيْءٍ فَرُدُّوهُ إِلَى اللَّهِ وَالرَّسُولِ

“Agar biror narsada talashib qolsangiz, uni Alloh va Rasuliga qaytaringlar”.  [4:59]

وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ تِبْيَانًا لِكُلِّ شَيْءٍ

“Biz sizga Kitob-Qur’onni barcha narsani bayon qilib beruvchi qilib nozil qildik”. [16:89]

Dorqutniy rivoyat qilgan hadisda Rasululloh(s.a.v) shunday deydi:

«كُلُّ أَمْرٍ لَيْسَ عَلَيْهِ أَمْرُنَا فَهُوَ رَدٌّ»

“Bizning unga amrimiz bo‘lmagan xar bir ish rad etilgandir”. Shulardan ma’lumki, asos – shariatga ergashish va u bilan bog‘lanish ekan. Yana mulk egasiga zarar etishidan holi bo‘lgan foydalanish mubohlikka hujjat emas. O‘ylab ko‘ring, eridan ajrashgan, hali boshqasiga nikohlanmagan ayol bilan zino qilishni buzg‘unchilik alomatlaridan va egasiga zarar berishdan xoli foydalanish desa bo‘ladi. Biroq, bu harom. Kulgi va xursandchilik paydo qilish uchun qanday bo‘lishidan qat’iy nazar hazillashib yolg‘on gapiruvchi uchun ham, shu yolg‘onlarni tinglovchi uchun ham buzg‘unchilik alomatlaridan va egasiga zarar berishdan xoli, biroq bu ham harom. Shuningdek, shariat kelgandan keyin narsalar va ishlar  ahkomlarga ega bo‘ldi. Demak, asos shariatda narsalar va amallar xaqida, ularning ahkomlari mavjudmi yoki mavjud emasligi xaqida bahs yuritishdir. Shariat mavjud bo‘la turib, narsalarni va amallarni muboh deb e’tiborga olish va bevosita aql yordamida ularga muboh, deb hukm chiqarish ham asos emas. Shuningdek, (shariatni bilmaganidan hukm chiqarishdan) o‘zini tiyish degani esa, amalning shar’iy hukmni bekor qilish bo‘lib, bu ham joiz emas. Agar hukmini bilmasa, jim turib olish, hukm qilmaslik emas, balki shu hukm xaqida so‘rash, savol berish lozim bo‘ladi. Qur’on va Hadisda sobit bo‘lganligidan narsalardagi asos (shariatni bilmaganligi uchun hukm chiqarishdan) o‘zini tiyish va hukm chiqarmaslik deyilmaydi, chunki  Alloh ta’olo aytadi:

فَاسْأَلُوا أَهْلَ الذِّكْرِ إِنْ كُنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ

“Agar bilmasanglar zikr ahlidan ya’ni biladiganlardan so‘ranglar”.  [16:43] [21:7]. Rasululloh(s.a.v) Abu Dovudning Jobirdan rivoyat qilgan tayammum xaqidagi hadisida shunday dedi:

«أَلاَ سَـأَلُوا إِذْ لَمْ يَعْلَمُوا فَإِنَّمَا شِفَاءُ الْعِيِّ السُّؤَالُ»

“Bilmasalar, so‘ramabdilarda. Chunki, johillik(bilmaslik)ning davosi so‘rashdir”. Shunga ko‘ra, asos (shariatni bilmaganligidan hukm chiqarishdan) o‘zini tiyish, hukm qilmaslik emas. Bulardan ma’lum bo‘ladiki, Rasululloh (s.a.v) payg‘ambar etib yuborilgandan so‘ng hukm qilish shariatniki bo‘ldi va shariat kelishidan oldin xech qanday hukm yo‘q bo‘lganidan, hukm shariatdagi dalilga ya’ni xar qanday masala uchun shar’iy dalil mavjudligiga bog‘liq bo‘ldi. Shunday ekan, hukm faqat shariat kelganidan keyingina berilgani sababli faqat, dalilga asoslanibgina hukm beriladi. Asos shariatdagi hukmni izlash, ya’ni asos hukmning shar’iy dalilini shariatdan izlashdir.

