Mustamlakachilik: Pandemiyadagi ommaviy manipulyatsiya

539
0

Mustamlakachilik: Pandemiyadagi ommaviy manipulyatsiya

 Bugun mustamlakachi davlatlar BMT orqali dunyoni boshqarishmoqda. Ularning axborot sohasidagi hukmronligi BMT tizimidagi YuNESKO tashkiloti orqali amalga oshiriladi. Agar mustamlakachilar til biriktirib, dunyo bo‘ylab biror siyosatni yuritmoqchi bo‘lishsa YuNESKO tomonidan boshqariladigan axborot vositalari orqali dunyo xalqlarining psixologiyasini manipulyatsiya qilishadi.

 Aslida hozir dunyoni boshqarib turgan Amerika, Britaniya, Frantsiya va Rossiya davlatlari dunyo ommaviy axborot vositalarining 90%ni monopoliya qilib olishgan. Ular 70 000dan oshiq radio eshittirishlar, 50 000dan ziyod telekanallarga egalik qilishadi. 3-dunyo davlatlarida esa ayni shu mustamlakachilar ommaviy axborot vositalarining filiallari birinchi o‘rinda turadi. Masalan, Qirg‘izistonda “Ozodlik, “Bi-Bi-Si”lar qadrlangani kabi. Shuningdek, mahalliy axborot vositalari ularning “Assoshieyted Press”, “Yunayted Press”, “Reyter”, Frantsiya axborot agentligi va Germaniya axborot agentligi kabi agentliklarga asoslangan holda axborot tarqatishadi. Mustamlakachilarning dunyo xalqlarini psixologik jihatdan manipulyatsiya qilishi mana shular orqali amalga oshiriladi.

 Manipulyatsiya nima? Oddiy til bilan aytganda, manipulyatsiya bu – boshqa tomonlarning idrokini va xatti-harakatlarini o‘z manfaatlariga mos ravishda o‘zgartirish. Bunda manipulyator yolg‘onni yashirish yoki yolg‘onni haqiqat qilib ko‘rsatish, ob’ektga o‘z manfaatlarini foydali qilib namoyish etish va shu kabi usullardan foydalangan holda o‘z ob’ekti bilan ixtiyoriy tarzda kelishib olishga erishadi.

 Ha, koronavirusning tabiiy tarqalish ehtimoli kuchli bo‘lib chiqdi. Shuningdek, dunyo ustidan hukmronlik qilayotgan mustamlakachilar ushbu virus oldida zaifliklarini namoyon etishganligi ham haqiqat. Chunki, uning vaktsinasi ham, dorisi ham topilganicha yo‘q. Shu sababli, mustamlakachilar uni nazoratga olishga muvaffaq bo‘la olishmayapti. Biroq shunga qaramay, ular bundan o‘zlarining olamiy, xalqaro va mahalliy siyosatlarida foydalanish yo‘liga o‘tib olishdi.

Mustamlakachilar pandemiya vahimasidan foydalanib, o‘zaro til biriktirgan olamiy siyosiy loyihani amalga oshirishga kirishishdi. Bu mustamlakachi-kapitalistlarning dunyo aholisini qisqartirish siyosatidir. Shu sababli, mustamlakachilar pandemiya karantinlari, undan kelib chiquvchi iqtisodiy va umumiy krizislar, fuqarolik va mintaqaviy urushlar, ocharchilik orqali aholi sonini qisqartirishmoqchi. Shuning uchun mustamlakachilar dunyo aholisini pandemiya vahimasiga ishontirishda axborot vositalari orqali ularni manipulyatsiya qilish usullarini ishga solishdi. Ulardan ba’zilari quyidagilar:

 – Targ‘ibot. Axborot vositalarining barchasida asosiysi va aksar qismi koronavirus to‘g‘risida bo‘lib qoldi. Masalan, Qirg‘izistonda “Ozodlik”, “Bi-Bi-Si”, “Akipress” xabarlarining 40% bevosita yoki bilvosita koronavirusga bog‘liq bo‘lmoqda.

