FIKRNI TO‘G‘RI TUShUNISh YO‘LI

448
0

بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

FIKRNI TO‘G‘RI TUShUNISh YO‘LI

Fikrlarni eshitganda, biror kitob yoki jurnaldan o‘qiganda ularni tushunish uchun albatta shu so‘z qanday voke’likni ifodalayotganini tasavvur qilish zarur. Aksincha bu fikrlar hech qanday foyda bermaydi. Fikriy iboralarni fikrlash, ya’ni ularni tushunish faqat iboralarning voqe’si haqidagi sobiq ma’lumotidan paydo bo‘ladi. Agar mazkur ma’lumot (ya’ni voqe’likni tasvirlab beradigan ma’lumotlar) bo‘lmasa, iborani tushunish mumkin emas. Chunki bu ibora muayyan voqe’likni ifodalaydi. Agar insonda mana shu voqe’likni sharhlaydigan sobiq ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, har qanday holatda bu iborani tushunishi mumkin emas. Fikriy uslub bo‘yicha biror fikr tushunish uchun sobiq ma’lumotlarning dalolati (ya’ni voqe’sini tasavvur qilish) bilan birga tushunish zarur. Agar sobiq ma’lumotlar shunchaki bilib quyilib, ular dalolat qilayotgan voqeligi bilan idrok etilmasa, fikriy iborani tushunish mumkin emas. Chunki fikriy ibora biror maqsadni ifodalaydi va bu fikrgina bo‘lib qolmay, uni voqeligi ham, dalolati ham bo‘ladi. Agar fikrning voqeligi idrok etilmay, dalolatini tasavvur qilinmasdan tushunilsa, bu fikrdagi voqeligini sharhlash uchun sobiq ma’lumotlari bo‘lmagani tufayli nimani ifodalayotganligi tushunilmaydi. Buning fikrlashga, ya’ni fikriy iborani tushunishga foydasi yo‘q. Demak, fikriy iborani tushunishning sharti faqat sobiq ma’lumotning borligi emas, balki unda voqe’likni idrok qilish va dalolatini tasavvur qilish ham bo‘lishi lozim. Masalan, siz bir fikriy kitobni o‘qiyapsiz. Kitobning iboralari biror fikr yo masala haqida bo‘lishidan kat’iy nazar, u o‘z ona tilingizda bo‘lsin, siz ham o‘z tilingizni yaxshi bilsangizda, lekin tilni bilishingiz – garchi so‘zlar va jumlalarning ma’nosini tushunishingizga yordam bersada – ammo mana bu so‘z va jumlalar tuzulishida yozilgan fikrlarning dalolatlarini, ya’ni nimani ifodalayotganini tushunishga yordam bermaydi. Bu fikrlarni tushunish uchun sizda albatta o‘sha voqe’lik haqida sobiq ma’lumotlar bo‘lishi, bu ma’lumotlarning voqe’ligi ham, dalolati ham idrok etilishi zarur. Aks holda gapni lug‘aviy jihatidan tushunasiz va goho tushunchangiz fikrlar dalolat qilayotgan narsaga muvofiq, goho unga zid keladi. Ammo har qanday holatda ham fikrni emas, lug‘atni tushungan bo‘lasiz.

