Boronov: Sanitariya qoidalari buzilmoqda, karantin kuchaytirilishi mumkin

500
0

Boronov: Sanitariya qoidalari buzilmoqda, karantin kuchaytirilishi mumkin

 Qirg‘iziston hukumati xavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha choralarni qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rib chiqyapti, deyiladi “Regnum” xabarida. Respublika tezkor shtabi yig‘ilishida mamlakat hukumati rahbarining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov shuni ma’lum qildi.

 “Bishkekdagi epidemiologik vaziyat xavotirli, statistika pasaymayapti”, – deya ta’kidladi Boronov.

 Boronovning aytishicha, poytaxt aholisi sanitariya qoidalariga uncha rioya qilmayapti. Kasal bo‘lgan fuqarolarning o‘zlari murojaat etishayotgani joylardagi epidemiologik guruhlar ishi qoniqarli emasligidan dalolat beradi, dedi bosh vazir birinchi o‘rinbosari.

 7 iyun holatiga, Qirg‘izistonda koronavirusni yuqtirish holatlari 2007 taga etdi, 395 nafar bemor – tibbiyot xodimlarining o‘zlari. Jami 1425 nafar bemor sog‘ayib ketgan, vafot etganlar — 22 nafar.

 Izoh: Joriy yilda Qirg‘iziston tashqi qarzni to‘lash uchun 28 milliard som (350 million dollar) ajratishi zarur. Shuningdek, byudjetdagi 30 milliard somlik (400 million dollardan ortiq)lik kamomadni ham yopishi kerak. Hukumat bu muammodan chiqishning yo‘li sifatida yana donor davlatlardan qarz yangi qarz olishni tanladi. Qirg‘iz hukumati koronavirus pandemiyasi vahimasidan foydalanib xalqaro tashkilotlar bilan 462 mln dollardan ko‘proq yordam borasida kelishuvga erishdi.

 Bundan tashqari, muholifatni tiyib turish, norozilik namoyishlarining oldini olishda ham hukumat tomonidan joriy etilgan karantin choralar qo‘l kelmoqda. Shu sbabli ham rasmiy hukumat karantin choralarini imkon qadar uzoqroq ushlab turish, iloji bo‘lsa kuzda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan parlament saylovlariga qadar bu chorani cho‘zishga harakat qiladi. Agar saylovoldi muholifat qarshiligi kuchayib ketadigan bo‘lsa, hukumat yana qayta virus bahonasi bilan odamlarni uyiga qamaydi. Boronovning bayonoti ham shu yo‘lda tashlangan dastlabki qadamlardan biri. Boshqacha aytganda, oldindan ogohlantirishdan iborat.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.