   Endi bir masala qoldi. U – islomiy shariat moziyda o‘tgan hamma voqealarning, bugungi kunda sodir bo‘layotgan jamiki muammolarning va kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha hodisalarning hukmlarini o‘zida mujassam etganmi? Bu masalaga javoban aytish mumkinki, qanday voqea yuz bermasin, qanday muammo tug‘ilmasin va qanaqangi hodisa paydo bo‘lmasin, albatta, u haqida hukm o‘rni bor. Darhaqiqat islomiy shariat insonning jamiyki amallarini butunlay, to‘laligicha o‘z ichiga qamrab olgan. O‘tmishda bir ish o‘tgan bo‘lsin, hozirda bir muammoga duch kelinayotgan bo‘lsin yoki kelajakda biror hodisa yuz beradigan bo‘lsin, albatta bularning barchasini shariatda o‘z hukmi bor. Alloh Taolo aytadi:

وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ تِبْيَانًا لِكُلِّ شَيْءٍ

 “Biz sizga Kitob-Qur’onni barcha narsani bayon qilib beradigan qilib tushirdik”. [16:89]. Yana dedi:

الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِي

“Bugun sizlarga diningizni komil qildim va ne’matimni benuqson, to‘kis qilib berdim”. [5:3].

Demak, shariat bandalarning amallaridan birortasini e’tiborsiz tashlab qo‘ygan emas. Chunki, shariat bandalarning amallariga yo Qur’on, Hadisdan bo‘lgan biror nass-hujjat bilan dalil keltirgan yoki Qur’on va Hadisda o‘sha hukmning bois (hukmni talab qiluvchi sabab)iga bir belgi-ishora qo‘yib ketgan, toki shu belgi yoki o‘sha bois topilgan boshqa har bir amalga nususlarda zikr qilingan hukmni bog‘lashga mukallaf yo‘llansin. Allohning “barcha narsani bayon qilib beradigan” so‘zi umum bo‘lib  kelganligi hamda Alloh Taolo bu dinni mukammal qilganiga ochiq nass borligidan dalili bo‘lmagan yoki hukmiga dalolat qiluvchi ishorasi bo‘lmagan bandaning birorta amali mavjud bo‘lishi shar’an mumkin emas. Agar bandalarning ayrim amallariga shariat mutlaqo bee’tibor bo‘lgan yo dalil keltirmagan yoki mukallafni uning hukmiga etishi uchun ishora ham qoldirmay, tashlab qo‘ygan degan ma’noda ba’zi voqealar shar’iy hukmdan xoli deb gumon qilinsa, bu gumon ayrim narsalarni Qur’on bayon qilmagan, bu din mukammal emas, nuqsonlidir, chunki bu dinda hukmi aytilmagan amallar ham bor, degan ma’noni anglatadi. Bu esa, Qur’onning ochiq nassiga zid. Shuning uchun bunday gumon botildir. Hattoki  shu ma’noni o‘z ichiga olgan,  rivoyati sahih bo‘lgan ohod hadislar bo‘lsa ham, ya’ni shariat uni hukmini keltirmagan ba’zi amallar borligi haqida hadislar bo‘lsa ham, bu kabi hadislar diroyatan (hadisning o‘zi emas, hukmi) rad qilinadi. Chunki ular Qur’onning subuti ham, dalolati ham qat’iy bo‘lgan nasslariga ziddir.  Chunki, تِبْيَانًا لِكُلِّ شَيْءٍ “barcha narsani bayon qilib beradigan, الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ “Bugun sizlarga diningizni komil qildim” oyatlari subuti ham, dalolati ham qat’iy bo‘lib, ularga zid bo‘lgan har qanday ohod xabar diroyatan rad qilinadi. Shuning uchun musulmon odam ushbu qat’iy oyatlarni tushinganidan keyin bandalarning amallaridan shariat hech qanday yo‘l bilan hukmini bayon qilmagan voqealar, hatto bir dona voqea bor deb aytishi mumkin emas. Ammo Ibn Mojja va Termiziy Salmon Forsiydan qilgan rivoyatda, dedi: Rasululloh (s.a.v) saryog‘, pishloq va teri xaqida so‘ralganda shunday dedi:

«الْحَلاَلُ مَا أَحَلَّ اللَّهُ فِي كِتَابِهِ وَالْحَرَامُ مَا حَرَّمَ اللَّهُ فِي كِتَابِهِ