Masalan, mana bu iborani o‘qiyapsiz. «siyosat – Ummatning ichki va tashqi munosabatlarini boshqarmoq bo‘lib, u davlat va Ummat tarafidan olib boriladi. Davlat ushbu boshqaruvni amalda bevosita olib boradi, Ummat esa davlat bu boshqaruvni qanday olib borayotgani ustida muhosaba qiladi». Bu bir fikriy ibora, uni tushunish uchun shu jumladigi har bir so‘zni yaxshi tushunish, voqe’ligini aniq tasavvur qilish zarur. Ummat kim? Uning munosabatlari nimalardan iborat? Davlat deganda kimlarni tushunamiz? Uni bashqarishi qanday amalga oshirilmoqda? Muhosaba qanday bo‘ladi? Misol uchun keltirilgan bu fikrni tushunishimiz uchun ushbu fikrda kelgan so‘zlarni yaxshi tasavvur qilishimiz vojib. Ummatni aniq tasavvur qilmay, uning munosabatlari nimalardan iborat ekanini bilmay turib bu fikrni to‘g‘ri tushunish mumkin emas. Davlat ham Ummatning “munosabatlari”ni (iqtisodiy, ijtimoiy, boshqaruv yoki ta’lim-tarbiya kabilarga bo‘lgan qarashlarini) o‘rganmay turib uni bevosita boshqarishi amri mahol. Bu munosabatlarini tushunmagan, o‘zini “siyosiy” deb tanitgan shaxs haqiqiy siyosat maydoniga yaqinlasha olmasligi aqlga tayin. Demak, bu fikrni tushunishimiz uchun shu so‘zlar haqida etarlicha ma’lumotlar bo‘lishi zarur. Aslida ma’lumotlar juda ham ko‘p, lekin ulardan kerakli, zarurlarini topib olish, xatolaridan to‘g‘risini ajratib olish ancha mushkul. Masalan: ummat deb bir aqidani qabul qilib, o‘sha aqidasi asosida fikrlaydigan; har bir ishini, munosabatlarini o‘sha aqidasi asosidan kelib chiqib belgilaydigan insonlarga aytiladi. Bu ummatning rahbarlari ham shu aqida assosidan turib boshqarishi tabiiy. Lekin bu aqidaga asoslanmasdan boshqarsa, u holda bu rahbar: yo boshqa aqida ahlining vakili yoki boshqa aqida ahliga hizmat qilayotgan, o‘z ummatiga xiyonatchi malay rahbar bo‘ladi. Natijada bu Ummatni boshqarish uchun aldov, yolg‘on va hiylalarni ishga soladi. Ummat aqidasini fikrlash uchun asos qilmaydi, aqidasidan kelib chiqqan tuzumlarni yaxshi o‘rganishni xohlamaydi. O‘z aqidasini va undan kelib chiqqan sistemani boshqalarga o‘rgatayotganlarga, hatto o‘z holicha o‘rganayotganlarga ham imkon qadar to‘sqinlik qiladi, omma ularga yomon ko‘z bilan qarashlari uchun, ularga yaqinlashmasliklari uchun to‘hmat va bo‘htonlar qiladi, chunki aqidasini fikrlari uchun asos qilib olgan va unga asosan o‘z munosabatlarini belgilaydigan insonlarga aldov, hiyla-nayranlari o‘tmaganidan ularni nodon-xoin rahbarlar boshqara olmaydilar, Ummatni ham haqiqatlarni qo‘radigan qilib qo‘yishlaridan qo‘rqadilar. Bular “ummat” va uni boshqarishga aloqador ba’zi ma’lumotlar edi. Shu ma’lumotlarga asosan bir ummatni boshqarmoqchi bo‘lgan davlat ushbu ummat aqidasini va undan kelib chiqqan sistemani yaxshi tushunmasa ularni qanday boshqaradi? Uni muhosaba qilmoqchi bo‘lgan siyosiylar ham ummat aqidasini va undan kelib chiqqan sistemani yaxshi tushunmasdan davlatni muhosaba qilishi mumkinmi? Ya’ni Ummat qabul qilishi mumkin bo‘lgan turmish tarzini aniqlamasdan, Ummatga uni tushuntirmasdan, munosabatlarini qabul qildirmay turib na Ummat boshqariladi, na davlatni muhosaba qila oladi.  Shularni yaxshi tasavvur qilingandan keyingina «siyosat – Ummatning ichki va tashqi munosabatlarini boshqarmoq bo‘lib, u davlat va Ummat tarafidan olib boriladi. Davlat ushbu boshqaruvni amalda bevosita olib boradi, Ummat esa davlat bu boshqaruvni qanday olib borayotgani ustida muhosaba qiladi» degan fikrni tushunish mumkin.

Yana bir misol: «siyosiy ongli shaxs o‘z tushunchalarni ommaga singdirib, yo‘nalishlarini kuchaytirishga kirishgan bir vaqtda, yo‘nalishiga zid bo‘lgan barcha yo‘nalishlarga, o‘z tushunchalariga zid bo‘lgan barcha tushunchalarga qarshi kurashga kirishmog‘i zarur». Bu jumla ham bir fikriy ibora. Uning ma’nosini tushunishingiz uchun o‘z tilingizni bilishingiz, so‘zlari va jumlaning dalolatlariga to‘xtalishingiz kifoya qilmaydi, balki sizda albatta siyosiy nuqtai-nazar ochiq oydin bo‘lishi zarur.

