Bishkekda DMXX tomonidan “noqonuniy narkotika savdosiga qarshi kurash xizmati”ning a’zolari qo‘lga olindi

315
0

Bishkekda DMXX tomonidan “noqonuniy narkotika savdosiga qarshi kurash xizmati”ning a’zolari qo‘lga olindi

Bishkekda “noqonuniy narkotika savdosiga qarshi kurashish xizmati” bo‘limining 3 nafar xodimlari DMXX tomonidan qo‘lga olindi. Ularni uylaridan tintuv vaqtida 3 kilo oltin va geroin moddasi topilgan. 24 kg.

Organ xizmatchilari bilan 3 nafar oddiy fuqoro ham qo‘lga olingani aytildi. Bu jinoiy to‘da, militsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olinib yo‘q qilinishi kerak bo‘lgan narkotik moddalarni savdosi bilan shug‘ullanganlikda gumon qilinishmoqda.

Izoh:  Qirg‘izistonning deyarli barcha hududida ahvol shunday. Geroin va boshqa giyohvand moddalar sotiladigan joylar va sotayotgan shaxslarning deyarli barchasi organ xizmatchilarining himoyasi ostida. Bu oddiy fuqorolar uchun sir emas, balki oddiy holga aylanib, odamlar bu jinoyatlarga ko‘nikib qolishdi. Farzandlari yoki yaqin odamlari bu dardga giriftor bo‘lgan odamlar hukumat yoki organ xodimlariga arz qilishdan umidlari uzilgan.

Kuch ishlatish salohiyatiga ega organ xodimlari, o‘qituvchilar singari byudjetdan ta’minlanadigan tarmoq vakillari bo‘lib, ular ham, biz fuqorolar xavfsizligimizni ta’minlashlari uchun yollangan xizmatchi tarmoq hisoblanadi. Ya’ni organ xodimlari umumiy yollanuvchilar bo‘lib, davlat vositasida xalq tomonidan yollangan xizmatchilardir.

Lekin Qirg‘izistonda ham, kuch ishlatish salohiyatiga ega xodimlar davlatni fuqorolardan himoya qiluvchi organga aylanib qoldi. Davlat o‘qituvchi va boshqa byudjetga bog‘lik tarmoqlar singari organ xodimlariga ham zulm qilib, maoshlarini oila tebratish darajasidan past belgilab qo‘ydi. Bundan tashqari korruptsiya avjiga chiqib, kuch strukturasi tashkilotlari ichida pastdan yuqoriga qarab muayyan norasmiy solig‘ yig‘iladi. Shuningdek har bir lavozim muayyan miqdorda sotiladi. Bularning barchasi yuqoridagi organ xodimlari ishtirokida jinoiy to‘dalar paydo bo‘lishiga muhit yaratadi.

Oxirgi vaqtda kuch strukturalari davlatdan ajrab alohida o‘z-o‘zicha organ bo‘lib borayotgandek ko‘rinyapti. Ular ustidan yozilayotgan arizalar javobsiz qoldirilyapti. Ular o‘zlarini yollangan xizmatchilar emas, xo‘jayinlardek tutib, noqonuniy harakatlarida javobgarlik sezishmagach, haddilaridan oshib borishyapti. Fuqorolar ular ustidan kimga arz qilishni bilmay umidsizlikka tushib, zulmga qarshi kurashishdan to‘xtab qolishdi. Natijada davlat ularga beetibor bo‘lib, poraxo‘rlik, korruptsiya yo‘llari bilan fuqorolar ustidan iqtisodiy etishmovchiligini to‘ldirib olishlari uchun atayin imkoniyatlar yaratib beryapti. Odamlar o‘g‘ri, qaroqchi to‘dalardan emas, militsiya, sud va barcha organ xodimlaridan xavotirda yashaydigan xavfli muhit paydo bo‘lib qoldi.

Qirg‘iziston davlati saylov oldidan organ xodimlari va jinoiy to‘dalar qo‘lloviga muhtojlik sezadi. Shuning uchun ularga qarshi qonuniy chora tadbirlar ko‘ra olmaydi. Davlatning bu zaifligi fuqorolarni organ xodimlari zulmi ostida qolib ketishiga sabab bo‘lyapti. Hozir xalq ichida organ xodimlari, sud va hukumatga nisbatan ishonch, hamjihatlik, hamkorlik qolmadi, qo‘rquvdan boshqa hech narsa yo‘q!

Jamiyatda jinoyatchilik, korruptsiya va zulmlarga qarshi fuqorolik kurashi, jamoiy ruh (xalq nafrati)ni yo‘qolishi, zulmni kuchaytiradi! Qonun ustivorligining zaiflashishi va kuch organ xodimlarining haddilaridan oshishi hamda siyosat va qonunning ularni jilovlay olmay qolishi davlatchilikni yo‘qotadi.

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.