وَمَا سَكَتَ عَنْهُ فَهُوَ مِمَّا عَفَا عَنْهُ»

“Halol Alloh o‘zining Kitobida halol qilgan narsa va harom U zot o‘zining Kitobida harom qilgan narsadir. Nimadan sukut qilgan bo‘lsa, u avf etgan narsalardandir”. Nabiy(s.a.v) Abu  Dardo qilgan rivoyatda shunday dedi:

«مَا أَحَلَّ اللَّهُ فِي كِتَابِهِ فَهُوَ حَلاَلٌ، وَمَا حَرَّمَ فَهُوَ حَرَامٌ، وَمَا سَكَتَ عَنْهُ

فَهُوَ عَفْوٌ، فَاقْبَلُوا مِنَ اللَّهِ عَافِيَتَهُ، فَإِنَّ اللَّهَ لَمْ يَكُنْ لِيَنْسَى شَيْئاً

“Alloh nimani o‘z kitobida halol qilgan bo‘lsa, u haloldir, nimani harom qilgan bo‘lsa,  u haromdir,  nimadan sukut qilgan bo‘lsa, u avfdir.  Allohning ofiyatini qabul qilinglar.  Chunki Alloh hech narsani unutguvchi emas”. So‘ng ushbu oyatni tilovat qildi:  وَمَا كَانَ رَبُّكَ نَسِيًّا “Robbingiz unutguvchi emas” [19:64]. Bu hadisni Bazzor chiqargan. Bayhaqiy Abu Sa’laba yo‘lidan chiqargan hadisda Nabiy(s.a.v)  shunday dedi:

إِنَّ اللَّهَ فَرَضَ فَرَائِضَ فَلاَ تُضَيِّعُوهَا، وَحَدَّ حُدُوداً فُلاُ تَعْتَدُوهَا، وَنَهَى عَنْ أَشْيَاءَ

 فَلاَ تَنْتَهِكُوهَا، وَسَكَتَ عَنْ أَشْيَاءَ رُخْصَةً لَكُمْ لَيْسَ بِنِسْيَانٍ فَلاَ تَبْحَثُوا عَنْهَا

“Alloh  bir qancha farzlarni farz qildi, ularni zoe qilmanglar va ba’zi hadlarni belgilab qo‘ydi, ular tomon o‘tmanglar va ba’zi narsalardan  nahi qildi, ularga yaqinlashmanlar va ba’zi narsalardan, unutib emas, sizlar uchun ruxsat deb, sukut qildi. Bas ularga kirishmang”. Albatta, bu hadislar bir tomondan ohod xabarlar bo‘lib, qat’iy nassga zid kelolmaydi. Ikkinchi jihatdan esa, ushbu hadislar bu erda shariat bayon qilmagan narsalar ham mavjudligini anglatmaydi. Balki Alloh Taolo bizga rahmat qilib, harom qilmagan va ulardan avf etib,  harom qilishdan sukut qilgan ba’zi narsalar borligiga dalil bo‘ladi. Chunki bu hadislarning mavzusi, ularning hukmlarini bayon qilishdan sukut qilish emas, balki ularni harom qilishdan sukut qilishdir. Ularni harom qilishdan sukut qilish degani bayon qilmagan har bir narsa uchun mubohlik hukmini berish degani emas.  Balki bu sukut qilish, shore’ tomonidan harom qilishdan sukut qilishdir. Harom qilishdan sukut qilish degani esa, halol degan ma’noni bildirib, unga vojib, mandub, muboh va makruxlar kiradi va u faqat undan sukut qilgan mavzu’lardagi narsalarga mos keladi, bayon qilmagan har qanday narsaga emas. Ushbu hadislar nassining dalolatidagi va u haqda kelgan boshqa hadislar dalolatidagi ba’zi narsalardan avf etish hadislarining ma’nosi Alloh Taoloning ushbu so‘ziga o‘xshaydi:

  عَفَا اللَّهُ عَنْكَ “Alloh sizni afv qildi”. [9:43]

