بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Ey musulmonlar! Rohinga musulmonlariga yordam bering, ular sizning birodarlaringiz!
Al-Jazira net veb-sayti (hijriy 1441 yil 23 sha’bon, milodiy 2020 yil 16 aprel payshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:
«Bangladesh hukumati uch yuzdan ziyod rohinga musulmonlarini hibsga oldi. Ular dengiz orqali Malayziyaga etib borishga muvaffaq bo‘lolmay, Bangladesh sohillariga qaytishga majbur bo‘lgan edilar. Ikki oy davomida dengizda adashib yurgan ushbu kemada yigirmadan ziyod yo‘lovchi ochlikdan halok bo‘ldi. Bangladesh sohil xavfsizligi kuchlaridagi bir rasmiy payshanba kuni «Kecha 382 kishi qutqarilgan kema bortida kamida 24 nafar rohinga halok bo‘lgan», dedi. Uning qo‘shimcha qilishicha, «qutqarilganlar dengizda ikki oy tentirab yurganlar va ochlikdan tinkalari qurigan». Shuningdek, ularni – zulm va repressiya ostidagi – qo‘shni Mьyanmaga qaytarib yuborish to‘g‘risida «yakuniy qaror» qabul qilingan. Malayziyadagi axborot manbalariga ko‘ra, Malayziya hukumati o‘zining barcha sohilbo‘yi chegaralarini koronavirus kirib kelmasligi uchun yopib qo‘ygan, shu sababli kema qaytib ketishga majbur bo‘lgan. Bundan ikki oy oldin Bangladeshdagi qochqinlar jamlog‘ida yashovchi ko‘pchiligi ayollar va bolalardan iborat to‘rt yuz nafar atrofidagi shaxs Malayziyaga etib olish uchun Bengal ko‘rfazidan yo‘lga tushishgan edi. Biroq Malayziyadagi jinoyatkor rejim kemaga o‘zining regional suvlariga kirishiga ruxsat bermagan, so‘ng Bangladeshning janubiy sharqida joylashgan Koks-Bozor shahriga qaytib kelgunlariga qadar, oqim kemani xalqaro suvda haftalab oqizib yurgan… Hozirda bu shaharda 34ta qochqinlar jamlog‘i bor. Jamloqlarda aksar aholisi butparastlar bo‘lgan Mьyanmadagi repressiyadan qochib kelgan milliondan ortiq qochqin yashaydi».
Roya gazetasi sharhi:
Bu fojiali hodisa birinchi marta bo‘layotgani yo‘q va mudom, dunyo rahbarlari, ayniqsa, musulmon yurtlaridagi, shu jumladan Bangladeshdagi hukmdorlar bu holga ko‘z yumib-sukut qilib kelishayotgan ekan, oxirgisi ham emas. Zero, musulmon yurtlaridagi hukmdorlarning barchasi mustamlakachi kofir G‘ardagi xo‘jayinlarining yovuz rejalarini amalga oshirishmoqda. Bangladesh hukumati qochqinlardan «to‘ygan». Chunki u o‘zidagi yomon iqtisodiy vaziyatni dastaklab, qochqinlarni ortiqcha yuk, deb biladi. Qaytib ketishdan bosh tortgan qochqinlarga juda shafqatsiz munosabatda bo‘lishmoqda. Ulardan ismlari terroristlar ro‘yxatida bo‘lgan bir nechtasini hibsga oldi hamda Mьyanmadagi tegishli organlar bilan muvofiqlashgan holda, deportatsiya qilgunlariga qadar ularga ovqat ham bermadi, harakatlanishdan ham taqiqladi.
Yolg‘iz Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatigina ushbu Ummat ishlariga g‘amxo‘rlik qilib, ularni yirtqich mustamlakachi kuchlar va ularning musulmon yurtlaridagi malaylari qo‘lidan ozod etadi. Shuning uchun rohinga musulmonlarining haqiqiy ozodligi roshid Xalifalikdan boshqa davlatda hargiz ro‘yobga chiqmaydi. Rosululloh ﷺ
«وَإِنَّمَا الْإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ»
«Imom-xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi», deya marhamat qilganlar. (Muslim rivoyati). Allohning izni ila ushbu davlatning barpo bo‘lish vaqti keldi. Insha Alloh buning alomatlari yaqin ufqda ko‘zga tashlana boshladi.
Roya gazetasining 2020 yil 22 aprel chorshanba kungi 283-sonidan