بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
AQShning Suriyadagi siyosiy echimlari aniq dalillarga va ochiq haqiqatga ega
Ustoz Nosirshayx Abdulhay
Hizb ut-Tahrirning Suriyadagi
markaziy aloqalar qo‘mitasi a’zosi
Salibchi ruslar uchoqlari, g‘arazgo‘y Eron jangarilari va uning Livandagi Hizbi bilan qo‘llab-quvvatlangan tog‘ut Asad rejimining har bir vahshiyona hujumi ortidan BMT minbarlarida Amerikaning «siyosiy echim»i haqidagi gaplar ko‘payadi.
Xo‘sh, bu siyosiy echimdan maqsad nima, bu fikr qaerdan keldi, uning ortida kim turibdi, undan qanday maqsad-g‘oyalar ko‘zlangan, u qo‘zg‘olon manfaatiga xizmat qiladimi, yurt ahli azob-uqubatlari va bergan qurbonlariga yakun yasab, ularning farzandlari qirg‘in qilingani, uy-joylari vayron etilgani, go‘daklari tanalari sochib tashlangani uchun intiqom oladimi yoki Shom qo‘zg‘olonining g‘alaba qozonishidan qo‘rqayotgan g‘arblik dushmanlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi qonxo‘r rejim foydasiga xizmat qiladimi?!
Amerika Shom qo‘zg‘oloni boshlangan paytdayoq o‘z malayi Bashar Asadga uni bostirib, yo‘q qilishga buyurdi. Biroq qo‘zg‘olonning beli baquvvatligidan va qo‘zg‘olonchilarning qadami sobitligidan Amerika Shom qo‘zg‘oloni mintaqadagi boshqa qo‘zg‘olonlardan farq qilishini angladi. Anglab etgach, o‘ziga malay bo‘lgan va Suriya xalqiga dushman sanalgan hukmdorlarga rolь bo‘lishib berdi. Bu hukmdorlarning missiyasi zo‘ravonlik, qatli om hamda Shom ahlining uy-joylarini vayron etib, ularni qochqinga aylantirish bo‘ldi. «Do‘st» hukmdorlar esa, Amerikaning malayi Bashar rejimini yiqilishdan saqlab qolish uchun qo‘zg‘olonni jilovlash hamla qo‘zg‘olon ahlini talablaridan chalg‘itib, mustaqil qarorlarini o‘g‘irlash missiyasi bilan mashg‘ul bo‘lib keldi.
Qo‘zg‘olon boshlangandayoq jang maydonidagi etakchilar va xolis qo‘zg‘olonchilar bosim ostida qoldilar. Bu – Jeneva qarorlariga, rejim bilan muzokara qilish printsipiga va boshqa har qanday kelishuvga rozi bo‘lishlari uchun o‘tkazilgan bosim edi. Chunki bularga rozi bo‘lish, eski davlat bilan uning Shom ahlini ezib kelgan xavfsizlik va harbiy tashkilotlarini saqlab qolishga olib keladi. Davlatning avvalgidek Amerikaga tobe bo‘lib, uning nufuzini himoya qilishda davom etishini ta’minlaydi. Bu erda piramida tepasidagi kimsaning qolish yoki ketishining ahamiyati yo‘q. Chunki Amerika uni shaxs sifatida ushlab turayotgani yo‘q, balki alьternativaning pishib etilguniga qadar ushlab turibdi, pishib etilgach, saylovlar sahnasi qo‘yiladi-da, Bashar maydondan chiqarib yuboriladi, bu bilan qo‘zg‘olonda yiqilgan hisoblanmaydi, saylovdan o‘tolmagan bo‘ladi, xolos.
Qo‘zg‘olonchilar qo‘zg‘olon boshlangan ilk davrlarda Bashar rejimi bilan muzokaraga o‘tirishni jinoyat va xiyonat, deb bildilar. Shuning uchun qo‘zg‘olon dushmanlari ham harbiy, ham ma’naviy kuchlardan foydalangan holda, mug‘ombirlik yo‘lini tutishdi. Ya’ni, avvaliga xiyonat bo‘lgan yarashish va muzokara – endi, siyosiy tajriba va qon to‘kishga aylantirildi!
Bularning barchasidan qo‘zg‘olonni jilovlash va murakkab tus olmasidan oldin bo‘g‘izlab tashlash maqsad qilindi.