Bu ma’no esa, harom qilinmagan narsa haqida savol berib, natijada harom bo‘lib qolishdan ehtiyot qilishdir. Ibn Abbos (r.a.)dan  rivoyat qilinadi: “Qur’onda zikr qilinmagan narsa, Alloh avf etgan narsalardandir”. Buni Shotibiy “muvafaqot”da zikr qilgan. Ibn Shayba “musnaf”ida rivoyat qildiki, “Ibrohim Ibn Sa’d  Ibn Abbosdan:  Ahli zimma mollaridan nima olinadi? – deb so‘radi. U: avf – dedi”. Tabariy “tafsir”ida,  Ubay Ibn Umayrdan rivoyat qiladi: “Alloh Ta’olo halol qildi va harom qildi. Nimani halol qilgan bo‘lsa uni halol deb bilinglar va nimani harom qilgan bo‘lsa undan uzoq bo‘linglar. Ba’zi narsalarni halol ham qilmadi, harom ham qilmadi. Bu Alloh tomonidan avfdir”. Asos zimmaning pokligi – hukmiga binoan Nabiy (s.a.v.) hukmi nozil bo‘lmagan narsa haqida ko‘p savol berilishini yoqtirmas edi. Bu ham o‘sha ma’noni anglatadi. Uning ma’nosi, asos zimmaning pokligi bilan hukmi zikr qilinmagan amallar avf qilingandir.  Nabiy (s.a.v) dedi:

«إِنَّ أَعْظَمَ الْمُسْلِمِينَ فِي الْمُسْلِمِينَ جُرْمًا، مَنْ سَأَلَ عَنْ شَيْءٍ لَمْ يُحَرَّمْ عَلَى الْمُسْلِمِينَ، فَحُرِّمَ عَلَيْهِمْ مِنْ أَجْلِ مَسْأَلَتِهِ»

“Musulmonlarni musulmonlarga nisbatan eng og‘ir jinoyatichisi musulmonlarga harom qilinmagan narsa haqida so‘rab, shu so‘rashlik natijasida ularga harom bo‘lishiga sabab bo‘lgan kimsadir”. Muslim rivoyati. Dedi:

«ذَرُونِي مَا تَرَكْـتُـكُـمْ، فَإِنَّـمَـا هَلَكَ مَنْ كَانَ قَبْلَكُمْ بِكَثْرَةِ سُؤَالِهِمْ، وَاخْتِلاَفِهِمْ عَلَى أَنْبِيَائِهِمْ. مَـا نَهَيْتُكُمْ عَنْهُ فَانْتَهُوا، وَمَا أَمَرْتُكُمْ فَأْتُوا مِنْهُ مَا اسْتَطَعْتُمْ»

“Modomiki, sizlarni tek qo‘yar ekanman meni tinch qo‘yinglar. Chunki sizlardan oldingilar ko‘p savol berganliklari va payg‘ambarlariga ixtilof qilganlari sababli halok bo‘ldilar. Sizlarni nimadan qaytargan bo‘lsam, bas undan qaytinglar, nimaga buyurgan bo‘lsam, undan kuchinglar etganicha qilinglar”. Ahmad rivoyati. Muslim va Axmad  Abu Hurayradan rivoyat qiladi: Rosululloh(s.a.v) bizga xitob qilib shunday dedi:

«أَيُّـهَـا النَّاسُ، قَدْ فَرَضَ اللَّهُ عَلَيْكُمْ الْحَجَّ فَحُجُّوا»

“Ey insonlar, Alloh  sizlarga xajni farz qildi, xaj qilinglar”. Shunda bir kishi: har yilimi ey Rosululloh? – deb so‘radi. Payg‘ambar(s.a.v) sukut qildilar. Hatto u savolini uch marta qaytardi. Shunda  Rosululloh (s.a.v) dedi:

«لَوْ قُلْتُ نَعَمْ لَوَجَبَتْ، وَلَمَا اسْتَطَعْتُمْ» ثـُمَّ قَالَ: «ذَرُونِي مَا تَرَكْتُكُمْ».

