O‘tish davri hukumatidagi fiqh akademiyasi musulmonlarni chalg‘itmoqda

341
0

Ramazonning birinchi kuni jum’a kuniga to‘g‘ri kelishi shar’an isbotlanishiga qaramay, o‘tish davri hukumatidagi fiqh akademiyasi ramazon shanba kunidan boshlanadi deya, e’lon qilib musulmonlarni chalg‘itmoqda

Sudandagi fiqh akademiyasi musulmonlarni chalg‘itish uchun jum’a kunini sha’bonning oxirgi kuni, 2020 yil 25 aprel shanba kuni ramazonning birinchi kuni deya e’lon qildi. Akademiya bu bilan Saudiya Arabistoni isbotlagan va bir necha islomiy yurtlarda shar’an isbotlangan oy ko‘rishga xilof yo‘l tutdi. Boshqa davlatlar esa, payshanba kuni sha’bonning o‘ttizinchisi va jum’a muborak ramazonning birinchi kuni qilib belgilashdi.

Biz Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati a’zolari mas’uliyat va omonatni o‘z bo‘ynimizga olgan holda, quyidagilarni aytamiz:

Birinchidan: Fiqh akademiyasining payshanba kunini 29 sha’bon, deya hisoblab, o‘sha kuni oy kuzatilishini e’lon qilishi ortidan 2020 yil 20 aprel dushanba kuni bayonot chiqardik. Biz ushbu bayonotda fiqh akademiyasi sha’bonning oxirgi kuni bo‘lgan payshanba kunini oy kuzatiladigan 29 sha’bon qilib belgilash orqali odamlarni aldayotganini bayon qildik.

Ikkinchidan: Saudiya Arabistoni sha’bonning 29 kuni oy kuzatiladigan kun bo‘lishiga qaramay, hijriy 1441 yil 30 sha’bon payshanba kunini oy kuzatiladigan kun qilib belgiladi. Shuningdek, o‘ttizinchi kuni oyni kuzatdi va jum’a ramazonning birinchi kuni ekani shar’an isbotlandi. Mana shuning o‘zi butun dunyodagi musulmonlar ro‘za tutishlari uchun etarli edi. Chunki oy bitta bo‘lib, Sudan uchun alohida va boshqa qit’alar uchun alohida oy mavjud emas.

Uchinchidan: Biz Sudan fiqh akademiyasidagi birodarlarimizga shunday savol bilan murojaat qilamiz: Sizlar sha’bon oyini kuzatdingizmi? Kuzatishingiz natijasida sha’bonning birinchi kuni 2020 yil 26 mart payshanba kuniga to‘g‘ri keldimi? Agar ha, deb javob bersangiz, nima uchun o‘z xitobingizda 2020 yil 25 mart chorshanba kuni sha’bonning birinchi kuni deb belgilagansiz?!

To‘rtinchidan: O‘tish davri hukumatining qilgan ishidan odamlarni aldash va bo‘yinlarigacha botgan inqirozdan chalg‘itish ko‘zda tutilgan.

Beshinchidan: Sudan va boshqa joylardagi musulmonlar haqidagi vojib shar’iy hukm jum’a kuni birinchi ro‘za kunidir. Chunki bu Payg‘ambarimiz ﷺning buyruqlarini amalga oshirish orqali shar’an isbotlandi. Zero, Payg‘ambarimiz shunday degan edilar:

«صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ؛ فَإِنْ غُمَّ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا الْعِدَّةَ ثَلَاثِينَ»

«Oyni ko‘rib ro‘zani boshlanglar, oyni ko‘rib ro‘zani tugatinglar. Agar havo bulutli bo‘lsa, oyni to‘liq o‘ttiz kun qilib belgilanglar». Fiqh akademiyasi bu ishi bilan odamlarni haromga, ya’ni ro‘za kunida ro‘za tutmaslikka majburladi. Shuning uchun akademiya keltirgan narsaga e’tibor berilmaydi, chunki xoliqqa isyon qilinadigan ishda maxluqqa itoat qilinmaydi.

Ammo ish egalariga itoat qilish vojibligi haqida aytayotganlarga kelsak, Xalifalik qulatilgan kundan bugunga qadar musulmonlar uchun ish egalari mavjud emas. Bugungi hokimlar shaytonning do‘stlari bo‘lib, Alloh nozil qilmagan ahkomlar bilan hukm yuritishmoqda. Itoat etish vojib bo‘lgan ish egasi esa, shar’iy bay’at orqali musulmonlarga xalifa etib saylangan kishidir. Shuning uchun Ummat bugun Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni qayta barpo etishga jiddiy harakat qilishi vojibdir. Musulmonlar xalifasiga bay’at berish unga itoat qilishni vojib qiladi va musulmonlar o‘rtasidagi ixtilofni ko‘taradi.

لِمِثْلِ هَذَا فَلْيَعْمَلِ الْعَامِلُونَ

«Bas, amal qilguvchilar mana shunday (mangu baxt saodat) uchun amal qilsinlar!» [Soffat 61]

Hizb ut-Tahrirning Sudandagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.