Musulmonlar Rosululloh ﷺning sunnatlariga to‘g‘ri amal qilsalar, ramazon va shavvol hilolini ko‘rishda yakdil bo‘ladilar
Musulmonlar Rosululloh ﷺ va roshid xalifalar zamonida Rosululloh ﷺning sunnatiga muvofiq va birgalikda ro‘zani boshlashar va birgalikda tugatishar edi. Zero Rosululloh ﷺ:
«صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ»
«Oyni ko‘rib ro‘zani boshlanglar va oyni ko‘rib ro‘zani tugatinglar», deganlar. (Nasoiy rivoyati). Hadis musulmonlarga jam, ya’ni ko‘plik siyg‘asida xitob qilmoqda. Bu esa, musulmonlar turli joylarda yashashlaridan qat’iy nazar hukm ularning barchasi haqida ekaniga dalolat qilmoqda. Darhaqiqat, Rosululloh ﷺ er yuzining qaysidir joyida biror musulmon oyni (hilolni) ko‘rsa, boshqa joydagi musulmonlarga uning guvohligini qabul qilishlari vojib bo‘lishi haqida aytganlar. Oy ko‘rish masalasida biror musulmonni boshqa bir musulmondan va biror joyni boshqa bir joydan afzal ko‘rilmaydi. Ansorlar jamoasi tomonidan shunday qavl vorid bo‘lgan. «Bulut tufayli shavvol oyi gumon bo‘lib qolgan edi, ro‘za tutgan holda tong ottirdik. Kunduzning nihoyasida bir karvon kelib, Rosululloh ﷺ huzurida kecha oyni ko‘rganlari haqida guvohlik berishdi. Shunda Rosululloh ﷺ og‘izlarni ochib ertaga hayitga chiqish to‘g‘risida buyruq berdilar». Ahmad rivoyati.
Ammo Abdulloh ibn Abbos Shom bilan Madinai Munavvara o‘rtasida safarda bo‘lgan bir kishi shomliklar oyni ko‘rgani haqida xabar keltirganda uni qabul qilmagan. Ulamolar bu raddiyani Abdulloh ibn Abbosning ijtihodi deb tushunishgan. Ma’lumki, sahobaning ijtihodi Qur’on va Sunnatda kelgan matnni na xoslaydi va na cheklaydi. Bundan tashqari ushbu ijtihod yuqorida kelgan dalilga zid. Chunki unda Rosululloh ﷺ tashqarida Madinai Munavvaraga kelgan musofirlarning oy ko‘rgani haqidagi guvohligini qabul qilgan edilar. Shuning uchun barcha musulmonlar bir kunda ro‘zani boshlashlari va bir kunda hayitga chiqishlari vojib. Dunyoning qaysi joyida bo‘lmasin, biror musulmonning ramazon va shavvol oyini ko‘rishi barcha musulmonlarga uni qabul qilishini vojib qiladi.
Hisobga o‘tadigan ko‘rish bu ko‘z bilan ko‘rishdir, astronomik hisob-kitoblar ko‘z bilan ko‘rish o‘rniga o‘tmaydi. Chunki ro‘za tutish va uni ochishni vojib qiladigan ish oyni ko‘z bilan ko‘rishdir. Zero, Rosululloh ﷺ:
«إِذَا رَأَيْتُمُوهُ فَصُومُوا، وَإِذَا رَأَيْتُمُوهُ فَأَفْطِرُوا، فَإِنْ غُمَّ عَلَيْكُمْ فَاقْدُرُوا لَهُ»
«Agar oyni ko‘rsangiz, ro‘zani boshlanglar. (Shavvol) oyini ko‘rganda esa, ro‘zadan chiqinglar. Agar havo bulutli bo‘lsa, oyni o‘ttiz kun qilib belgilanglar», deganlar. (Buxoriy rivoyati). Darhaqiqat, Islom ramazon va shavvolning boshlanishini oyni ko‘rishga cheklagan. Shuning uchun ramazonning boshlanishini belgilash va shavvolning boshida hayitni nishonlash uchun turli hisob-kitoblarga suyanish joiz emas.
Allohning izni bilan yaqinda tiklanajak Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik Rosululloh ﷺning sunnatini mahkam ushlash orqali Sharqdan Indoneziya, G‘arbdan Marokashgacha cho‘zilgan Islomiy Ummatni muborak ramazonning boshi va oxirida amaliy shaklda birlashtiradi.