“Agar ha desam, vojib bo‘lib qoladi va sizlar qodir bo‘lmay qolasiz”. So‘ng: “Modomiki, sizlarni tek qo‘yar ekanman meni tinch qo‘yinglar”– dedi. Bularni barchasi shunga dalil bo‘ladiki, “ سَكَتَ عَنْ اَشْيَاءَ”  “Ba’zi narsalardan sukut qildi” degan so‘zidan murod ularni harom qilmadi, deganidir. Bu “ذَرُونِى ما تَرَكْتُكُمْ ” “Modomiki, sizlarni tek qo‘yar ekanman meni tinch qo‘yinglar”degan hadisdagi kabidir.  Yana    “عَفَا عَن اَشْيَاء” “ba’zi narsalarni avf qildi” ya’ni ulardan o‘tdi, ularni harom qilmadi, degan rivoyat ham shuni ko‘rsatadi.  Shunga ko‘ra  “سَكَتَ عَنْ اَشْيَاءَ  وَ ” “ba’zi narsalardan sukut qildi” yoki    “  وَما سَكَتَ عَنْهُ فَهُوَ عَفْوٌ” “nimadan sukut qilgan bo‘lsa, bas u avfdir”, degan so‘zlarining ma’nosi: bandalarning ba’zi amallarini hukmini bayon qilmadi, degani emas.  Balki uning ma’nosi, sizlarga rahmat qilib u narsalarni harom qilmadi deganidir. Sukut hukmi ostiga kiruvchi muayyan narsalarni Shore’ harom qilmagan ekan, demak ular harom bo‘lmaydi, ularning hukmi haloldir. Demak, bu masala ba’zi narsalarning hukmlarini bayon qilmaslikka emas, balki, Shore’ning ba’zi narsalarni harom qilishdan sukut qilishiga aloqadordir.

Bu hadisning ma’nosi jihatidan, ammo, hadisni shariatning hukmi haqida kelishi jihatidan olsak, albatta, mukallaflarning mukallaf degan sifatidagi amallari yo bu amallarning barchasi talab qilish (farz-vojib, harom-makruh, sunnat-mandub kilish) yoki ixtiyor berish (muboh qilish) xitobi bo‘lgan taklif xitobi ostiga kiradi yoki hammasi kirmaydi. Agar barchasi taklif xitobi ostiga kirsa, ular taklif xitobi ostiga kirganligi uchun ularga shariatda hukmi bo‘lishi zarur. Agar insonning barcha amallari taklif xitobi ostiga kirmasa, garchi biror vaqt yoki qandaydir holatda bo‘lsa ham ba’zi mukallaflar (o‘sha vaqtda yoki o‘sha holatda) bu xitobning hukmidan chiqishi lozim bo‘lib qoladi. Bu esa  asosidan botildir. Chunki, agar biz uni mukallaf deb faraz qilsak, uni xitobdan tashqari chiqishi to‘g‘ri emas. Agar mukallaf emas deb faraz qilsak, bu botil farazdir. Chunki taklif xitobi umumiy bo‘lganligidan taklif umumiy bo‘lib, barcha holat va barcha vaqtni o‘z ichiga oladi. Shunga ko‘ra Pag‘ambar (a.s.)ning سَكَتَ عَنْ اَشْيَاءَ وَ “ba’zi narsalardan sukut qildi” degan so‘zi – qandaydir shaxs biror holatda yoki qanchadir vaqtda bo‘lsa ham mukallaf bo‘lmay qolganligidan – o‘sha narsalarni hukmini bayon qilmaganligini anglatishi mumkin emas. Demak, bu hadis uchun “Ba’zi narsalarni harom qilishdan sukut qildi”, degan ma’nosidan boshqa ma’nosi qolmaydi. Shunga ko‘ra, insonni shariat bayon qilmagan qaysidir amali mavjud ekaniga mazkur hadis dalil bo‘lmaydi. Demak, uni dalil qilib keltirish noo‘rin. Bu bilan  “Insonni amallaridagi asos Allohning hukmiga bog‘lanish”  degan shar’iy qoida ta’kidlanadi. Shuning uchun, qanday amal bo‘lmasin, musulmon uchun o‘sha amal haqidagi Shore’ning xitobidan Allohning hukmini bilgandan keyingina unga kirishishi mumkin bo‘ladi. Mubohlik shar’iy hukmlardan bir hukmdir. Shuning uchun shariat tomonidan unga dalil bo‘lishi zarur. Biror amal haqida shariatning bayoni yo‘qligi o‘sha narsani mubohligiga dalil bo‘lmaydi, balki shariatni noqisligiga dalil bo‘ladi. Holbuki, har qanday amalni mubohligiga dalil Shore’ni ixtiyor berishiga oid nassini keltirishdir.

