Barcha partiyalar “Qirg‘izistonni buyuk davlat qilishga” va’da berishyapti

348
0

Barcha partiyalar “Qirg‘izistonni buyuk davlat qilishga” va’da berishyapti

Parlament sayloviga otlangan partiyalar “Qirg‘izistonni siyosiy va iqtisodiy rivojlantirib yuborishga” va’da berishyapti. Tashviqot olib borayotgan siyosatchilarning deyarli hammasi sobiq deputat, davlat arbobi yoki sobiq amaldagi siyosiy mas’ul xodimlar bo‘lishgan. Yillar mobaynida amalda siyosat olib borib turganlarida amalga oshira olmagan maqsadlariga endi erishar emish! Xalqaro siyosatni mahalliy siyosatimizga bog‘lay olmagan bu so‘qir siyosatchilar o‘zlarini ham, bizni ham, yana aldamoqchi bo‘lishyapti.

Xalqaro siyosat ta’siri ostidagi olamiy boshqaruv sistemasi bizni rivojlanishimizga yo‘l bermaydi. Xalqaro ta’sir quvvatiga ega bo‘lgan kuchli davlatlar BMT, Evro Osiyo ittifoqi, singari olamiy tashkilotlar vositasida bizni siyosiy va iqtisodiy qaram qilishsa, NATO, ODKB, singari olamiy bloglar bilan harbiy mustamlaka qilib, zaif holatda ushlab turishadi. Kapitalizmga asoslangan mavjud olamiy global boshqaruv sistemasi mavjud ekan va biz uning ta’siri ostida siyosat olib borar ekanmiz, mustaqillik, farovvonlik haqida gapirish populizmdan boshqa narsa emas!

Partiyalar shu olamiy quvvatlarning birortasini norozi qilib qo‘yishdan qo‘rqishadi. Demak siyosatchilarimiz, mamlakat manfaatlarini ularning (yirik davlatlar)ning o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash bilan muvozanatni ushlab turish asosida fikr yuritishadi. Aks holda ular tomonidan mamlakat Ukraina, Belorusiyadagi kabi ahvolga keltirilib, iqtisod ham siyosat ham parokanda qilib yuboriladi.

Uchinchi olam mamlakatlarining barchasida ahvol shunday! Xalqaro siyosat o‘zgarmas ekan, Qirg‘iziston davlat rahbariyatiga har qanday kuchli partiya yoki prezident kelmasin ahvol ijobiy tomonga o‘zgarmaydi.

Faqat mabdaiy inqilob bilan islomiy mabdaiy mamlakat barpo qilish orqaligina bu kapitalistik olamiy mabdaiy xalqaro sistema iskanjasidan qutulish mumkin!

Ey siyosatchilar! asossiz, yolg‘on, puch va’dalar berish bilan o‘zimizni ham boshqalarni ham aldashni bas qilaylik!

Abdurazzoq Mo‘’min

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.