 – Odamlarni yolg‘ondan qo‘rquvga solish. Virusning tabiati aniqlanmasdan turib, ular koronavirus sababli odamlar qirilib ketishi mumkinligi bilan qo‘rqitishdi.

– “Timsoh ko‘z yoshi”. Falon erda shuncha tarqaldi, falonchasi o‘ldi, mana shuncha mablag‘ bilan yordam beramiz, insoniyatni qirg‘indan saqlab qolaylik deb ayuhannos solishdi. 

 – Jazo. Pandemiya vahimasini tan olmagan davlat rahbarlarini davlat to‘ntarishlari bilan qo‘rqitishdi. Masalan, Braziliya va Tojikistonda shunday bo‘ldi. Belorussiyada esa xalqaro siyosatga tegishli qo‘shstandartlik ketmoqda. Belorussiya Evropa bilan viza, Amerika bilan neft kelishuvlari tuzib G‘arb bilan munosabat o‘rnatayotgani sababli hozircha G‘arbning “avf”iga erishmoqda. Rossiyaning esa qahriga duchor bo‘lmoqda. Sababi, bunday siyosat Rossiyaning pandemiyadan ichki siyosatda foydalanib qolish harakatiga ziddir. Shu sababli Rossiyaga oid OAV Belorussiyaning koronavirusga qarshi kurashiga hujum qilishmoqda.

 – Ishontirish. G‘arb mustamlakachilari ishonchni yo‘qotganliklari sababli aholi o‘rtasida vaktsinatsiya (emlash)ga qarshilik kuchayib bormoqda. Buning oldini olib, Roza Otunbaeva Qirg‘izistonda vaktsinalarni bepul taqdim etish tashabbusini ko‘tarib chiqdi. Bu aholini vaktsinatsiyaga ko‘ndirish harakati hisoblanadi. Boshqacha aytganda, sobiq prezident aholini bepul zaharlashga urinmoqda. Bunga hukumatning grippga qarshi emlashni davom ettirishi ham kiradi. Biroq, grippga qarshi emlashning shu vaqtga qadar hech qanday ta’siri bo‘lmaganligi sababli odamlarni ishontirishning iloji bo‘lmayapti. Shuning uchun endilikda qizamiqqa qarshi emlashni “mavzudan tashqari” holda ko‘tarib chiqishmoqda. Chunki, oz bo‘lsa ham oldin qizamiqqa qarshi emlash o‘z ta’sirini ko‘rsatgan degan ishonch bor. Endi shu orqali ishonch paydo qilishga harakat qilishmoqda. Bular amaldorlarning tili bilan va axborot vositalari orqali aytila boshladi.

 – Maxfiylik. Aholi o‘rtasida koronavirus bo‘yicha ko‘plab shubhali savollar paydo bo‘lganiga qaramay, hech bir mamlakat bunga qoniqarli javob bergani yo‘q. Buning sirlari davlat sirlaridan ham o‘tib ketdi. Shubhali savollar esa axborot vositalarida e’lon qilinmadi.

 Shu sababli qadrli musulmon birodarlar, fikr yuriting, uyg‘onish vaqti keldi. Yuqoridagilardan ma’lum bo‘lganidek, imperialistlar har biringizning hayotingiz, tushunchalaringiz va harakatlaringizni nazorat qilishmoqda. Sizlarning hayotingiz bilan xohlaganlaridek o‘yin olib borishmoqda. Bunga qarshi sizlar nima qilishinglar kerak?..

 Qisqacha aytganda, buzuq demokratik, zolim imperialistik tuzumning tag-tomiri bilan qo‘porib tashlab, uning xarobalari ustiga o‘z Islomingizni barpo etishinglar kerak. Qutulishning bundan boshqa yo‘li yo‘q.

 Abdulhakiym Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.