Nurafshon tariximizning ilk damlarini qaytaring

445
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Nurafshon tariximizning ilk damlarini qaytaring

Nemis tarixchisi Zigrid Xunke o‘zining «Arab quyoshining nuri G‘arbgacha taraldi» nomli kitobida Evropadagi shifoxonalar ahvoli bilan Xalifalik davlatidagi holatni o‘zaro taqqoslab bunday deydi:

«Franklar mamlakatida birinchi bor qurilgan kasalxonalardan eng yaxshisi «Hotel Dieu» kasalxonasi bo‘lgan.

U erda bemorlar tiqilinch bo‘lgani va somonlar solib berilib, erlarda yotishlari kishini hayron qoldiradi… Haqiqatdan ham shunday bo‘lgan.

Oziq-ovqat miqdoriga kelsak, juda oz berilardi… Bemorlar davolanadigan shunday bir bino zararkunanda hasharotlarga to‘la edi. Ustiga ustak, bino ichkarisidagi havo shu darajada qo‘lansa ediki, chidab bo‘lmasdi. Hatto u erda ishlovchilar ham ichkariga og‘iz-burunlariga namlangan latta tutib kirishardi. Bemorlardan o‘lganlar jasadi u erdan boshqa erga ko‘chirilgunga qadar yigirma to‘rt soat, ba’zan undan ham ko‘proq vaqt qoldirilar, boshqa kasallar o‘liklar yotgan erlarni tark etishga majbur bo‘lishardi».

Buning muqobili o‘laroq, yozuvchi Qurtubadagi bir frantsuz bemorning Frantsiyadagi otasiga yozgan maktubidan iqtibos keltiradi: «Sevikli otajon, pul kerak bo‘lsa mendan so‘rayver. Shuni aytmoqchimanki, shifoxonadan sog‘ayib chiqsam, menga yangi kiyimlar bilan beshta oltin tanga berishar ekan, toki bu erdan chiqiboq ishlashga majbur bo‘lmasligim uchun. Shunday ekan, endi hayvonlaringdan birortasini sotishinga hojat qolmadi. Faqat meni ko‘rmoqchi bo‘lsang, tezroq kel, men hozir suyak jarrohligi (travmatologiya) bo‘limida yotibman. Shifoxonaning katta darvozasidan kirganingda tashqi janubiy zaldan o‘tasan, u er poliklinika markazi ekan, meni yiqilganimda birinchi o‘sha erga olib kelishdi. U erda har bir bemor shifokorlar va ularning tibbiy yordamchilarining ilk ko‘rigidan o‘tadi. Kimlarining holati kasalxonada yotib davolanishiga zarurat tug‘dirmaydigan bo‘lsa, ularning uyda davolanishi uchun dori-darmon yozib beriladi va o‘sha hujjatga binoan dorixonadan dori oladi.

Ammo menga tibbiy yordam ko‘rsatganlaridan so‘ng ismimni kasalxonaga qayd etib, bosh shifokor ko‘rigiga topshirdilar, so‘ng meni tibbiy xodimlar ko‘tarib, erkaklar yotadigan bo‘limga olib kelishdi. Avval issiq hammom qilishdi va shifoxonaning toza kiyimini kiydirishdi…

Bu erga kelganingda chap tarafda katta binoni ko‘rasan, u erdagi keng zalda bosh shifokor tibbiy talabalarga nutq o‘qirkan. Orqa tomonga qarasang, yo‘lak ko‘rasan, u ayollar bo‘limiga olib boradi. Shuning uchun o‘ng tarafga qarab yurishing kerak. U erda ichki zalga va yo‘lakka duch kelasan, yo‘lak bo‘ylab yursang bizning jarrohlik bo‘limimiz bor. U erda bir zaldan musiqa ovozini eshitsang, o‘sha zalga kirib qara, ichkarida meni topasan. Biz shirin musiqalar eshitib yotamiz, vaqtimizni foydali kitob o‘qish bilan o‘tkazamiz… Bugun ertalab, odatdagidek ko‘pgina yordamchilari hamrohligida bosh shifokor kirdi. Meni tekshiruvdan o‘tkazgach, bo‘limimiz shifokoriga bir narsalarni aytib yozdirdi, tushunolmadim. U chiqib ketgach, shifokor menga tushuntirib, ertalabda o‘rnimdan turishim mumkinligini, yaqinda shifoxonadan sog‘-salomat chiqib ketishimni aytdi. Xudo haqqi, bu erdan chiqishni istamayapman. Chunki bu erda hamma narsa yaxshi va juda toza… Masalan, yumshoq kravat, ustiga oppoq ipakdek muloyim choyshab va yopinchiqlar to‘shalgan, par yostiqlar qo‘yilgan. Kasalxonaning har bir xonasida ichimlik suvi oqib turadi, mazza qilib simirasan. Kechqurunlari salqinda xona eshiklari yopib qo‘yiladi. Ovqatlarni aytmaysanmi… har kuni tovuq go‘shtidan tortib, chorva go‘shtlarigacha beriladi,  qorning to‘ygunicha eysan… Shuning uchun, tezroq kel otajon…».

Roya gazetasining 2020 yil 22 aprel chorshanba kungi 283-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.