Qirg‘iziston yana virus vahimasini kuchaytira boshladi

405
0

Qirg‘iziston yana virus vahimasini kuchaytira boshladi

Qirg‘izistonda 14-iyunda 78 odamda 15-iyunda 87 odamda 16-iyunda esa 100 odamdan koronavirus topilgani xabar qilindi. Bu pandemiya boshlangandan beri eng yuqori e’lon qilingan ko‘rsatkich.

Prezident Soronbay Jeenbekov 15-iyunda bosh vazir vazifasini vaqtincha o‘tab borayotgan Kubatbek Boronovni qabul qilib, “Bishkek kasallik o‘chog‘iga aylanib borayotganini” aytgan edi.

Tahlil:  Qirg‘iziston siyosiy etakchiligi yashirin mafiya singari ish olib boradigan guruh qo‘liga o‘tib boryapti. Bu guruh mamlakat organ xodimlari, GKNB, sud, prokuratura kabi kuch strukturalarini o‘z qo‘liga olib, ular vositasida taniqli va tajribali siyosatchilarni qo‘rquvda ushlab turishibdi. Saylov oldidan pandemiyadan foydalanib, fuqorolar ustidan to‘la nazorat o‘rnatish maqsadida yana maxsus rejim o‘rnatishga harakat qilyapti.

Karantinning birinchi etapida, Qirg‘iziston qishloqlarida koronavirus vahimasi tarqatishda va undan halok bo‘lgan murdalar ro‘yxatini ko‘paytirishda muammolarga duch kelishdi. Odamlarning bir birlari bilan qavmu-qarindosh, tanish-bilish va urug‘chilik aloqalari kuchli ekanligi hukumatga pandemiya firibgarlik ishlarida muammolar tug‘dirdi.

Shuning uchun karantinning navbatdagi etapini hukumat Rossiya singari mamlakat poytaxtida va ko‘proq kasallarni uy qamog‘iga olish uslubidan foydalanmoqchi. Shaharlarda odamlar zich yashagani bilan odamiylik aloqalarida bir birlaridan juda ham uzoqlashib ketishgan. Bu esa, hukumatga virus vahimasini tarqatishda ham, undan jabrlanganlar ro‘yhatini xohlagan miqdorda ko‘rsatishida ham juda qo‘l keladi.

Bundan tashqari kuzdagi parlament saylov arafasida hokimiyat ham, etakchi guruh ham, etarli siyosiy quvvat to‘play olmadi . Endi uning siyosiy quvvat to‘plab olishga ham, siyosiy elektoratni boshqarib ketishga ham, deyarli imkoniyati yo‘q. Shuning uchun u maxsus rejimni kuchaytirish yo‘li bilan etuk va tajribali siyosatchilar yo‘lini to‘sishga harakat qiladi. Odamlarni ham, siyosiy manfaatlarga bo‘lgan ehtiyojlaridan chalg‘itib, qalbaki pandemiya vahimasini kuchaytirish yo‘li bilan karantinning yangi va yana yangi uslublarini ishlab chiqib, tatbiq qilib boraveradi!

Maxsus rejimlarning hokimiyatga manfaati shundaki, vaziyatlar deyarli kuch tizimlari nazoratiga o‘tadi. Har qanday xalq yoki siyosiy kuchlarning norozilik namoyishlariga ta’qiq qo‘yiladi. Hukumat saylovda xohlaganidek g‘irrom ishlarini amalga oshirishi uchun qulay imkoniyat paydo bo‘ladi. Chet eldan mamlakat uchun olinayotgan qarzlarni erkin (korruptsiya yo‘lida) ishlatish imkoniyati kuchayadi. Olinayotgan qarzlar, (2010-yildagi kabi) qalbaki hisobotlar bilan yopib tashlanadi.

Yashirin etakchi guruh esa, vaziyatdan foydalanib o‘ziga tobe bo‘lgan odamlarni parlamentga olib kelib, ular vositasida mamlakatni boshqarishga harakat qilishadi. Davlat arboblari va siyosiy doira vakillari bo‘lgan taniqli siyosatchilar ham, muxolif kuchlar ham, imkoniyat topa olishmagach, oqim bilan paralel suzishga majbur bo‘lishadi. Ular yana yangi etakchi guruhning xizmatkorlariga aylanishadi.

Hokimiyat diniy muhitimizni ham o‘z holiga tashlab qo‘ymaydi. Ibodatlarimizni to‘sish, ochiq harom ishlarga buyurish bilan iymonli musulmonlarda norozilik kayfiyatini kuchaytiradi. Mo‘’tadil islomchilarni o‘z tomonlariga olib, haromga halol deb fatvolar berdirib musulmonlarni bir necha bo‘laklarga bo‘lib yuborishadi.

Birodarlar! Shuncha kasofat olib kelishi kutilayotgan ishlarning barchasi bitta asosga, ya’ni ular ko‘purtirib ko‘rsatmoqchi bo‘lgan pandemiya vahimasiga bo‘lgan bizning ishonchimiz ustiga quriladi. Ular yuqoridagi manfaatlarini yashirib, bizga “biz xalqning sog‘ligini o‘ylayapmiz, fuqorolar salomatligi birinchi o‘rinda turadi” degan cho‘pchaklar aytishyapti. Butun matbuot shu tomonga yo‘naltirildi.

Birodarlar, hokimiyatni muhosaba qilaylik! Makr bilan olib borayotgan zulmlaridan uni to‘xtishga harakat qilaylik! Qalbaki vahimalarga ishonmasligimizni baralla aytib, ularni xalqni qiynamaslikka chaqiraylik!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.