Erdogan Ma’rabning Husiylar qo‘li bilan qulashiga qulaylik yaratish uchun «zaytun novdasi» operatsiyasiga o‘xshagan operatsiyani qaytalashga urinmoqda

294
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Erdogan Ma’rabning Husiylar qo‘li bilan qulashiga qulaylik yaratish uchun «zaytun novdasi» operatsiyasiga o‘xshagan operatsiyani qaytalashga urinmoqda

Ustoz Shoyif Sharodiy qalamiga mansub

Ayrim axborot xabarlariga ko‘ra, Erdogan Turkiyasi rahnamoligida Yamandagi Isloh partiyasidan 200 nafar jangchi Liviyaga etib keldi. Ular Fayz Sarrojga yordam berish uchun turk kuchlari safida Vifoq hukumati bilan birgalikda Xalifa Haftarga qarshi jang qilishmoqchi. Ma’lumki, Haftar Sarroj hukumatini ag‘darish uchun Tripoliga kirishga harakat qilmoqda.

Harbiy va razvedka manbalariga ko‘ra, «Hizbul Isloh (Yaman Ixvonchilari)dan 200 nafar jangchi Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Liviya Vifoq hukumati tomonida turib, Liviya Milliy armiyasiga qarshi jang qilish uchun Liviyaga etib kelgan». (Middle East Monitor).

«4may.net» elektron gazetasiga ko‘ra, Liviya Milliy armiyasi kuchlari Vifoq hukumati safida jang qilayotgan yamanlik Hizbul Isloh jangchilaridan bir nechtasini asirga olgan.

Sharqul Avsat gazetasiga ko‘ra, «Liviyada Sirt jangiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan bir paytda, Yamanning Hizbul Islohidan bir guruh qurollangan jangchi askarlar turk razvedkasi rahnamoligida Liviyaga keltirilgan. (Ixvonul Musliminning Yamandagi qanoti hisoblangan) Hizbul Isloh jangchilari safarbarligi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoganning doimiy urinishlari natijasida amalga oshmoqda. Erdoganning maqsadi Arab bahori manzarasida yuzaga kelgan siyosiy o‘zgarishlardan foydalanib, mintaqa xaritasini Anqaraga xizmat qiladigan tarzda hamkorlikda chizish hamda Ixvonul Muslimin faoliyatini barcha arab davlatlarida tashkillashtirish uchun sarmoya yotqizishdan iborat».

Shu kunlarda neftь mintaqasi bo‘lgan Ma’rabda Anglo-Amerika kurashi shiddatli tus olayotgan ekan, Angliya malayi Ali Muhsin Ahmar etakchiligidagi Hizbul Isloh mintaqadagi o‘z changalini mustahkamlayapti hamda Amerikaning malaylari bo‘lgan Husiylarga qarshi kurashib, mintaqani jon-jahdi bilan mudofaa qilyapti. Yamandagi Hizbul Islohning vazni juda kuchli joy Ma’rab bo‘lganligi sababli Husiylar u erni AQSh va uning boshqa malaylarining ko‘magisiz egallashi oson bo‘lmaydi. Zero, Amerika Ma’rabni Husiylarning qo‘li bilan mag‘lub qilish uchun o‘zining uchta malayi (Salmon, Ruhoniy va Erdogan) orqali jiddiy harakat qilmoqda. Buning bir nechta sabablari bor, masalan:

1 –          Neftь mintaqasi bo‘lgan Ma’rabdan Husiylarga yirik mablag‘ oqib kelyapti. Ma’rab ularning Yaman shimoliga hukmron bo‘lishlarida ular uchun katta moliyaviy qo‘llab-quvvatlov, Hadida porti uchun nafas oluvchi o‘pka vazifasini o‘tamoqda.

2 –          Agar Ma’rab Husiylar qo‘li bilan mag‘lub qilinsa, butun Yaman shimoli, shu jumladan ularning nazorati ostidagi hududlar ham changallariga tushadi. Aks holda esa, Ma’rab tomoqlariga suyak bo‘lib taqaladi.

