Islomda Iqtisod nizomi: Umumiy mulk
Umumiy mulk
Umumiy mulk uch turlidir:
1. Jamoat zaruratlaridan hisoblangan narsalar.
Ular shunday ashyolarki, agar biror shahar yoki jamoatga etishmay qolsa, odamlar ularni izlab, har tarafga tarqab ketadilar. Buloqlar va yaylovlar kabi.
2. Tugamaydigan ma’danlar.
Surma, oltin, kumush, temir, neft kabi konlar kabi.
3. Yolg‘iz shaxsning o‘ziniki qilib olishi tabiatan mumkin bo‘lmagan narsalar.
Yo‘l, daryo, dengiz, ko‘l, kanal, ko‘rfaz, bo‘g‘oz kabilar shu qismga kiradi. Masjidlar, davlat maktablari, shifoxonalar, o‘yingohlar ham ularga qo‘shiladi.
Umumiy mulkdan foydalanish
Umumiy mulkning maxsulot va kirimlarining hisob kitobini Baytulmol olib boradi. Uni sarflash xalifaning ra’yiga muvofiq bo‘ladi.
Davlat fuqarosi (tobei) – yosh qariligining farqi yo‘q – umumiy mulk va uning daromadlaridan foydalana oladi.
Birinchi qism: Suv, yaylov, to‘qay, umumiy yo‘llar, dengizlar, daryolar, ko‘l va katta kanallar. Har bir shaxs bulardan bevosita foydalanishi mumkin.
Ikkinchi qism: bevosita foydalanish mumkin bo‘lmagan neft, gaz konlari kabilarni qazib olishni davlat zimmasiga oladi va daromadlarini musulmonlarning baytklmoliga qo‘yadi. Xalifa o‘z ijtihodi bo‘yicha musulmonlar manfaatlari uchun mazkur konlar maxsuloti va daromadlarini taqsimlaydi.
Umumiy mulk mahsulot va daromadlarini taqsimlashda xalifa quyidagicha yo‘l tutishi mumkin.
Birinchi: umumiy mulkka tegishli narsalarga sarflanadi:
1) Umumiy mulk binolari, ro‘yxaga olish idoralari va boshqalar;
2) Mutaxassis, xizmatchilarga v.h.k;
3) Uskunalar sotib olish, zavodlar qurish, transport vositalari sotib olish v.h.k.
4) Suv nasoslari, suv ququrlariga;
5) Genetartor, elektr stantsiyalari, simyog‘och va simlarga;
6) Poezd va tramvaylarga.
Ikkinchi: Umumiy mulkni bepul tarqatish joiz. Shuningdek, o‘z tan narxida yoki bozor narxida sotish ham joiz. Bundan tushgan daromadlar yana qayta umumiy mulk sarflanishi mumkin bo‘lgan o‘rinlarga sarflanadi.
Kapitalistik tuzumda bu kabi umumiy mulk turiga kiruvchi boyliklarni kapitalistlar egallab oladi-da, natijada boshqa odamlar undan foydalanishdan mahrum bo‘lishadi. Odamlardan bulardan foydalanishi uchun kapitalistlarga qul bo‘lishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, bu kapitalistlar dunyo mamlakatlarini mustamlaka qilib olishgan va ularning boyliklarini olib chiqib ketishadi. Bunday mustamlakachi tuzum hozirgi kunda yangi mustamlakachilik ko‘rinishida amalga oshirilmoqda. Xorijiy kompaniya investor sifatida kelib mustamlaka ostidagi davlatni o‘z manfaatlariga mos shartlarni qabul qilishga majbur qiladi. Bunga Qirg‘izistondagi Qumtor oltin konini misol sifatida keltirish mumkin.
Chorak asrdan beri Qumtordan qazib olingan 400 tonnaga yaqin oltindan Qirg‘iziston 40 tonnagina foyda ko‘rdi. Bu ham kamlik qilganidek, qulatilgan tog‘, yakson etilgan muzlik, zaharli chiqindi ko‘li bizga “sovg‘a” bo‘lib qolmoqda.
Abdulhakiym Qoraxoniy