Mujohid uchuvchi, ikki sharaf sohibi Sayfulloh A’zamning vafoti munosabati bilan ta’ziya
2020 yil 14 iyun yakshanba kuni Bangladesh poytaxti Dakkada qahramon uchuvchi, ikki sharaf sohibi Sayfulloh A’zam Allohning rahmatiga qovushdi. Alloh Taolo uni o‘zidan oldingi Allohning yo‘lida jang qilgan Xolid ibn Valid, Salohiddin Ayyubiy va Muhammad ibn Qosim kabi birodarlari, shuningdek, o‘z qurollari bilan Allohga bergan ahd-paymonlarida sadoqatli bo‘lgan barcha chavandozlar bilan birga qilsin, rahmatiga olib, bepoyon jannatidan joy bersin.
Darhaqiqat, marhum ikki sharafga, ya’ni, yahudiylarga va mushrik hindlarga qarshi jang qilish sharafiga noil bo‘lgan. Sayfulloh A’zam Hind davlatiga qarshi mardona jang qilgan qahramonlardan biridir. U Hind kuchlariga qarshi o‘n ikkita muhim zarbani muvaffaqiyatli amalga oshirgan… Shuningdek, Hindiston qurolli kuchlariga qarashli samolyotni urib tushirib, harbiy sharaf ordeniga sazovor bo‘lgan. 1967 yil Sayfulloh A’zam safdoshlari bilan birgalikda yahudiy vujudiga qarshi jang qilgan. U yahudiylarga qarshi uchta havo kuchlarida, Iordaniya, Iroq va Pokiston havo kuchlarida xizmat qilgan yagona uchuvchi sifatida shuhrat qozongandi. Yahudiy vujudiga qarashli samolyotlarni barcha mujohidlarga qaraganda eng ko‘p urib tushirish bilan rekord o‘rnatgan edi. Alloh birodarimizni rahmat aylab, go‘zal mukofotlar bilan mukofotlasin.
Shu munosabat bilan Sayfulloh A’zamning Iordaniya, Bangladesh va Pokiston armiyalaridagi quroldoshlariga shuni eslatmoqchimiz: ushbu marhum birodaringiz ozod etish uchun jang qilgan Falastin, hamon jirkanch bosqinchilardan aziyat chekmoqda, haligacha sizdek sayfullohlarning ozod etishiga muntazir bo‘lib turibdi. Siz islomiy qo‘shinlarga shuni ham eslatib qo‘yaylik, ikki qiblaning birinchisi va ikki harami sharifning uchinchisi bo‘lmish Aqso masjidi yahudiylar va ko‘chib kelib joylashgan podalar tomonidan kechayu kunduz oyoq osti bo‘lmoqda. Bu ham etmagandek, yahudiylar ushbu muqaddas dargohni buzib, uning o‘rniga o‘zlari da’vo qilgan ibodatxonalarini qurish uchun til biriktirishyapti. Bu yoqda esa, yahudiylarga qardosh bo‘lgan mushrik hindlar davlatining Kashmirni istilo qilib, Hindistondagi musulmonlardan o‘ch olayotganini ham sizlarga eslatib qo‘yaylik. Bu davlat Bangladesh-Hindiston chegarasi va Hindiston-Pokiston chegarasi hududida yashaydigan musulmon birodarlaringizga tajovuz qilmoqda.
Shularning barchasi sababli hamda jihoddagi quroldoshingiz Sayfulloh bilan qilgan qasamyodingizdan kelib chiqqan holda, siz xolis zobitlar uning muattar tarixini qayta jonlantirmog‘ingiz darkor. Shubhasiz, uning tarixi, Allohning yahudiylar va mushriklardan iborat dushmanlariga qarshi jang qilib, muborak Falastinni va mazlum Kashmirni ozod etish tarixidir.
Ey Pokiston, Bangladesh va Iordaniya armiyasi safidagi xolis zobitlar!
Bilamiz, siz yahudiylarga, hind mushriklariga va Islomu musulmonlarning barcha dushmanlariga qarshi jang qilishga intiqsiz. Bilamiz, sizni Alloh yo‘lida jang qilishdan to‘sib turgan narsa yurtlarimizdagi musulmonlar elkasiga minib olgan anavi musallat va malay ilmoniy rejimlardir. Shuning uchun biz sizni ushbu rejimlarni ag‘darishga hamda diningizga va Ummatingiz masalasiga nusrat berishga da’vat qilamiz. Ushbu nusrat, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish uchun Hizb ut-Tahrirga yordam berish bilan amalga oshadi. Zero, Xalifalik davlati barpo bo‘lganda, roshid xalifa jihod maydoni sari sizga qo‘mondonlik qilib, barcha bosib olingan musulmon yurtlarini ozod etadi va boshqa yurtlarni fath qiladi, shu orqali Alloh nozil qilgan boshqaruvni qayta joriy qiladi. O‘sha kunda sizda Alloh Taoloning ushbu kalomi o‘z tasdiqini topadi:
مِنَ الْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌ صَدَقُوا مَا عَاهَدُوا اللَّهَ عَلَيْهِ فَمِنْهُمْ مَنْ قَضَى نَحْبَهُ وَمِنْهُمْ مَنْ يَنْتَظِرُ وَمَا بَدَّلُوا تَبْدِيلاً
«Mo‘minlar orasida o‘zlari Allohga bergan (U zotning yo‘lida jihod qilib, shahid bo‘lish haqidagi) ahdu paymonlariga sodiq bo‘lgan kishilar bor. Bas ulardan (ayrim) kishilar o‘z ahdiga vafo qildi, (ya’ni shahid bo‘ldi), ulardan (ayrim) kishilar esa (shahid bo‘lishga) intizordir. Ular (munofiqlarga o‘xshab Allohga bergan ahdu paymonlarini) o‘zgartirganlari yo‘q» [Ahzob 23]
Muhandis Salohiddin Azoza
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi raisi