Bular amallarga nisbatan.  Ammo amallarga taalluqlik bo‘lgan narsalarga nisbatan esa, modomiki harom qilish dalili kelmagan bo‘lsa, ulardagi asos mubohlik. Demak, narsadagi asos mubohlik. Haromligiga shar’iy dalil kelmasdan hech narsa harom bo‘lmaydi, chunki shar’iy nususlar barcha narsalarni muboh qilgan va bu nususlar umumiy bo‘lib, hamma narsani o‘z ichiga oladi. Alloh Taolo aytadi:

أَلَمْ تَرَى أَنَّ اللَّهَ سَخَّرَ لَكُمْ مَا فِي الْأَرْضِ

“Alloh sizlarga erdagi narsalarni  bo‘ysundirib qo‘yganini  ko‘rmadingizmi?!” [22:65].

Allohni, erdagi barcha narsani insonga bo‘ysundirib qo‘yishining ma’nosi, undagi barcha narsani muboh qilganidir.  Alloh Taolo dedi:

يَاأَيُّهَا النَّاسُ كُلُوا مِمَّا فِي الْأَرْضِ حَلَالًا طَيِّبًا

“Ey odamlar, halol-pok holda erdagi narsalardan englar”. [2:168]

Yana dedi:

يَابَنِي آدَمَ خُذُوا زِينَتَكُمْ عِنْدَ كُلِّ مَسْجِدٍ وَكُلُوا وَاشْرَبُوا

“Ey Odam bolalari, har bir sajda chog‘ida ziynatlaningiz (ya’ni toza libosda bo‘lingiz) hamda (xohlaganingizcha) eb-ichaveringlar”.  [7:31]

Yana dedi:

هُوَ الَّذِي جَعَلَ لَكُمْ الْأَرْضَ ذَلُولًا فَامْشُوا فِي مَنَاكِبِهَا وَكُلُوا مِنْ رِزْقِهِ

“U (Alloh) sizlar uchun erni xokisor-bo‘ysunguvchi qilib qo‘ygan zotdir. Bas, (er)ning har tomonida (sayr-sayohat qilib yo tijorat bilan, yoki dehqonchilikni kasb qilib) yuraveringlar va (Allohning bergan) rizq-ro‘zidan englar”. [67:15]

Narsalarning mubohligi haqida kelgan shu kabi barcha oyatlar umumiy bo‘lib kelgan. Ularning umumiyligi hamma narsalarni mubohligiga dalil bo‘ladi. Narsalarning hammasini mubohligi Shore’ning umumiy xitobi bilan kelgan ekan, ularninig mubohligini dalili, barcha narsani muboh qilib kelgan shar’iy nususlardir. Agar biror narsa harom qilinsa, shu narsani umumiy mubohlikdan istisno qilishga dalil bo‘ladigan xoslovchi nass bo‘lishi zarur.  Shundan narsalardagi asos mubohlik bo‘ldi. Shuning uchun shariat narsalarni harom qilgan vaqtda, shu umumiylikdan istisno qilib, ana shu narsalarni aynan o‘ziga nass keltirganini ko‘ramiz. Masalan: Alloh Ta’olo dedi:

حُرِّمَتْ عَلَيْكُمْ الْمَيْتَةُ وَالدَّمُ وَلَحْمُ الْخِنزِيرِ

 “Sizlarga o‘laksa, qon, to‘ng‘iz go‘shti harom qilindi”.[5:3]

Rosululloh(s.a.v) dedi:«حُرِّمَتِ الْخَمْرَةُ لِعَيْنِهَا» “Aroq, aynan aroqligi uchun harom qilindi”. Mabsut Ibn Abbosdan zikr qildi. Shuning uchun shariat ba’zi narsalarni haromligi xaqida keltirgan nass yuqorida zikr qilingan nasslarning umumiyligidan istisno qilingan bo‘lib, asosning aksi bo‘ladi. Asos barcha narsani mubohligi edi.

