XIYONAT NIMA?

668
0

بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

XIYONAT NIMA?

Xiyonat amonatdorlikning ziddi (antonimi)dir. Olimlarning ta’riflashicha, xiyonat – bir shaxs tarafidan boshqa bir shaxsga yo odamlarga yoki hukumatga zarar etkazishdir.

Shariatdagi istilohiy ma’nosi esa: الخيانة مخالفة الحق بنقض العهد في السِّر«xiyonat – hufyona(sirran) o‘rtadagi aqdni buzish sababli haqiqatga qarshi ish tutishdir». Xoin xiyonatini ochiq-oydin qilishdan qo‘rqqanligi uchun hufyona qiladi. Ochiq harakat qilish xiyonat bo‘lmaydi, balki qarshi harakat deb baholanadi va uning muomalasi boshqacha bo‘ladi. Shuning uchun ta’rifda “hufyona” degan so‘zni qo‘shib ishlatildi. Ammo Alloh Taologa hech narsa sir emas. Alloh Taolo aytadi:

  يَسْتَخْفُونَ مِنْ النَّاسِ وَلَا يَسْتَخْفُونَ مِنْ اللَّهِ وَهُوَ مَعَهُمْ إِذْ يُبَيِّتُونَ مَا لَا يَرْضَى مِنْ الْقَوْلِ وَكَانَ اللَّهُ بِمَا يَعْمَلُونَ مُحِيطًا

Ular (o‘zlarining jinoyatlarini) odamlardan yashira oladilar, ammo Allohdan yashira olmaydilar. U O‘zi rozi bo‘lmaydigan gaplarning rejasini xufyona tuzayotgan paytlarida ham ular bilan birga bo‘lur. Alloh ularning qilayotgan amallarini ihota qilguvchi bo‘lgan zotdir. [4:108].

Xiyonatni tushunish uchun misol tariqasida shuni aytamanki; masalan, biror kishi uyi, mashinasi yoki biror jihozini sizga “amonatga qo‘ysa”, siz unga ziyon etkazmasdan saqlab berishingiz amonatdorlik hisoblanadi. Shuningdek, biror narsani “oriyatga” (ya’ni haqsiz, savob umidida foydalanishingizga vaqtinchalik ishlatib turishga) yoki ijaraga (ya’ni biror narsani pul yoki narsa evaziga vaqtinchalik foydalanish)ga olgan bo‘lsangiz, undan kelishilganidek foydalanishingiz, ya’ni aqdga vafo qilishingiz amonatdorlik hisoblanadi, aksincha, beparvo bo‘lishingiz yoki o‘z manfaatingizni ko‘zlash natijasida unga ziyon etishligi, ya’ni aqdga vafo qilmasligingiz shu narsani egasi uchun xiyonat hisoblanadi. Alloh Taolo aytadi:

يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَخُونُوا اللَّهَ وَالرَّسُولَ وَتَخُونُوا أَمَانَاتِكُمْ وَأَنْتُمْ تَعْلَمُونَ

Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambariga xiyonat qilmangiz va bilgan holingizda sizlarga ishonib berilan narsalarga (ya’ni, dinga va boshqa har qanday omonatlarga) xiyonat qilmangiz! [8:27].

 Xiyonat fikrlarda ham bo‘ladi, masalan; Islom va undagi hukmlar ham amonat bo‘lib, uni o‘zgartirmasdan egalariga etkazilmasa ham xiyonat bo‘ladi. Lekin bu xiyonatni qilishdan avval Alloh Taologa bergan ahdlarini buzishgan bo‘ladilar. Masalan: ba’zi saroy ulamolari kabi Qur’on yoki hadislarni ommaga boshqacha qilib tushuntirish Allohga, Rosuli(s.a.v)ga osiy bo‘lganlaridan so‘ng ularga ishongan omma musalmonlarga hiyonat qilish hisoblanadi. Hizb fikrlarini ham hizb qabul qilgandan boshqacha qilib ifodalayotgan hizbiylar avval qasamini buzgan, ya’ni qasamidagi so‘zlarga amal qilishni buzib, so‘ng fikrlarni yaxshi va to‘g‘ri o‘rganmasdan hizbga va musulmonlarga xiyonat qilgan bo‘ladilar. Alloh Taolo aytadi:

وَإِنْ يُرِيدُوا خِيَانَتَكَ فَقَدْ خَانُوا اللَّهَ مِنْ قَبْلُ فَأَمْكَنَ مِنْهُمْ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ

Agar ular sizga xiyonat qilmoqchi bo‘lsalar — bas, (bilingizki) ular ilgari Allohga ham xiyonat qilgan edilar. Shunda Alloh (sizni) ularga g‘olib qildi. Alloh bilim, hikmat sohibidir. [8:71].

