Falastinga xiyonat qilgan kimsaning o‘zi qanday qilib Amirliklarni Falastinga xiyonat qilganini qoralaydi?!

356
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Falastinga xiyonat qilgan kimsaning o‘zi qanday qilib Amirliklarni Falastinga xiyonat qilganini qoralaydi?!

Onado‘li axborot agentligi veb-saytining (hijriy 1441 yil 24 zulhijja, milodiy 2020 yil 14 avgust juma kuni) nashr qilgan xabarida bunday deyiladi:

«Amirliklar «Isroil» bilan munosabatlarini normallashtirganini e’lon qilgandan so‘ng Rajab Toyyib Erdogan Turkiyaning Amirliklar bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatishi yoki Abu-Dabidagi elchisini chaqirib olishi mumkinligini aytdi.

«Aftidan, Falastin Abu Dabidagi elchixonasini yopish yoki elchisini chaqirib olish arafasida. Xuddi shu narsa bizga ham tegishli», dedi Istanbulda juma namozini ado etishi ortidan Erdogan.

U yana qo‘shimcha qildi: «Men ham Tashqi ishlar vazirim (Mavlud Chovusho‘g‘li)ga ko‘rsatma berib, unga biz Abu Dabi bilan xususan diplomatik munosabatlarimizni to‘xtatish yoki elchimizni chaqirib olish kabi qadamni tashlashimiz mumkinligini aytdim».

«Chunki biz Falastin xalqi tomonidamiz va Falastinni hech kimga bermaganmiz va bermaymiz ham», dedi Erdogan».

Roya gazetasi sharhi:

Erdoganning bu bayonotlari g‘oyat yuzsizlik emasmi?! Axir, Falastinga xiyonat qilgan bir kimsa qanday qilib Amirliklarning xiyonatini qoralashi mumkin. Turkiyaning xiyonatini aytadigan bo‘lsak, birinchi bo‘lib yahudiy vujudini davlat sifatida tan olgan va u bilan munosabatlar o‘rnatgan davlatlardan biri Turkiyadir. Uning Tel-Avivda elchixonasi bor, ikki davlat o‘rtasida uzilmas harbiy hamkorlik rishtalari mavjud.

Erdogan odamlarni bundan ham ko‘proq adashtirish maqsadida «Chunki biz Falastin xalqi tomonidamiz va Falastinni hech kimga bermaganmiz va bermaymiz ham», dedi. Vaholanki, u ham, boshqa musulmon yurtlari hukmdorlari ham o‘nlab yillardan buyon Falastinni bosqinchilarga em qilib berib kelishyapti. Hatto bu Erdogan Turkiyasi G‘azo qamalini buzib o‘tishga uringan Marmara kemasi bortidagi olti turkning yahudiylar tomonidan o‘ldirilganiga hech qanday javob qaytargani yo‘q.

Roya gazetasining 2020 yil 19 avgust chorshanba kungi 300-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.