Bu o‘rinda har qanday narsani bandaning amalidan, uning hukmidan ajratish mumkin emas, balki uning hukmi shu amalining hukmiga bog‘liq, shuning uchun bu narsa ham o‘sha amalning hukmini oladi, deyish noto‘g‘ri. Chunki, narsalar garchi bandalarning amallariga aloqador bo‘lsalar ham, bu narsalarning dalili bandalarning amallarining hukmi bayonida kelgan bo‘lsa ham, lekin, banda amalining dalili, o‘sha narsaga taqqoslansa – narsaning banda amaliga aloqador holatida – faqat ikki hil hukmni bayon qilgan. Uchinchi hukm yo‘q; mubohlik va haromlikni bayon qilgan, narsaga nisbatan bu ikkisidan boshqa narsa mutloqo bayon qilmagan. Shu sababli, narsaning hukmida vojib yoki mandub degan hukm yuq. Ularning hukmi faqat mubohlik va haromlikka cheklanadi. Shu jihatdan narsa banda amalidan farq qiladi. Demak, narsa, garchi uning dalili banda amalining hukmida kelgan bo‘lsa ham, biroq, u amalning hukmini olmaydi. Boshqa jihatdan qaralganda, mubohlik dalilidagi umumlik va haromlik dalilida muayyan narsani ta’yin qilish: mubohlikni barcha narsalar uchun umumiy ekanligini va harom qiluvchi nass mana shu narsagagina xos ekanligini bildiradi. Shuning bilan narsalarning hukmi asos tomonidan ham, ular sifatlanadigan ahkomlar tomonidan ham amallarning hukmidan farq qiladi. Demak, narsalardagi asos – modomiki harom qiluvchi dalil kelmasa – mubohlikdir. Amallardagi asos esa, shar’iy hukmga bog‘lanish bo‘lib, narsalar amallardan farqli ravishda, faqat halol va harom bilan sifatlanadi. Shore’ning bandalarning amallariga aloqador xitobi ikkki qismga: taklif xitobiga va vaz’ xitobiga bo‘linadi. Taklif xitobi besh qismga bo‘linadi: ular farz, mandub, harom, makruh va mubohdir. Vaz’ xitobi ham besh qismga bo‘linadi: ular 1. Sabab. 2. Shart. 3. Mone’. 4. sihhat yo botil yo fasod. 5. Azima yo ruxsatdan iborat.

Hullas, sayyidimiz Muhammad(s.a.v) butun bashariyatga payg‘ambar etib yuborilgan ekan, demak, ba’zi amal yoki biror narsaning hukmi bo‘lmasligi mumkin deb bo‘lmaydi. Shariatdan dalili bo‘lmasa ham ba’zi amalning yoki biror narsaning hukmi bo‘lishi mumkin ham deb bo‘lmaydi. Chunki, hukm Shore’ning xitobidir. Muboh ham shar’iy hukm bo‘lib, Shore’ning bandalar amallarida ixtiyor berishga ta’alluqli xitobi bo‘lganligidan, Shore’  hukmini bayon qilmagan narsalar bor deb da’vo qilish  Qur’on bayon qilmagan narsalar ham bor, shariat noqisdir degan ma’noni bildirganidan Shariat hukmini bayon qilmagan xamma narsa muboh deb ham bo‘lmaydi. Qur’onni subuti ham, dalolati ham qat’iy bo‘lgan oyatlariga zid bo‘lganligi uchun bunday deyish joiz emas.  Shunga ko‘ra, inson tomonidan sodir bo‘ladigan har qanday amalga, amaliga ta’alluqli bo‘lgan har qaysi narsaga, albatta, shariatda hukm o‘rni bor va shariat kelishidan avval hech qanday hukm yo‘q bo‘lganligi uchun har qanday hukm Shore’ning xitobi tomonidan unga dalil mavjud bo‘lganidan keyingina bo‘ladi. Demak, payg‘ambar yuborilishidan avval hech qanday hukm yo‘q va payg‘ambar yuborilgandan keyin esa, hukm  faqat shu payg‘ambar keltirgan risolat tomonidan o‘sha hukmga bo‘lgan dalil bilangina bo‘ladi. Shuning uchun omiylar har qanday amalga yoki biror narsaga mujtahidning shar’iy dalillardan olgan xukmi asosidagina hukm aytishi mumkin.              

G‘arib Muslim

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.