Tramp: AQSh harbiylari endi o‘zgalarning nizolarini hal qilmaydi

532
0

Tramp: AQSh harbiylari endi o‘zgalarning nizolarini hal qilmaydi

 AQSh prezidenti Donalьd Tramp Amerika harbiylari endi boshqa mamlakatlarni tiklamasligini va o‘zgalarning nizolarini hal qilmasligini aytdi.

 “Biz nihoyasiz urushlar davrini tugatmoqdamiz. Amerikaning hayotiy muhim manfaatlarini himoya qiladigan yangi, sof nigoh o‘z joyiga qaytdi. Odamlar hattoki eshitmagan uzoq mamlakatlardagi qadimiy nizolarni hal qilish amerikalik harbiylarning majburiyatiga kirmaydi. Biz bu dunyoning politsiyachisi emasmiz”, – dedi Tramp Vest-Poynt harbiy akademiyasi bitiruvchilariga qilgan murojaatida.

 Trampning qo‘shimcha qilishicha, Amerika armiyasi boshqa mamlakatlarni tiklash emas, o‘z mamlakatini tashqi dushmandan himoya qilish tamoyiliga qaytadi. 

Qayd etilishicha, shu bilan birga, Tramp kongressga AQSh harbiylari terrorizmga qarshi kurashish uchun ilgari kiritilgan mamlakatlarda qolishi haqida ma’lum qilgan. AQSh harbiylari Afg‘oniston, Iroq, Suriya, Iordaniya, Turkiya, Livan, Misr, Filippin, Arabiston yarim oroli, Kosovo, sharqiy Afrika, Chad ko‘li havzasi va Sohil regionida joylashtirilgan.

 Izoh: 2010 yili AQShning o‘sha vaqtdagi prezidenti Barak Obama kongress oldida so‘zlagan nutqida, “Biz endi islomiy mamlakatlarda o‘z askarlarimizni jonini xavfga qo‘ymaymiz. Endi ular o‘z yurtlaridagi “terrorizm” va “ekstremizm”ga qarshi va ularning xavf-xatarlarini oldini olish uchun o‘z imkoniyatlari bilan harakat olib borishadi. Biz faqat ularga bu ishlariga yordam ko‘rsatamiz”, – degan edi.

 Keyinchalik, 2014-yil sentyabr oyida Barak Obama terrorizm (Islom)ga qarshi kurash va Suriyadagi jihodiy harakatlarni yo‘q qilish, jumladan “IShID” tashkilotini mag‘lub qilish bo‘yicha yangi strategiya ishlab chiqib senatga taqdim qilgandi.

 Ma’lumki, AQShda siyosat prezident tomonidan belgilanmaydi, balki etakchi kapitalistlar manfaatlari asosida olib boriladi. Shu sababli ham AQShda prezident o‘zgarsa ham amerikaning olamiy siyosatida o‘zgarish bo‘lmaydi. Bugun Tramp tomonidan olib borilayotgan siyosat 2010-yili Obama boshlab bergan siyosat va strategiyaning davomidir. Mustamlakachi kapitalistik kufr tuzumi Islom va musulmonlarni harbiy yoki mabdaiy jihatdan mag‘lub qilib bo‘lmasligini anglab etgach, o‘zining yangi adashtiruvchi strategiyasini ishlab chiqdi. AQShning yangi stretegiyasida Islom va musulmonlarga qarshi kurashda “sopini o‘zidan chiqarish” va musulmonlarni “radikal”, “esteremist”, “terrorist” va “mo‘’tadil”chilarga ajratish orqali musulmonlar birlashishini oldini olish va ular o‘rtasida doimiy kelishmovchiliklarni paydo qilishni rejalashtirilgan.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.