Shuning uchun Amerika siyosiy echimga tinmay chaqiradigan bo‘ldi. Ushbu zahri qotil echimning birinchi fasli 2012 yil «Jeneva-1»dan boshlandi, so‘ng uning Vena, Riyoz, Moskva, Ostona va Sochi kabi navbatdagi fasllari bo‘lib o‘tdi. Zohirdan qaraganda rahmdillik, ammo aslida azob hisoblangan bu echimdan maqsad, qo‘zg‘olonni yo‘q qilish, qonxo‘r rejimni saqlab qolish, orasiga boshqa davlatlar va ularning razvedkalari qo‘yniga kirgan soxta muxolafatni qo‘shish, Suriya konstitutsiyasiga bir oz o‘zgartishlar kiritib, ilmoniyligini saqlab qolish bo‘ldi. Chunki u ilmoniy bo‘lsa, Allohning shariatini va Islom boshqaruvini chetga chiqarib, uni davlat soyasida tatbiq qilishga chaqirgan har bir insonga qarshi kurashadi.
Turkiya esa, Shomda qo‘zg‘olonimiz alanga olgandan boshlab, unga qarshi til biriktiruvchilar iniga aylandi. Islomni ich-ichlaridan yomon ko‘radigan va Shom qo‘zg‘olonining g‘alabasidan qo‘rqadigan xalqaro razvedka josuslari Turkiyada to‘planib, qo‘zg‘olonchilarga qarshi makr to‘rini to‘qishdi, jangchi guruhlar etakchilari va nufuzli kishilarni to‘g‘ri yo‘llaridan adashtirish uchun ularni jirkanch pullar bilan sotib olish ustida ishlashdi.
Siyosiy jihatdan, Amerika Turkiya rahnamoligida ilmoniy milliy koalitsiya tuzishni buyurdi. Bundan qo‘zg‘olonga siyosiy tus berish hamda uni dushmanga sotib, tinchlik, yarashuv, muzokara echimlari va yolg‘on siyosiy echim orqali qo‘zg‘olon masalasini soxtalashtirish ko‘zlandi.
Demak, siyosiy, deya da’vo qilingan bu echimdan, jilovlash orqali qo‘zg‘olonni yo‘q qilish, uning xalqchilligidan ayrish va tarkibidagi mavjud energiyasini so‘ndirish maqsad qilingan. Toki, Shom qo‘zg‘olonida ham Misr, Tunis, Liviya va Yamandagi alamli tajribalardan foydalanilsin. Ya’ni, ushbu yurtlardagi holat rejim arkonlarini saqlab qolib, ba’zi siyosiy basharalarni o‘zgartirib qo‘yishdan iborat bo‘lgan. Barchamiz bu qo‘zg‘olonlar taqdirini yaxshi bilamiz.
Shunday qilib, qirg‘in va vayronagarchiliklar, guruhlarning og‘zini yopish, hukumatlarning, asosan «Inqoz» hukumatining odamlarga bosim qilishi, ularning peshona terlari bilan arang topgan bir burda nonlarini ham tortib olish, zimmalariga soliq va to‘lovlar yuklash kabi… Shom ahli boshiga shuncha azob-uqubatlarni solishdan maqsad bitta. U ham bo‘lsa, barchalarini mag‘lub qilib, tiz cho‘ktirib, mana shu «siyosiy» echimga rozi bo‘lishga majburlashdir. Aslida, u «qo‘llab-quvvatlovchi» davlatlar buyrug‘i bilan «siyosiy echim», deyilgan, aslida esa, taslim bo‘lish echimi hisoblangan echimdir.
To‘qqiz yildan buyon AQSh, Evropa, Turkiya, Rossiya va Eron Suriyadagi echim siyosiy echimdir, deb kelishyapti! Ammo qanday siyosiy echim to‘g‘risida gapirishyapti?!
Ularning siyosiy echim, degandagi niyatlari Amerikaning zahri qotil echimlarini Shom musulmonlariga zo‘rlab o‘tkazishdir. Buni esa, harbiy yo‘l bilan zo‘rlab tiqishtirishyapti, masalan, samolyotlar, zambaraklar, raketalar, rus salibchilari va Asad Nusayrilari hujumlari bilan amalga oshirishyapti. Turk rejimi bo‘lsa, siyosiy makrlar qilib, jangchi guruhlarning qurol-aslahasini o‘z nazorati ostiga olyapti… Guruhlar etakchilari esa, «qo‘llab-quvvatlovchi» davlatlar bilan aloqa qilib, ularning amrlariga itoat qilishyapti!