Buning uchun yana sizda yo‘nalishlarning va ular dalolat qilgan narsalarning voqe’ligi tushunarli bo‘lishi, bu yo‘nalishlarni o‘z yo‘nalishingizga bog‘likligi, o‘z yo‘nalishingizni insonlarga qanday singdirish ma’lum bo‘lishi kerak, ya’ni o‘z yo‘nalishingizga zid bo‘lgan yo‘nalish – ishni boshlanishida – Islomni to‘g‘ri va yaxshi o‘rganishdan to‘sishlar (tushunchalarni to‘g‘rilash, tiniqlashtirish, hamda xato tushunchalarni parchalab tashlash uchun ular nimalardan iborat, nimasi xato ekanini bilishga) bo‘lsa, keyinchalik uni boshqalarga o‘rgatish (ya’ni Ummatni o‘zligiga qaytirish yo‘nalishi)ga qarshiliklar, Islomini hayotga olib kelish (asosiy yo‘nalish) uchun to‘siqlar qo‘yila boshlaydi. Boshqacha qilib aytganda, siyosiy maydonga qadam qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxsda “siyosiy ong”, “siyosiy kurash”, “yo‘nalishlar” va “tushunchalar” haqida ma’lumotlar, tasavvurlar bo‘lishi zarur, shundagina bu iborani tushunish mumkin. Shu narsa hosil bo‘lmasa va ma’lumotlar faqat ma’lumotligicha yo mulohazaligicha qolsa, dalolati voqe’siz ma’noga ega bo‘lsa, bu iborani tushunish mumkin emas. Tushunilmaganidan keyin, hatto qalb to‘rida uni yod olinsa ham foydasi bo‘lmaydi. Shuning uchun fikriy iboralar bir binoga o‘xshab, undan biror g‘ishtni sug‘urib tashlansayu, binoning suratini o‘shandayligicha qoldirish mumkin bo‘lmaganidek, iboradan ham bir harfni olib, boshqa joyga qo‘yish yoki bir so‘zni boshqasiga almashtirish mumkin emas, balki iborani qanday bo‘lsa, shundayligicha mukammal saqlash zarur. Chunki iroda qilingan voqe’lik, ya’ni bajarish mo‘ljallangan fikrning dalolati muayyan bir voqe’lik, muayyan bir surat bo‘lib, voqe’ligidan yoki suratidan bir narsa o‘zgarsa, tushunish ham butkul yoki qisman o‘zgarib ketadi. Shuning uchun fikrlarni to‘g‘ri tushunish so‘zlarni o‘zi xohlagandek yoki sharhlovchisi tushungandek emas, matinda keltirilganidek, birorta kalimaga o‘zgartirish kiritmasdan tasavvur qilish bilan amalga oshadi. Demak, fikriy iborani tushunish uning dalolatini tushunishni va dalolatini tushunish esa undagi har bir so‘zni va jumlani muhofaza qilish-o‘zgartirmaslikni, qanday bo‘lsa o‘shandek tushunishni talab qiladi.

Fikrlarni to‘g‘ri tushunish uchun fikriy iboralarda yorqin fikrlash zarur. Bu esa eng qimmatbaho boylikdir, chunki yorqin fikr narsalarning haqiqatini ko‘rsatib beradi, natijada ular to‘g‘ri idrok qilinadi. Shoshma-shosharlik bilan yuzaki fikrlash, voqe’ligini aniqlamasdan, unga aloqador ma’lumotlar asosida tekshirmasdan, u haqidagi boshqa fikrlarga solishtirmasdan qabul qilish natijasida xato tushuncha vujudga kelishi tabiiy. Fikr yorqin bo‘lishi uchun albatta chuqur bo‘lishi zarur. Chuqur fikr narsalarga imkon qadar chuqur, asl-asosigacha nazar tashlash, demakdir. Yorqin fikr esa narsalarga, ularning holatlariga va ularga aloqador narsalarga chuqur nazar tashlash va to‘g‘ri natijalarga etish uchun bu nazar tashlashni dalil qilib keltirishdir. Boshqacha qilib aytganda, yorqin fikr narsalarga chuqur va yorqin nazar tashlashdir. Demak, fikrlarni to‘g‘ri tushunish uchun har bir fikrga, undagi har bir so‘zga sinchkovlik bilan nazar solish, tekshirish, unga aloqador barcha ma’lumotlarni qo‘shib fikrlash, to‘g‘risini xatolaridan ajratib olib, keyin hulosa qilish zarur. Shunda har bir fikrni to‘g‘ri idrok qiladi va o‘z munosabatini barqaror asosda belgilab, hayotida to‘g‘ri yo‘lni topadi.

Abu Zar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.