Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati masjidlar yopilishiga qarshi qator tinchlik namoyishlarini uyushtirdi

428
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

2020 yil 7 iyun yakshanba kuni Abyaz shahridagi «Hurriyat» maydonida, «Eski Abyaz» masjidida, «Sivori zahab» masjidida, «Karshahlo» masjidida va «Hajar» masjidida Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati masjidlarning yopib qo‘yilganiga qarshi bir qator tinchlik namoyishlarini o‘tkazdi. Chunki, ayni paytda odamlar banklar oldida, shuningdek, non, gaz, yoqilg‘i va boshqa mahsulotlarni xarid qilish uchun to‘planib turgan bo‘lsada, masjidlarda ularning to‘planishi ro‘kach qilinib vaqf ishlari vazirligining buyrug‘i bilan Alloh Subhanahu va Taoloning uylari yopib qo‘yildi. Bunda masjidlar hurmat qilinmay, muqaddasligiga rioya etilmadi.

Namoyishchilar ko‘tarib chiqqan plakatlarda masjidlar yopilishini qoralovchi so‘zlar hamda quyidagi savollar yozilgan edi:

Allohning masjidlarini ochishdan nima to‘smoqda, axir, u erlarda namozlar o‘qilib, vaboni ko‘tarishi uchun Allohga qo‘l ochib duo qilinadi-ku?!

Buni nima deyish mumkin, axir, ularning yopishga garchi koronavirus tarqalishini sabab qilib keltirishgan bo‘lsa-da, biroq, odamlar banklar, non do‘konlari, gaz va yoqilg‘i quyish shahobchalari va boshqa erlarda tiqilinch bo‘lib to‘planishyapti-ku, bu erlarda to‘planish man qilinmaydi-yu, ammo masjidlardan man qilinadimi?!

Kasallik tarqalishini oldini oluvchi tibbiy chora-tadbirlarni ko‘rgan holda masjidlarni ochish mumkin-ku, bundan nima to‘smoqda?!

Ushbu namoyishlarni odamlar qo‘llab-quvvatlash, targ‘ib qiluvchi iboralar, takbiru tahlillar bilan qizg‘in qarshiladilar.

Alloh Taolo bunday dedi:

وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن مَّنَعَ مَسَاجِدَ اللَّهِ أَن يُذْكَرَ فِيهَا اسْمُهُ وَسَعَى فِي خَرَابِهَا أُولَٰئِكَ مَا كَانَ لَهُمْ أَن يَدْخُلُوهَا إِلَّا خَائِفِينَ لَهُمْ فِي الدُّنْيَا خِزْيٌ وَلَهُمْ فِي الْآخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمٌ

«Allohning masjidlarini ularda Allohning ismi zikr qilinishidan to‘sadigan va ularni xarob qilish harakatida yuradigan kimsalardan ham zolimroq kim bor? Axir bu kimsalar uchun unday joylarga faqat qo‘rqqan hollarda kirish joiz edi-ku. Ular uchun bu dunyoda rasvolik, oxiratda esa, buyuk azob bor» [Baqara 114]

Roya gazetasining 2020 yil 17 iyun chorshanba kungi 292-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.