Sisiyga qarshi chiqish qanday bo‘ladi?!

345
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sisiyga qarshi chiqish qanday bo‘ladi?!

Misr krizislariga sababchi Sisiymi?!

Ustoz Said Fazl

Hizb ut-Tahrir – Misr viloyati

matbuot bo‘limi a’zosi

2020 yil 23 iyun payshanba kuni Al-Jazira Mubashir tarqatgan xabarga ko‘ra, Misrdagi xalq muxolafati kampaniyasi Misr etakchilari va armiya zobitlarini Efiopiyaning Nahza suv omborini to‘ldirish uchun birinchi bosqich ishlarini yakunlaganini e’lon qilishi ortidan Nil daryosini himoya qilish uchun prezident Abdulfattoh Sisiyga qarshi harakatga kelishga chaqirgan. Shubhasiz, bu xalqlarni rejimni tub o‘zgartirishdan chalg‘itib, uning boshini o‘zgartirish bilan kifoyalanishga qaratilgan kampaniyadir. «Botil» nomli ayni kampaniyaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida «Misr etakchilari va armiya zobitlarini Nil qo‘ldan ketyapti, endi Misr ham qo‘ldan ketmasidan turib harakatga kelishga chaqiramiz», deyiladi.

Misr rejimi, deganda Sisiy tushunilmaydi, xuddi ilgari ham Husni Muborak tushunilmagani kabi. Sisiyni ag‘darish bilan rejim o‘zgarmaydi, xuddi Muborakni ag‘darish bilan hech narsa o‘zgarmagani kabi. Chunki Sisiy va undan oldingi Misr rahbarlari Amerika siyosatini ijro etuvchi qo‘g‘irchoqlar, xolos. Bu mustamlakachi davlat 1952 yil iyul qo‘zg‘olonidan beri yurtdagi rejim tizginini o‘z qo‘lida ushlab kelmoqda. Rejim biror bir muhim va taqdiriy masalalarda Amerika va uning manfaatlaridan alohida mustaqil o‘zi harakatga kelmagan. Bu masalalarda Misr va uning ahliga zarar etishi ham, hatto ularning halok bo‘lishi ham rejimni tashvishlantirmaydi! Fikrimizcha, Nahza suv omborining qurilishi Amerika manfaatiga xizmat qiladi va bundan yurt va uning ahlini sug‘orayotgan Nil oqimiga hukmronlik qilish orqali Misrni strategik jihatdan zaiflashtirish ko‘zlangan, bunga aslo shubha yo‘q. Rejimning Nil suvlaridagi Misr ulushidan voz kechayotgani Oq uydagi xo‘jayinlari tomonidan chizib berilgan reja bo‘yicha ketyapti. Buni Misr hukmdorlarining Amerika siyosatiga alohida e’tibor qaratib, u bilan aloqa qilayotganlarida ko‘rish mumkin. Agar rejim urushni istasa, uning oloviga yurt farzandlarini yoqilg‘i qilib beradi, xuddi ilagari Yamanda Abdunnosir qilgani kabi hamda Sisiy Liviyada qilmoqchiligini da’vo qilayotgani kabi. Agar tinchlikni istasa, tinchlikni muqaddas strategik tanlovga aylantiradi, xuddi Muborak qilgani, uning ortidan Falastin masalasida Sisiy qilgani kabi.

Aslida, Misr rejimining malayligi uning ko‘tarib yurgan kapitalistik qurollari va mafkurasidadir, rejim boshida emas. Rejimning faqat boshi bo‘lmish Sisiyni o‘zgartirish rejim va uning mafkurasini esa saqlab qolish to‘g‘risidagi gap hech qanday o‘zgarish olib kelmaydigan tuturiqsiz gap. Aksincha, buning oqibati yanada yomonroq bo‘ladi. Axir, Misrda Muborak, Liviyada Qazzofiy, Tunisda Ibn Ali, Yamanda Solih ortidan nimalar bo‘lganini ko‘rdik, ularning hammasida yurt boshi o‘zgartirilgan, rejim va uning mafkurasi hukmron va zo‘ravon holda saqlanib qolaverdi. Demak, jamoatchilik diqqatini rejimning boshiga qaratish juda yovuz maqsaddagi harakatdir. Bundan ko‘zlangan maqsad, kurash va o‘zgartirish harakatlarini kapitalizm doirasida saqlab qolish hamda G‘arbning bu boradagi yutuqlarini Sayks-Piko chegaralarida muhofaza qolishdir. Sayks-Piko chegaralari bilan Ummatning bo‘linishi va qayta birlashmasligi ta’minlanib, xalqaro xartiyalar, ajnabiy kompaniyalar imtiyozlari va shartnomalar saqlanib qolmoqda. Bulardan tashqari, Misrning G‘arbga tobeligi ham, G‘arbning hukmronligi ham saqlanib qolmoqda.