Abu Hurayra(r.a.) rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar(s.a.v) shunday deganlar:

«قَالَ اللَّهُ تَعَالَى: ثَلاَثَةٌ أَنَا خَصْمُهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ: رَجُلٌ أَعْطَى بِي ثُمَّ غَدَرَ…»

«Alloh Taolo aytadi: «Uch toifa odam borki, qiyomat kunida Men ularning dushmaniman. Ular Mening nomim bilan (qasam ichib, va’da) berib, keyin xiyonat qilgan kishi…». Buxoriydan.

Xiyonat amallarda ham bo‘ladi, masalan: Xalifa shariatni ummatga odilona tadbiq qilmasligi yoki musulmonlar o‘z rahbarlarining buyruqlarini to‘g‘ri va to‘liq ijro qilmasligiklari, amir va mas’ullar yoki uy rahbari; ota yoki er o‘z qo‘l-ostidagilarni mehribonlik bilan boshqarmasliklari, er-xotinlarning nikoh aqdiga rioya qilmasliklari, do‘stlar bir-birlariga bo‘lgan ishonchlariga rioya qilmasliklari amallardagi xiyonat bo‘ladi. Alloh Taolo aytadi:

إِنَّا أَنزَلْنَا إِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ لِتَحْكُمَ بَيْنَ النَّاسِ بِمَا أَرَاكَ اللَّهُ وَلَا تَكُنْ لِلْخَائِنِينَ خَصِيمًا

Albatta, Biz sizga ushbu Haq Kitobni (Qur’onni) odamlar orasida Alloh qo‘rsatgan yo‘l bilan hukm etishingiz uchun nozil qildik. Siz xoinlarni himoya qilguvchi bo‘lmang. [4:105].

Xiyonat ikki turli bo‘ladi; kichik va katta. Shaxslarga qilingan xiyonat kichik bo‘lib, Ummatga, davlatga qilingan xiyonat katta xiyonat bo‘ladi, ayniqsa amirlar, olimlar va mas’ullarning musulmonlarga qilingan xiyonatidan katta xiyonat yo‘q. Ummat ishlari ham ularga bog‘liq, agar olim va amirlar taqvodor, o‘z ishlarida xiyonat qilmasalar hayotning hamma sohasi tezda  o‘nglanadi. Bu ma’noni Rosululloh (s.a.v) shunday ifodalaganlar: «Ikki toifa insonlar borki, agar ular tuzalib o‘nglansalar, insonlar ham o‘nglanadilar. Agar ular buzilsalar, insonlar ham buziladi. Ular ulamolar va amirlardir». Demak, jamoatning buzilishi mas’ullar va ulamolarning xiyonatidan, o‘z mas’uliyatidagi ishlarini qilmaganidandir. Islom odilona, to‘g‘ri va xolis boshqarishni rahbarlardan qattiq talab qilgan, xiyonatlari sababli – Rosululloh (s.a.v) xabar berganidek – Alloh Taolo ularga jannatni harom qildi: Rosululloh(s.a.v) ogohlantirdi: “Alloh raiyatga biror bandasini boshliq qilsa va u raiyatga sidqidildan muomila qilmasa(ya’ni ikkiyuzlik, xiyonat qilsa)  unga jannatni harom qiladi”, Yana bir rivoyatda; “… jannat hidini topmaydi”, deb kelgan. Abu Sa’id Xudriy(r.a.) rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar(s.a.v) shunday deganlar:

«لِكُلِّ غَادِرٍ لِوَاءٌ عِنْدَ اسْتِهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ, يُرْفَعُ لَهُ بِقَدْرِ غَدْرِهِ, أَلاَ وَلاَ غَادِرَ أَعْظَمُ غَدْرًا مِنْ أَمِيرِ عَامَّةٍ»

«Qiyomat kunida har bir xoinning dumbasida bir bayrog‘i bo‘lib, xiyonatiga qarab yuqoriroq ko‘tarilib boraveradi. Ogoh bo‘linglarki, omma amirining xiyonatidan ko‘ra buyukroq xiyonat yo‘qdir». Muslim rivoyati.

G‘arib Muslim

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.