بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Respublika tuzumi emas, balki Xalifalik tuzumi boshimizdagi soyabon va ko‘zlarimiz quvonchidir
Turkiyada chiqadigan «Garchek hayat» (Haqiqiy hayot) nomli jurnalda Islomiy Xalifalikni barpo etishga da’vat qildi va «hozir bo‘lmasa, qachon?, sen bo‘lmasang, kim?», degan savollar o‘rtaga tashlanib, «Xalifalikni barpo etishga harakat qiling», deya xitob qilindi.
Bu da’vat musulmonlarning real orzu-umidlarini, haqiqatdan ham hayotlarida Islomning tatbiq etilishini istayotganlarini, qonlarida imoniy his-tuyg‘u jo‘sh urayotganini ifodaladi. Shuningdek, barcha musulmonlarni o‘z bag‘rida birlashtiruvchi Islomiy Xalifalik e’lon etilishiga, islomiy aqidadan balqib chiqadigan shar’iy ahkomlar soyasida yashashga, bu ahkomlarning Islom davlatida xalifa tomonidan tatbiq etilishiga ularning juda intiq ekanliklarini ko‘rsatdi.
Oddiy qilib aytganda, bu kuchli jamoatchilik fikrining chinakam ifodasi bo‘lib, undan dunyoning har burchagida yashovchi Islom Ummatining ushbu buyuk farzning barpo etilishini qattiq orzu qilayotgani ko‘rinib turibdi.
To‘g‘ri, bu da’vat Ayo Sofiyani qayta masjidga aylantirish ortidanoq Erdoganning Adolat va Taraqqiyot partiyasiga qarashli jurnalda chiqqan bo‘lsa-da, biroq u Erdoganga ham, uning partiyasiga ham yoqmadi. Darhol ayni partiyaning matbuot voizi Amr Chelik chiqib, uyalmay ilmoniy respublikani himoya qildi, yuzsizlik bilan Islomiy Xalifalikni rad qilib, bunday so‘zlarni aytdi: «Turkiya demokratik ilmoniy davlat, qonun davlatidir. Xalifalikka da’vat qilish bilan qasddan siyosiy tarafkashlik qilish noto‘g‘ri. Respublika tuzumi o‘zining barcha xususiyati bilan bizning ko‘zlarimiz quvonchidir. Turkiya kelajakka bugungi mushtarak qadriyatlari bilan qadam tashlamog‘i kerak, biz siyosiy tarafkashlikka ergashib ketib qolmasligimiz lozim. Chunki respublika tuzumi amalda mavjud, u erdagi mohir rahbariyat o‘z xalqi maqsadlarini ro‘yobga chiqarishi zarur».
Hukmron partiyaning ushbu rasmiy bayonotidan turk rejimining Xalifalik tuzumiga va shariat ahkomlari tatbiqiga keskin qat’iy qarshi ekanligi hamda ilmoniylikning va kamolchilarning Islomga zid respublika tuzumining qat’iy tarafdori ekanligi ochiq ko‘rinib turibdi. Demak, Ayo Sofiyani qayta masjidga aylantirish, garchi tuyg‘ulari Islomga to‘lib-toshgan musulmonlarda Xalifalikni qayta barpo etilishiga va Aqso masjidini ozod etilishiga bo‘lgan istak-xohishni qo‘zg‘agan esa-da, biroq aslida bundan boshqa narsa qasd etilgan. Ya’ni, bu yaqinlashib kelayotgan saylovlar sababli Turkiyadagi musulmonlar tuyg‘usini qitiqlash, xolos.
Xalq qo‘llovidan yiroq bunday bayonot Xalifalik tushunchasiga zarba berishga va uni xalqni bo‘luvchi siyosiy tarafkashlik, deya tasvirlashga, Respublika boshqaruvini esa, turk davlati boshidagi yagona soyabon qilib ko‘rsatishga qaratildi. Hukmron partiyaning bu bayonotidan Xalifalik ham, shariat ham, aqida ham kerakmas, yashasin millatchilik, ilmoniylik va inson yaratgan qonunchilik, degan ma’no yaqqol ko‘rinib turibdi.
Bu bayonotda kufr qonunlarini tatbiq etishga, Islom ahkomlarini yanada uzoqlashtirishga yuzsizlarcha ochiq chaqirilmoqda. Unda dinni hayotdan ajratgan, qonun tuzishni har narsadan xabardor va bilguvchi Allohning o‘rniga xalqqa berib qo‘ygan ilmoniy respublika boshqaruviga tashviqot qilinmoqda. Shu bilan birga, bu bayonot Islomning Xalifalik davlatiga bog‘liqligini rad etib, shariat ahkomlarini surbetlik bilan inkor etishni va qonunlar ishlab chiqish huquqini Robbul olaminga emas, insonga berishni anglatadi.
Har bir musulmon, har bir turk bunday bayonotni qabih sanab, rad etmog‘i lozim. Hamda musulmonlar ko‘zlarining quvonchi Xalifalik boshqaruvi ekanini, respublika boshqaruvi emasligini e’lon etmog‘i, Xalifalik farzlarning toji bo‘lib, butun Islom ahkomlari tatbiqi unga bog‘liqligini, arabu turk va boshqa barcha musulmon xalqlar Xalifalikni guvohi bo‘lsalar ko‘zlari quvnab, dillari yashnashini baralla aytmoqlari darkor. Chunki bu Islom aqidasidan balqib chiqqan islomiy tushuncha bo‘lib, islomiy siyosat madaniyatining asosi sanaladi. Musulmonlar qalbining to‘ridan joy olgan ushbu Xalifalik mafkurasi Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali roziyallohu anhular Xalifaligining tabiiy davomchisidir. Musulmonlarning aksar qismi Xalifalik tuzumi qaytishini qattiq xohlaydilar. Shuning uchun ular bor kuchlarini qariyb yuz yildan beri to‘xtab qolgan islomiy hayotni qayta boshlash uchun roshid Xalifalikni barpo etishga sarflamoqlari zarur.
Ha, musulmonlar boshidagi soyabon va ko‘zlarining quvonchi Islomga dushman, mustamlakachi kofir G‘arbga do‘st bo‘lgan ilmoniy respublika tuzumi emas, balki Xalifalik tuzumidir. Faqat Xalifalik bilan musulmon xalqlar birlashib, etakchilik tizginini o‘z qo‘llariga oladilar va bu xalqlar o‘zga alьternativaga hargiz rozi bo‘lmaydilar.
Roya gazetasining 2020 yil 12 avgust chorshanba kungi 299-sonidan