Siyosiy echim tafsilotlariga qaytadigan bo‘lsak, u Xavfsizlik Kengashining 2118 bilan 2254 raqamli rezolyutsiyasiga hamda shu rezolyutsiyaga aloqador qarorlarga asoslangan. Zero, ularda qo‘zg‘olonga yakun yasash, yakun yasalishi ortidan anavi qonxo‘r rejimga qarshi har qanday hujumni oldini olish, shuningdek, o‘tish davri boshqaruvi tadbirlarini boshlash ko‘zda tutilgan. Bu tadbirlarga ko‘ra, mehmonxona muxolafatchilari va shu bosqichga tayyorlanish uchun o‘zlarini «bo‘linib chiqqan»liklarini da’vo qilayotgan kimsalar ayni boshqaruvda rejim bilan hamkorlikda hukm yuritishadi. Sharmandaliklari bilan hammaning ko‘nglini zada qilgan bu hay’atga Bashar Asad ham 18 oy muddatda a’zo bo‘lib turadi. Shu bilan birga, konstitutsiya tuzuvchi yoki unga tuzatish kirituvchi komissiya tashkil qilinadi. Odamlarga tinimsiz zulm qilib kelgan xavfsizlik va harbiy tashkilotning saqlab qolinishi va ularning amerikaparast eski davlat tomonidan boshqarilishi ta’minlanadi. Shuningdek, saylovlar sahnasi boshlanib, unda tog‘utning o‘zi ham qatnashadi… Bu haqda 2015 yil Jon Kerri «Bashar o‘z nomzodini qo‘yadi, muxolafat esa, uning saylovda muvaffaqiyat qozonmasligi uchun harakat qilishi kerak», deya bayonot bergan. Barchamizga yaxshi ma’lum, AQSh va BMT bu qonxo‘r rejimni tan oladi, hatto uni himoya qilib, unga qonuniylik tusini berishmoqda, tiriklik vositalari bilan ta’minlashyapti, bunga Bashar Ja’fariyning Suriyaning BMTdagi favqulodda va maxsus vakili bo‘lib turgani dalildir.
Tabiiyki, bu echim qo‘zg‘olonning barcha ko‘rinishlari bilan yo‘q qilishni hamda odamlarni qurolsizlantirib, qo‘zg‘olonni muayyan tartibga cheklab qo‘yishni zimdan talab qilmoqda. Unda Turkiya tomonidan boshqariladigan va avvaldan rejalashtirilgan milliy armiya uchun bir poydevor paydo qilinib, qonxo‘r rejim armiyasi bilan birlashtiriladi… Bunday shaytoniy tadbirni albatta Amerika chizib bergan bo‘lsa, Turkiya uni Suriyada ijro etmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bizning muammo faqat Bashar Asad shaxsida emas, balki u hukm yuritayotgan rejimdadir. Bu kofir, zolim va qattol rejimni barcha arkonu basharalari bilan qo‘shib yiqitish va odamlarni uning yovuzligidan qutqarishimiz darkor. Biz millionlab shahidlar berganimizdan so‘ng endi ta’mirlash va tuzatish amaliyoti bilan shug‘ullanmasligimiz kerak. Mudom Shomdagi xolis insonlar tomirida qon jo‘sh urib turar ekan, Alloh izni ila, hargiz bunday qilmaymiz.
To‘g‘ri, zerikarli sahna o‘yinlari va ochiqdan-ochiq xoinlik va taslim bo‘lishlar orqali ko‘plab ziyonlar ko‘rilayotgan va mintaqalar boy berilayotgan bo‘lsa-da, biroq hanuz imkoniyatlar mavjud va nusrat potentsiallari tayyordir. Yuraklarimizda o‘zgartirish istagi bisyor bo‘lib, qo‘zg‘olon mafkurasi otashdek yonmoqda. Bizda faqat bir narsa etishmayapti, xolos. U ham bo‘lsa, anavi xoin etakchilardan o‘z huquq va qarorlarimizni qayta egallamoqdir. Ular bu qarorlarimizni «qo‘llab-quvvatlovchi» davlatlarga berib qo‘yib, o‘zlari ham zoe ketishdi va bularni ham zoe ketkazishdi. Shoyadki, mana shunda Alloh bizdan rozi bo‘lib, nusratini ayamasa. Zero, U Zot bunday deydi:
وَلَيَنْصُرَنَّ اللهُ مَنْ يَنْصُرُهُ إِنَّ اللهَ لَقَوِيٌّ عَزِيزٌ
«Alloh O‘ziga (ya’ni diniga) yordam beradigan zotlarga albatta nusrat berur, shubhasiz, Alloh kuchli qudratlidir» [Haj 40]
Roya gazetasining 2020 yil 22 aprel chorshanba kungi 283-sonidan