BAA Isroilni tan oldi va o‘rtada telefon aloqasi o‘rnatildi

208
0

BAA Isroilni tan oldi va o‘rtada telefon aloqasi o‘rnatildi

Birlashgan Arab Amirliklari va Isroil to‘laqonli diplomatik aloqalarni o‘rnatgani ortidan 16 avgustdan boshlab ikki davlat o‘rtasida telefon aloqasi o‘rnatildi.

Diplomatik aloqalar o‘rnatilgani ortidan telefon aloqasini ishga tushirish ikki davlat amalga oshirgan birinchi harakat bo‘ldi. 13 avgust kuni BAA Isroilni tan olgan va AQSh vositachiligida Isroil bilan to‘laqonli diplomatik aloqalarni o‘rnatishga kelishib olgan edi.

Tahlil: Islom olami kufr bilan murosa qilish, kelishish va unga tobe holatda yaltoqlanib yashashga ko‘nikib boryapti.

G‘arb olami dunyoda, jumladan islomiy yurtlarda rivojlantirib borayotgan “mo‘’tadil Islom” yo‘nalishi, musulmonlarni kufrga yaqinlashtirib, tobeligini ziyoda qilish asosiga qurilgan. Oxirgi o‘n yillikda mo‘’tadillik yo‘nalishi kufr olami bilan hamkorlikda Islom olamida muayyan o‘rinni egallab borayapti.

“Mo‘’tadil Islom”, kufr loihasi bo‘lib, islomiy yurtlarda buzuq islomiy muhit yaratish maqsadida ishlab chiqildi. Mo‘’tadillik fikrati – Musulmonlarni kufr siyosati ostida yashashga rozi qilish maqsadida, jamiyatda buzuq islomiy urf-omm paydo qiladi. Natijada Musulmonlar jamiyat va ummat manfaatlariga hamda ular ustida yurgizilayotgan kufr siyosatiga loqayd, befarq bo‘lib qoladi. Shundan keyin islomiy yurt etakchilari kufr asosiga qurilgan ichki va tashqi siyosatlarini xotirjam davom ettira olishadi.

Faqat mabdaiy Islomgina yuqoridagi kabi yahudlar bilan aloqani va yana boshqa kufr asosidagi munosabatlarni inkor qiladi va Musulmonlarni unga qarshilik turishga, shuningdek bu aloqalarni shar’iy bo‘lishini talab qilishga chaqiradi. Har qanday davlat o‘z vujudini (boshqaruv tizimini) ummatdan, ya’ni o‘z fuqorolaridan oladi. Bu umumiy qoida bo‘lib, barcha jamiyatlarda shunday.

Demak ustimizdagi yurtboshilarning kufr asosida olib borayotgan barcha aloqalari ummatning ra’yi (dunyoqarashi)ga bog‘liq. Ular olib borayotgan buzuq siyosat uchun ham ummat javobgar. “Mo‘’tadil Islom” ummatni zimmasidagi hokimlarni muhosaba qilish vazifasini his qilishdan uzoqlashtirish maqsadida atayin ishlab chiqildi.

Islom olamining barcha yurtlarida ahvol shunday! Kufr hukm surib, hokimiyatlar barcha aloqalarida kufrni ochiq namoish etishyapti. Bir qator Islom ruhoniylari kufr tomoniga o‘tib olib, odamlarni hokimlarga shukr qilishga chaqirishadi. Ibodatlar hukumat ruxsati bilan olib borilishi kerak deb, Musulmonlarni tarbiyalashadi! Alloh farz qilgan da’vat ishlarini ham, kufrdan ruxsat so‘rab, u chizib bergan chiziq ichida olib borishga cheklashadi! Ummatni siyosatdan ajratib, talon-taroj bo‘lib borayotgan davlat, ummat va shaxslar manfaati himoyasiga kirishishdan qaytarishadi!

Natijada hokimlar kufrga yaltoqlanib, ummat nomidan ular bilan kufr aloqalarini o‘rnatadi. Ummat unga sukut bilan rozi bo‘lib, shartnomalarga rioya qilib boraveradi!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.