Moskvada qirg‘iz-o‘zbek chegarasi masalasi muhokama qilindi

318
0

Moskvada qirg‘iz-o‘zbek chegarasi masalasi muhokama qilindi

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov 9 sentyabrda Moskvada o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulaziz Komilov bilan uchrashdi.

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, ikki davlat vazirlari Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasini demilitatsiya va demarkatsiya ishlarini yakunlash masalasini muhokama qildi.

Uchrashuvda chegaradagi muammolarni hamkorlikda hal etish va iqtisodiy munosabatlar istiqboli haqida ham so‘z bo‘lgan. Uchrashuv Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi yig‘ilishi doirasida o‘tkazildi.

27 avgustda ham Qirg‘iziston Bosh vaziri o‘rinbosari Akram Madumarov Toshkentda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari maqomidagi maslahatchi Mehriddin Hayriddinov bilan chegarani demilitatsiya qilish masalasida muzokara o‘tkazgan edi.

1378 kilometrli Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasining 1170 kilometri, ya’ni 85 foizi aniqlangan. Chegaraning yana 10 foizi yuzasidan kelishuvga erishilgani xabar qilingan. Chegaraning 5 foiz hududi esa hozircha ikki davlat o‘rtasida bahsli bo‘lib qolmoqda.

Tahlil:  “chegaralar muammosi”, xalqaro siyosatda mustamlaka davlatlar o‘rtasida doimiy keskin vaziyatni ushlab turish maqsadida foydalaniladi.

Vaziyatga ko‘ra, ya’ni biror tomonga bosim berish maqsadida yirik mustamlakachi davlatlar, bu davlatlar o‘rtasidagi chegaralarda atayin keskinliklar paydo qilishadi. Keskinlik oqibatida paydo bo‘lgan muammolarni hal qilish maqsadida ichki ishlarimizga aralashishga, harbiy ekspansiya yoki o‘rtalarimizda harbiy bazalar o‘rnatib olishga harakat qilishadi.

Hozirda Rossiya O‘zbekistonni Evroosiyo ittifoqiga kirishiga majburlash maqsadida har tomondan unga bosim o‘tkazib kelyapti. Oxirgi yillarda O‘zbekiston G‘arbga yaqinlashtiradigan bir qancha harakatlarni qila boshlagan edi. AQShning Afg‘oniston orqali tranzit yo‘li ochib berishiga qattiq ishonib, Rossiya bilan aloqalarini sovutib oldi. AQSh oldida Afg‘oniston infrastrukturasini yaxshilash majburiyatini olib, mamlakatga milliardlagan xarajatlar sarfladi. Lekin Afg‘on hukumati bilan Tolibon harakati ittifoqi tuza olmagach, O‘zbekiston davlat iqtisodi noaniq, mubham holda qolmoqda.

O‘zbekiston Xitoydan va AQShga qarashli xalqaro banklardan ulkan qarzlar olib keraksiz tarmoqlarga sarflab boryapti. Rossiya karantin bahonasida O‘zbekistonning deyarli yagona tashqi milliy mahsuloti bo‘lgan ishchi migrantlarini chiqarib yuborib, ularni qayta kirishlariga qattiq cheklovlar qo‘ya boshladi. Rossiyaga mustamlaka davlatlar o‘rtasida qolgan O‘zbekistonning ahvoli qo‘shni davlatlar bilan chegaralarning yopilishi, shuningdek Qozog‘iston va Rossiya orqali tranzit yo‘lidan mahrum bo‘lish bilan krizis holatiga tushadi.

Shuning uchun Rossiya Qirg‘iziston bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqaga aralashib, O‘zbekistonni, mintaqadagi ta’sir quvvati, nufuzidan ogohlantirib qo‘ymoqchi bo‘layapti.

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.