Ma’lumki, G‘arb ilmoniylik doirasida o‘zgartirish qilishga chaqirib, shu ilmoniylikni va ilmoniylarni odamlarga zo‘rlab tiqishtirayotgan ekan, bunday o‘zgartirish chaqirig‘ini aslo qabul qilib bo‘lmaydi. Buning samarasi juda-juda oz bo‘ladi, na bir aytarli o‘zgarishni paydo qila oladi va na xalq qo‘llab-quvvatlovini. Biz buni o‘tgan yillar mobaynida arab bahori qo‘zg‘olonlari ortidan tajribamizdan o‘tkazdik. Bil’aks, butun Ummatning, xususan, Misr ahlining Islomga talpinayotgani, hammaga isbotlandi. Bundan maydonlarda insonlarning ilmoniylik o‘rniga Islomni talab qilganlari ko‘rindi hamda islomiy harakatlar rejimga aldanib, uning ro‘yxatidan joy olgan boshqa «islomiy» harakatlardan saralanib qoldi.

Shundan kelib chiqqan holda, bizning aytar so‘zimiz, o‘zgartirish butun rejim, uning mafkurasi, aqidasi, qonun va qonunchiligini hamda bularni ijro etuvchi basharalarini o‘z ichiga olmog‘i lozim. Ushbu o‘zgartirishni asosan Misr misolida oladigan bo‘lsak, hokimiyatdagi kapitalistik tuzumni butun qonunlari, qonunchiligi, shartnomalari hamda bularni ijro etuvchi malay hukmdorlar va G‘arb bilan aloqa qiluvchi rahbarlardan iborat basharalar darajasida o‘zgarish orqali amalga oshirmoqda lozim. Ya’ni, insonlarga tatbiq qilinadigan tuzum bilan birga shu tuzumni tatbiq qiluvchi rahbarlarni ag‘darmoq va avvalgi rejimdan qayta nusxa ko‘chirilmasligiga alohida e’tibor qaratmoq kerak. Buni amalga oshirishga esa, qo‘llarida Misrni uyg‘otishga qodir hazoriy alьternativ loyihasi bor bo‘lgan hamda kapitalizm doirasidan va Sayks-Piko chegaralaridan tashqarida fikrlaydigan kishilargina qodir bo‘ladi. Boshqacha aytganda, bu Misr va butun Ummatni uyg‘otishga yaroqli olamshumul hazoriy loyiha bo‘lib, Hizb ut-Tahrir uni Ummatning Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik loyihasi sifatida taqdim etmoqda. Zotan, qo‘zg‘olon boshlangan ilk kuniyoq Ummat ayni loyihani qidirdi. Biz bunga shaxsan o‘zimiz tirik guvoh bo‘ldik. O‘shanda televidenie ekranlaridan biz o‘z ko‘zlarimiz bilan ko‘rdik, Yaman shayxi Zindoniy o‘zgartirish maydonidagi qo‘zg‘olonchilarga Xalifalik xushxabarini etkazib, Xalifalik kelayotganini va u Payg‘ambarlik minhojiga asoslanganini, u odamlarni jamlaydigan va qo‘zg‘atadigan omilga aylanayotganini, rejimlar Xalifalikni yomonotliq qilishsa ham, uni va unga chaqirayotganlarni terrorizmda ayblasa ham odamlar Xalifalikdan boshqasiga hargiz tiz cho‘kmasliklarini xabar qildi. Odamlarning Muhammad Alini ozod etish chaqirig‘ini qanday qo‘llab-quvvatlashganini guvohi bo‘ldik. Buning muqobilida, odamlar Ayo Sofiyani qayta masjidga aylanishini naqadar bayram qilganlarini ham ko‘rdik. Ummatning o‘z Islomiga qanchalar bog‘langanlarini, qayta nusrat kirib kelishiga qalblari intiq ekanini guvohi bo‘ldik. Ummatning o‘z Islomiga sodiqligini va kelayotgan yangi nusrat xushxabarini beruvchi umid quyoshining chiqishini kutib turganini uning ko‘tarib chiqqan plakatlarida ko‘rdik. Agar insonlar qarshisida repressiya va qirg‘in mashinasi ishga solinib, Misr rejimi tomonidan shubha holati paydo qilinmaganda edi, har bir yangilikdan yangilik chiqqan bo‘lardi, barcha insonlarning Qohira markazida Ayo Sofiya ochilishini o‘zlarining bayrami qilib nishonlaganlariga guvoh bo‘lgan bo‘lur edik.