3 –          Agar Ma’rab ularning qo‘li bilan yiqilsa, Amerikaning Britaniya va uning malaylariga qarshi kuch bilan tiqishtiradigan keng qamrovli siyosiy echimi balansi 50 %ga yoki undan ortiqqa oshadi. Amerika Riyoz kelishuvi orqali hamda Saudiya yordamida qonuniy hukumat bilan o‘tish davri hukumatini bitta vujudda birlashtirishga urinyapti, shu orqali ikkala hukumatning siyosiy echim balansini 50 % yoki undan pastga tushirib yubormoqchi.

Shuning uchun Amerika Ma’rabning yiqilishini kafolatlash uchun o‘zining uchala yirik malaylariga rolь bo‘lishib berdi. Masalan, Ruhoniy roli Husiylarga qurol-aslaha, harbiy reja, mashq va mazhabparastlik ta’limi bilan yordam berish bo‘lsa, Salmonning roli o‘zini go‘yo Isloh partiyasi tomonida qilib ko‘rsatib, buyurilgan paytda ularni yordamsiz qoldirish, hatto yolg‘ondan «xato zarbalar» yo‘llab, jonlariga qasd qilishdan iborat. Makkor tulki Erdogan roli esa, ularning xuddi tutash uylardek bir tekis saflarini buzib tarqatishdan iborat. Chunki birgina Husiy jangarilarining o‘ziga ularni yorib kirish yoki vayron qilish mushkul. Shu bois, Erdogan Hizbul Islohning o‘ziga haddan ziyod bo‘lgan ishonchidan foydalanib, «biz Liviyadagi Ixvonchilarga yordam beramiz», degan aldov bilan Vifoq hukumati tomonida jang qilishlari uchun ulardan jangchilarni Liviyaga olib kelish rolini o‘ynayapti. Liviyadagi Ixvonchilar Britaniya malayi Sarroj tomonida Amerika malayi Xalifa Haftarga qarshi jang qilishyapti. Erdoganning bu roli Amerikaga Liviyadagi Sarroj va uning hukumati doxil angliyaparast kuchlarga yorib kirishni osonlashtiradi.

Qachon Ma’rabdagi frontlar safi buzilib tarqalsa, hammalari yo‘ldan toyilishadi va ko‘zlagan maqsadlaridan adashib, jang maydonlari zaiflashadi, keyin bo‘linib-tarqab ketadi… Ana shunda Husiylarga ularni yorib kirish va yiqitish, keyin ma’rablik jangchilar qonini ayamay oqizib, mol-mulklarini talash, uy-joylarini bombardimon qilib aholi yuragiga qutqu solish oson bo‘ladi.

