«Realist bo‘l» deyishdan murod nima?

477
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

«Realist bo‘l» deyishdan murod nima?

«Realist bo‘l», degan gapni ko‘pchilik oddiy musulmonlar, islomiy harakat etakchilari va a’zolari ko‘p gapirishadi! Bu gapni gapirayotgan va unga targ‘ib qilayotganlar bu so‘zdan voqelikka itoat qil va mavjud vaziyatga rozi bo‘l, bu voqelikning buzuqligi yaqqol ko‘rinib tursa ham, mavjud vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilma, urinma, degan narsani nazarda tutishadi.

Ulardan birortasini uyg‘onishga va yangi voqelik yaratish uchun harakat qilishga da’vat qilar ekanmiz, yashayotganimiz bu buzuq voqelikni va qiynalayotganimiz badbaxt hayotni o‘zgartirish o‘rniga «realist bo‘l» deyayotgan kimsaga haqiqatni tushuntirish uchun biz musulmon sifatida o‘zimiz harakat qilishimizga to‘g‘ri kelyapti. Bundan tashqari, hayotning barcha sohasida va barcha darajada bizni iskanjaga olgan bu buzuq voqelikdan bizni sug‘urib oladigan buyuk aqidamizdan balqib chiquvchi siyosiy loyihani ham unga taklif qilishimizga ham to‘g‘ri kelyapti. U bo‘lsa bizga sovuq javob qilyapti, hatto butunlay zulmatda qotib-adashib qolgan holda bizga «realist bo‘l», demoqda! Ya’ni, shu ahvolingda qol, shu voqeligingga ko‘n, tubdan uyg‘onish va o‘zgartishga harakat qilaman deb o‘zingni azob-uqubatga solma, agar o‘zgarishni istayotgan bo‘lsang, buning qiyinchilik eri yo‘q, ana, yashayotgan voqeligingga mos keladigan echimni qidirib topishing mumkin, o‘zingni ham, xalqingni ham, yurtingni ham, oilangni ham shuncha mashaqqatlarga solib nima qilasan, shuncha qon to‘kib, qurbon berishga ne hojat, deyapti!

«Realist bo‘l» iborasi Rosululloh ﷺ va barcha ashobi kirom roziyallohu anhular hayotiga ziddir. Eslang, Rosululloh ﷺ odamlar yashayotgan kufr va buzuq hayotni islomiy voqelikka o‘zgartirishga harakat qildilar. Ularni Alloh Subhanahu va Taoloning shariatiga muvofiq barchalarini taraqqiy toptirib, baxtli qiladigan, kuch-qudratga erishtiradigan, shu orqali Robbilari rozi bo‘ladigan voqelikka o‘zgartirishga urindilar.

أَفَمَن يَمْشِي مُكِبّاً عَلَى وَجْهِهِ أَهْدَى أَمَّن يَمْشِي سَوِيّاً عَلَى صِرَاطٍ مُّسْتَقِيمٍ

«Axir yuz tuban (ya’ni oyog‘ining ostidan narini ko‘rmasdan) yuradigan kimsa Haq yo‘lni topguvchiroqmi yoki qaddi rost holida To‘g‘ri Yo‘lda yuradigan kishimi?!» [Mulk 22]

Rosululloh ﷺning o‘zgarish yasamasligi uchun Quraysh ul zotga turli echimlar taklif qildi, targ‘ibu tahdidlar yo‘liga o‘tdi, ammo Rosuli akram Alloh Taolo buyurgani uchun o‘sha buzuq voqelikni o‘zgartirishdan hamda uni Robbul olamin rozi bo‘ladigan o‘xshashi yo‘q hayot tarziga almashtirishdan o‘zga narsaga ko‘nmadilar. Natijada, Alloh Taolo ul zotni Madinai Munavvarada ilk Islom davlatini barpo etish ne’mati bilan siyladi. Bu davlat tez orada butun er yuzini Islom ahkomlari va hokimiyati bilan o‘zgartirdi.

«Realist bo‘l» iborasidan murod, hafsalangizni pir qilish, tushkunlikka tushirish, buzuqlik va buzg‘unchilikka rozi qilish, demakdirki, bularning hech biri Robbingiz Taboraka va Taoloni rozi qilmaydi.

«Realist bo‘l» iborasidan murod, uyingda o‘tir va buzuq voqelikni o‘zgartirishga harakat qilma, demakdir. Vaholanki, siz ushbu voqelikdagi zulm va zo‘ravonlikdan azob chekyapsiz.

«Realist bo‘l» iborasidan murod, mustamlakachi kofir G‘arb tomonidan, asosan, kufrning boshi, terrorizmning onasi bo‘lmish salibchi Amerika tomonidan sizga tiqishtirilayotgan siyosiy echimni qabul qil, demakdir. Holbuki, bu echim sizning masalangizni yo‘q qilishga, qo‘zg‘oloningizni bo‘g‘izlashga, boyliklaringizni talon-toroj qilib, istak-irodangizni tortib olishga va o‘zlariga tobe qilishga qaratilgan.

Bas, qo‘zg‘olonga chiqqan bir kishi qanday qilib mana shunday ma’nodagi realist bo‘lishi mumkin, axir, u mustamlakachi kofir G‘arbning yuvindixo‘ri bo‘lmish qonxo‘r zolim rejimga qarshi qo‘zg‘algan bo‘lsa?!

Qanday qilib u realist bo‘lishi mumkin, axir, mana shu rejimni butun arkonu basharalari bilan qo‘shib ag‘darish yo‘lida o‘zining molu jonini qurbon qilgan bo‘lsa?!

Siz ayting: yo‘q u realist emas, realistliging bilan qurib ketlaring, men musulmon yurtlaridagi mavjud malay rejimlarni ag‘darish uchun bu voqelikni o‘zgartirishga albatta harakat qilaman. Samo va zamin ahli rozi bo‘ladigan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish uchun xolis faoliyat qilayotganlar bilan bor imkoniyatim bilan albatta faoliyat qilaman. Zero, Alloh Taolo bunday dedi:

وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُم فِي الأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَى لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّن بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْناً يَعْبُدُونَنِي لا يُشْرِكُونَ بِي شَيْئاً

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o‘tgan zotlarni (er yuziga) xalifa-hukmron qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O‘zi rozi bo‘lgan (Islom) dinini g‘olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so‘ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo‘yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar» [Nur 55]

Roya gazetasining 2020 yil 26 avgust chorshanba kungi 301-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.