Jeenbekov mas’ullar bilan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘l loyihasini muhokama qildi

420
0

Jeenbekov mas’ullar bilan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘l loyihasini muhokama qildi

 Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov amaldorlar bilan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘lini qurish loyihasini muhokama qildi. Bu haqda Qirg‘iziston prezident matbuot xizmati xabar qildi.

 Prezident Tashqi ishlar vaziri v.b. Chingiz Aydarbekov va Transport vaziri Janat Beyshenov va “Qirg‘iz temir yo‘li” davlat korxonasi rahbari Vasiliy Dashkov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 Jeenbekov respublikaning transport mustaqilligini mustahkamlash, yuk va yo‘lovchilar tashishni diversifikatsiya qilish uchun butun mamlakat bo‘ylab temir yo‘l tranziti va ichki yo‘nalishlarni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, transport sohasidagi eng yirik va strategik loyihalardan biri bu – Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishining boshlanishi.

Davlat rahbari mamlakatning temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilishni jadallashtirish, yo‘lovchi va yuk poezdlari sohasida raqamli tashabbuslarni amalga oshirishni davom ettirishga e’tibor qaratdi.

 Izoh: “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish tashabbusi 2000-yillarning boshlarida ko‘tarilgandi. Ammo bu loyiha Rossiyaning mintaqadagi manfaatlariga zid kelganligi sababli shu vaqtga qadar amalga oshmay keldi. Xitoy mablag‘i evaziga quriladigan yangi temir yo‘l loyihasi Xitoyning O‘rta Osiyodagi nufuz ko‘lamini yanada kuchaytiradi. Bu esa mintaqada o‘zini yakka hokim sifatida ko‘rishga odatlangan Rossiya uchun istalmagan holat. Shu sababli ham Rossiya yo‘l qurilishi qarshilik qilib keldi. Xitoy-Rossiya muzokaralari natijasida loyihada o‘zi ham ishtirok etishi va temir yo‘l uning nazorati ostida bo‘lishi sharti bilan rozi bo‘ldi. Xitoy tomonidan uning talablari qisman qabul qilinganidan so‘ng, 2019-yili Rossiya loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash uchun 200 million rubl (3 136 364 dollar) mablag‘ ajratdi. Shundan so‘ng loyihani amalga oshirish ishlari qayta jonlanib ketdi.

 Aslida temir yo‘l O‘rta Osiyo mamlakatlari uchun manfaatli. Chunki, u dunyoda dengiz orqalik amalga oshiriladigan yuk tashishdan keyingi o‘rinni egallab turgan strategik ahamiyatga ega va tannarxi arzon yo‘nalish hisoblanadi. Ammo kufr tuzumi musulmon o‘lkalari, jumladan, bizning yurtlar manfaatlariga mustamlakachilik ko‘zi bilan qaraydi. Ular ba’zida biror sohada o‘z mustamlakasini eplay olmay qolgan taqdirda ham, olamiy ta’sir kuchiga ega bo‘lgan boshqa mustamlakachi davlat loyihalariga o‘z mustamlakasi ostidagi davlatni topshirib yuborishi mumkin. Yangi temir yo‘l loyihasi ham mintaqani qisman rus ta’siridan xalos etib, mushrik xanlar changaliga tashlash yo‘lidagi qadamlardan biridir.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.