Xullas kalom, Islomning Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikda gavdalanuvchi hazoriy loyihasisiz hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Misr armiyasi, zobit va askarlari Sisiy, uning rejimi, tarafdorlari va Oq uydagi xo‘jayinlariga qarshi chiqishlari uchun ularga etkazmoq lozim bo‘lgan narsa mana shu. Yolg‘iz mana shu narsa ularni aniq ag‘darilishiga kafil bo‘ladi, qayta hokimiyatga kelmasliklarini ta’minlaydi. Biz Hizb ut-Tahrir a’zolari qo‘limizdagi ushbu narsalarni Kinona yurti armiyasidagi xolis insonlarga ro‘para qilmoqdamiz. Bu narsalarning barchasi rasmiy saytimizda va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizda joylashtirilgan, istagan inson ularga etisha oladi. Qo‘limizdagi borki har bir yaxshilik faqat o‘zimizning mulkimiz emas. Yo‘q, ularning bari Islom saqofati va fikrlaridir, Ummatning mulkidir. Kim istasa, ulardan o‘z haqqini olishi va uni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik sifatida e’lon etishi mumkin, biz u bilan birgamiz.

Ey Kinona armiyasidagi xolis insonlar!

Umid tulporlari sizlarsiz. Sizning qo‘lingiz bilan o‘lchovlar o‘zgarib, mezonlar almashadi. Agar Sisiy sizga ishonib-xotirjam bo‘lmaganda va siz uni mudofaa qilmaganingizda, jinoyatlariga sukut etmaganingizda edi, u Misr ahliga shuncha zulmlarni qilishga jur’at qilolmasdi. Siz bu bilan uning jinoyatlariga sherik bo‘lyapsiz. Uning sizga berayotgan poralari o‘zingiz loyiq bo‘lgan mol-davlatdan ozdir. Alloh Ummatingiz va diningiz haqida albatta sizdan so‘raydi, bas, javobga hozirlaning. Allohga qasamki, biz sizga o‘limdan oldin va vaqt o‘tib kech bo‘lmasidan turib es-hushingizni yig‘ishni eslatmoqdamiz. Allohga qasamki, sizdan Ummatingiz tomoniga o‘tib, diningiz va aqidangizga nusrat berishingizni so‘rayapmiz. Sizni Mus’abi xayr da’vat qilgandek da’vat qilyapmiz: Yoki bizni eshiting va sizga, ummatingizga etkazayotganimiz narsalarga boqib, uning har bir nuqtalari va tafsilotlarini biz bilan muhokama qilib ko‘ring. Agar unda yaxshilik topsangiz-qabul qilasiz, yomonlik topsangiz-yoqtirmagan narsangizni sizga bermaymiz, biz bilan sizlarning o‘rtamizda Alloh turibdi, Alloh bizga ham sizga ham guvohdir. Allohdan siz uchun so‘rayotganimiz o‘zingiz qabul qilgan diningizdir, namoz va duolaringizda iltijo qilayotganingiz Robbingizdir. Diningizga insof qiling, davlatingizni qaytaring, ushbu davlatingiz diningizni qaytadan voqe va haqiqatda tatbiq qilajak, ana shunda insonlar Allohning diniga to‘p-to‘p bo‘lib kirajaklar, o‘sha kunda barcha insonlar Allohning nusratidan shodlanurlar… ogoh bo‘lingki, Allohning nusrati yaqindir.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَجِيبُواْ لِلّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُم لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

«Ey mo‘minlar, Alloh va Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga da’vat qilar ekan, uni qabul qiling, bilingki, Alloh kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turadi va albatta Uning oldiga yig‘ilajaksiz» [Anfol 24]

Roya gazetasining 2020 yil 5 iyul chorshanba kungi 298-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.