O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqorolari o‘rtasida janjal chiqdi
So‘xda “Chashma” bulog‘i suvi ustida O‘zbek va qirg‘iz fuqorolari o‘rtasida janjal chiqdi. Ozodlikka xabar qilgan so‘xliklardan birining aytishicha, mojaro 31 may kuni tushga yaqin Chashma bulog‘ining suvi ustida chiqqan. Ikki tomon bir-birini toshbo‘ron qilgan.
“So‘xliklar buloqdan suv olamiz, deb borganda janjal chiqqan. Qirg‘iziston tomondagilar hozir suvni biz olamiz, deb turib olgan. Janjallashib ketishgan, bir-birini toshbo‘ron qilishgan. Ancha odam jarohatlandi. 16 kishi shifoxonaga tushdi, deb aytishdi. Bu safargi janjal juda katta bo‘ldi”, dedi ismini sir saqlagan so‘xlik.
So‘xliklar O‘zbekiston tomoniga yig‘ilgan o‘nlab odam chegaraning u tarafiga tosh, kesak uloqtirayotgani aks etgan.
Izoh: Har ikki davlar organlari bir fuqoroning “men koronavirusga ishonmayman” degan gapi yoki internetdagi qo‘ygan posti uchun qamab yuborishyapti! Nahotki, ochiq maydonda Qirg‘iz – Tojik yoki O‘zbek bilan tosh otib, gohida quroldan o‘q otib urush boshlagan provokatorlarni topa olishmaydi! Aslida hamma barcha ishdan xabardor. Xalq hech qachon o‘z-o‘zidan etakchi quvvat yo‘q bo‘la turib bir biriga yoki zolim hokimlarga qarshi ko‘tarilmaydi. Har -bir hokimiyatga qarshi mitingda har safar etakchi liderlar qo‘lga olinadi. Xalq o‘zi ko‘tarildi degan cho‘pchakka hech kim ishonmaydi. Lekin davlat rasmiylari millatchilikka chaqirishni bir arzimas virusni inkor qilishchalik jiddiy qabul qilishmayapti! Har safar “Ikki davlat fuqorolari bir-birlari bilan urushib ketdi” deb bayonot berishadi.
Balki millatchilikka asoslanga bu kabi provokatsiyalar ortida o‘zlari turishgan bo‘lishsa ham, ajab emas! Har ikki davlat ham qonun quvvati bilan bu kabi jinoyatlarni to‘xtata olish imkoniyatiga ega. Muammo davlatlarning bu ishga e’tiborsizligida. Muammo provokatorlar qaysidir ahli quvvatlar tomonidan himoya ostiga olinib jazolanishmay qolayotganida! Bu esa, ba’zi siyosiy kuchlar uchun muayyan holatlarda ma’lum bir maqsadlar yo‘lida vaziyatlardan foydalanib qolish imkoniyatini paydo qiladi.
Siyosiy kuchlar hokimiyat yo‘lida barcha iflos uslublarni ishga solishdan toyishmaydi!
Abdurazzoq Mo‘’min.