Erdogan Shom ahli va ularning muborak qo‘zg‘olonlariga ham o‘zini do‘st qilib ko‘rsatdi. Qo‘zg‘olon Suriya erlaridan 70 %ini o‘z nazoratiga olgan edi. Ammo Shom ahli bilan Ma’rabdagi angliyaparastlar o‘rtasida ulkan farq borligini, chunki Ma’rabdagi Hizbul Isloh a’zolari Angliyaning ilmoniy malaylari ekanini unutmaslik kerak. Darhaqiqat, Erdogan Shom qo‘zg‘oloni etakchiligini qo‘lga olish va jangchi guruhlar etakchilarini muzokara stoliga o‘tqazishga muvaffaq bo‘ldi. Ularni yon berishga, xalqaro yo‘llarni ochib berishga, siyosiy echim bo‘yicha dushmanlariga ishonishga undadi. Oqibatda qo‘zg‘olon rahbarlari o‘zlarining mustahkam maqsadlaridan voz kechishdi, Erdogan yolg‘oniga laqqa tushib, butun Suriyani qo‘ldan boy berishdi. Malaylar va ularning xo‘jayinlari bo‘lgan kofirlar yordamida mintaqalar yana qonxo‘r Bashar Asad nazoratiga o‘tdi. Halab yiqilayotgan paytda Erdogan u erdagi jangchilarni boshqa frontlarga olib chiqdi va shu orqali rejim, Eron va Rossiyani Halabni olishlariga, aholisi qonini oqizishlariga, u erda eng dahshatli operatsiyalarni amalga oshirishlariga qulaylik yaratib berdi. Shuningdek, «Zaytun novdasi» operatsiyasida ham Erdoganning 25000 jangchini boshqa frontlarga olib chiqib ketishi, butun G‘utaning qonxo‘r rejim qo‘liga oson va qulay ravishda o‘tib ketishiga sabab bo‘ldi. Bugun ham Erdogan o‘sha jinoyatkor operatsiyasidan nusxa olib, uni Ma’rabda qo‘llayapti. Farq shundaki, u Ma’rabga hech qanday turk jangchilarini yubormaydi, balki u erdagi jangchilarni olib chiqish bilan Husiylarga Ma’rabni yiqitishlariga imkoniyat yaratib berib, xo‘jayini Amerikani rozi qilyapti! U Alloh Taoloning rizosini emas, Amerikaning rizosini qidirmoqda! Zotan, Suriyada Amerika istagini amalga oshirib bergandi, mana, endi uning Liviyadagi rejasini amalga oshirishga urinmoqda, Haftarni qo‘llab-quvvatlab, Tripoliga kirishiga yordam beryapti. Ammo Erdogan bu ishda o‘zini boshqacha ko‘rsatayotgani yo‘q, balki xuddi Shom ahlini aldagani kabi, o‘zini Sarroj hukumati tarafida ekanini da’vo qilish bilan ularni ham aldashga harakat qilyapti. Ya’ni, Sarroj hukumati kuchlarini ham go‘yo o‘zini ular bilan birgalikda Haftarga qarshi jang qilayotgan qilib ko‘rsatib aldashga urinyapti… Amerikaning siyosiy echimiga rozi bo‘lishlari uchun ularning ishonchlarini qozonish yo‘lida ayrim g‘alabalarni qo‘lga kiritib olsa, bas, Haftar harbiy jihatdan qilolmayotgan ishini unga siyosiy jihatdan amalga oshirib beradi.

Shular bilan birga, Erdogan Ma’rabdan jangchilarni olib chiqishga ham qattiq harakat qiladi, ammo ularni va turk kuchlarini Falastinda yahudiylarga qarshi jang qilib, u erni ozod etish uchun emas, Liviyada jang qilish uchun shunday qiladi.

Ey Yaman ahli!

Siz to Allohning arqonini mahkam ushlamas ekansiz bunday tang-baxtsiz ahvoldan hargiz chiqolmaysiz. Bu ahvoldan qutulmog‘ingiz uchun Islomga hayot tuzumi sifatida qattiq amal qilmog‘ingiz, undan boshqasini inkor etmog‘ingiz va Robbingiz shariatini qoim qilish uchun Hizb ut-Tahrir yigitlari bilan birga harakat qilmog‘ingiz darkor. Bu esa, faqat Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish bilan amalga oshajak. Roshid Xalifalik nafaqat musulmonlarni, balki butun dunyoning muammolarini to‘g‘ri hal eta oladi. Uning echimi insonlar tabiatiga mos kelib, aqllarini qanoatlantirib, qalblarini xotirjam etadi.

Shuning uchun biz bilan birgalikda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etishga harakat qiling va Hizb ut-Tahrirni o‘zingizga etakchi qilib oling. Uning o‘z ahlini aldamaydigan etakchi ekani allaqachon o‘z isbotini topgan. Zero, Ummatni qayta rivojlantirish uchun haqiqiy Islom loyihasi Hizbning qo‘lida bor. Bas, bu borada bellashuvchilar bellashsinlar.

Roya gazetasining 2020 yil 29 iyul chorshanba kungi 297-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.