Qirgʻizistonda “diniy radikallashuv”ning ziyonlarini tushuntirish ishlari olib borilmoqda

521
0

Qirgʻizistonda “diniy radikallashuv”ning ziyonlarini tushuntirish ishlari olib borilmoqda

Qirgʻizistonning Jlolobod viloyatida joylashgan rayon va shaharlarda din olimlari bilan ekspertlar birgalikda mahalliy aholiga “eksrtemizm, terrorizm va radikalizm”ni oldini olish boʻyicha atayin oʻqitish tadbirlarini olib borishyapti. Viloyat militsiya malumot kotibining aytishicha, tadbir Hizb ut-Tahrir, Akromiya va Yaqin inkor diniy jamoalarining faoliyati, ularning noqonuniy harakatlarining jamiyatga aks taʼsiri haqida tushuntirish ishlari olib borish bilan davom etyapti. Yigʻinlar madaniyat uylari va masjidlarda uyushtirilyapti. Manba “Azattыk radiosi”.

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻizistonda 21 nafar jamoalarning harakati va oʻz mafkura (ideya)lariga daʼvat qilishi taqiqlangan.

“Moʻʼtadil (milliy, anʼanaviy) Islom” loihasini jamiyatga kiritish ustida harakat boshlandi! “Moʻʼtadil Islom” loihasi, milliy urf odatlarimizga mos kelgan, shuningdek urf odat va anʼanalarga aylanib ketgan urflarni islomiy mafkura va islomiy qadriyatlardan ustun qoʻyish asosiga qurilgan. Bu urf odatlar ichida islomiy, gʻoyriislomiy hatto kufrga dalolat qiladiganlari ham bor. “Moʻʼtadil Islom” Musulmonlarni mavjud kufr jamiyati bilan hamkor va hamnafas yashashga, hatto shu jamiyatni rivojlantirish uchun faol ish olib borishga targʻib qiladi! Dinni ham shu jamiyatni rivojlantirishda qurol sifatida qoʻllanishga chaqiradi va shunga oʻrgatadi. Masalan Rossiyada bir qator diniy ulamolar sifatida tanilgan shaxslar tomonidan yangi yil yoki boshqa kufr bayramlarini nishonlash harom emasligi sharʼiy taʼvillar bilan isbotlashga harakat qilingani singari.

“Moʻʼtadil Islom” kufr hayotiga sharʼiy tus berish maqsadida yuqoridagi kabi ilmiy bahs munozara va tadbirlar olib boradi. Ularning bu dunyoqarashlarini maʼqullamagan yoki hayotlarida qoʻllamaydigan boshqa musulmonlarni “ekstremist, terrorist va radikal” deb nomlashadi! Bu haqida atayin qonunlar ishlab chiqilib, organ xodimlari musulmonlarni qoʻrqitish va aldash yoʻllari bilan “Moʻʼtadil Islom” safini kengaytirish maqsadida rejali harakatlar olib boradi. “Moʻʼtadil Islom” kufr loihasi boʻlib, hozirda Islom va musulmonlarga qarshi butun dunyo davlatlari shu asosda kurash uslubiga oʻtib boryapti! Hatto Saudiya va Misrdagi islomiy oliygohlarning oʻquv dasturlari ham tubdan oʻzgartirilib, moʻʼtadillikka moillashtirildi.

Qirgʻizistonda ham, bu borada bir necha yillardan buyon hukumat siyosati miqyosida organ xodimlari tomonidan atayin eʼtibor bilan rejali ish harakatlar olib borilyapti. Bir necha yillar mobaynida atayin shakllantirilib kelinayotgan bu loiha, endi jamiyat sari amaliy harakat kila boshladi. Muammo – jamiyat uni qanday qabul qilishida! Ulamolar va imom-domlalar bu loihaga albatta tortiladi. Musulmonlar ular vositasida chalgʻitilmasa, kufrning oʻzi bu ishni amalga oshira olmaydi! Shuning uchun bu loihaning asosiy qurbonlari islomiy imomlar va ulamolar boʻlishi kutilyapti. Ularni dinda sobit qadam turishga va Allohga taqvo qilib kufr bilan har qanday hamkorlikdan bosh tortishga chaqirib ketamiz. Bu sinov ular uchun dunyo va oxiratda manfaat kelishiga sabab boʻladigan xayrli kechsin, amiin!

Ey Ulamolar hamda dinda faqih boʻlgan, shuningdek moʻmin musulmon daʼvatchi birodarlar! Kufr aqlimizni, soʻng qalbimizni fath qilmay turib eʼtiqod va dinimizni hor qila olmaydi! Tarixda islomiy davlat ham avval fikriy yetakchilik (hayotni aqidaga bogʻlash) asosidan chalgʻib, har bir ishni Allohning roziligi asosiga qurishga beparvo boʻlib qolishi oqibatida moddiy hor holatga tushib qolgan edi, oxir oqibat din hayotimizdan yiroqlashdi! “Moʻʼtadil Islom” musulmonlarni islomiy mafkuradan chalgʻitish maqsadida ishlab chiqilgan kufrning yirik loihalaridan biri boʻlib, undan koʻzlangan maqsad islomiy oʻygʻonishni oldini olishdir. Chunki islomiy mafkura amallarimizdan yiroqlashishi bilan dinimiz hayotimizdan yiroqlashadi. Qachonki hayotimizni Aqidamizga bogʻlasak, u yana hayotimizga qaytadi insha Alloh! Hatto kofir va munofiqlar buni xohlamasalar ham!

 Dinni eʼtiqoddan kelib chiqqan taqvo himoya qiladi! Chunki Allohning nusrati tashqi chiroyli sifatimiz ustiga emas, qalbdagi taqvo va eʼtiqoddan kelib chiqqan amallarimiz ustiga tushadi. Shuning uchun yetakchi shaxslar va ulamolarning pozitsiya va fikrlarini doim nazorat qilib, muhosaba ostida ushlab turishimiz zarur, zero kufr ularni oʻz tomoniga tortib ketyapti! Ular baʼzi gaplari kufrga yoki shirkka moil ekaniga ham eʼtibor bermay, kufrdan qoʻrqqanlari sababli oʻzlarini yoʻqotib, xiyonat botqogʻiga botib borishyapti! Biz ulamo va imomlarimiz tomonda turib, ularga doim dalda berishimiz, ularni Allohdan taqvo qilishga chaqirib, sabrda bardavom turishga daʼvat qilishimiz zarur.  Chunki ushbu kurash shaxslar oʻrtasida emas, balki Islom bilan kufr eʼtiqodi va mafkuralari oʻrtasidagi kurashdir. Kufr aldov yoʻllari bilan avval ulamolarni, keyin esa Musulmonlarni oʻz tomoniga tortishni maqsad qilmoqda. Biz oʻzaro birdamligimizni saqlamasak, albatta yengilamiz! Birdamlik esa faqat jismlar bilan emas, balki Islom mafkurasi asosida Paygʻambarimiz siyratlari asosidagi yoʻl ustida birlashish bilan boʻladi.

Shuning uchun birodarlar, kufrning moʻʼtadil loihasini uloqtirib tashlaylik! Bu loiha har ikki dunyo horligiga olib boradi, Alloh saqlasin!

Abdurazzoq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.