Jum’a va jamoat namozini to‘xtatish shar’an joiz emas

531
0

Matbuot bayonoti

وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن مَّنَعَ مَسَاجِدَ اللَّهِ أَن يُذْكَرَ فِيهَا اسْمُهُ

«Allohning masjidlarini ularda Alloh ismi zikr qilinishidan to‘sadigan kimsalardan ham zolimroq kim bor?»

Jum’a va jamoat namozini to‘xtatish shar’an joiz emas

Iordaniyadagi vaqf va islomiy ishlar vaziri doktor Muhammad Xaloyila ilgarigi kuni mamlakatdagi masjidlar ramazon oyi davomida ham yopiq qolishini ma’lum qildi. Vazir «Biz muborak ramazonni kutib olamiz, lekin ramazon oyida masjidlar yopiq qoladi, jamoat va tarovih namozlarini uyda o‘qiymiz», dedi. Uning aytishicha, bundan maqsad islomiy shariat maqsadlarini ro‘yobga chiqarish va odamlar jonini himoya qilishdir.

Biz ushbu bayonotga munosabat bildirib quyidagilarni aytamiz:

1 –   Iordaniya rejimi koronavirus epidemiyasidan masjidlarni yopiq ushlab turishda foydalanmoqda. Rejim bu bilan Islom va musulmonlarga nisbatan adovat qilish, Islom va uning shar’iy hukmlarini hayot maydonidan siqib chiqarish, masjidlarni berkitish va faqat masjidlardagina o‘qiladigan jum’a kabi farz namozlarni to‘xtatish singari yashirin va oshkora sirlarini namoyon qilmoqda. Rosululloh ﷺning quyidagi hadisi naqadar unga mos keladi:

«لتُنْقَضَنَّ عُرَى الْإِسْلَامِ، عُرْوَةً عُرْوَةً، فَكُلَّمَا انْتَقَضَتْ عُرْوَةٌ، تَشَبَّثَ النَّاسُ بِالَّتِي تَلِيهَا، وَأَوَّلُهُنَّ نَقْضًا الْحُكْمُ، وَآخِرُهُنَّ الصَّلَاةُ»

«Islomning arqonlari birma-bir uzilib boraveradi. Qachon bir arqon uzilsa, odamlar undan keyingi arqonga yopishib olishadi. Birinchi uziladigan arqon hukm bo‘lsa, oxirgisi namozdir». Darhaqiqat, bu rejim Allohning shariati bilan boshqarishni tark etib bo‘lgan. Endi esa, masjidlarda namoz o‘qishni man qilmoqda.

2 –   Kuzatilishicha, hukumat milliy xavfsizlik markazi va inqirozlar idorasi orqali jamiyatdagi turli sektorlarda, shu jumladan katta bozorlar va Aqaba kabi epidemiyadan xoli mintaqalarda hayotni o‘z iziga qaytarish uchun harakat qilmoqda. Hukumat bunda kerakli ehtiyot choralarini ko‘rish hamda odamlar manfaatidan oldin o‘zining manfaatini ro‘yobga chiqarish borasida bosh qotirmoqda. Agar u masjidlarni ochishni istaganida vaqf ishlari vazirining hujjatidan foydalanish, odamlar joni borasida savdolashish va masjidlarni yopish uchun ularning ehtiyojlaridan foydalanish o‘rniga kerakli ehtiyot chora-tadbirlarni ko‘rgan bo‘lar edi. Chunki o‘nlagan odamlarni kasal yuqishi ehtimoli baland bo‘lgan bozor va korxonalarga kirishini tartiblay oladigan davlat bu ishlarni Allohning uylarida ham qilishga qodir. Chunki Allohning uylari er yuzidagi eng pok joylar bo‘lib, ularga eng pok kishilar kiradilar.

3 –   Pandemiya paytida jum’a va jamoat namozlari ommaviy shaklda to‘xtatilmaydi. Balki kasallar alohida ajratilib, jum’a va jamoat namozi o‘qish uchun masjidlarga kiritilmaydi. Shuningdek, tozalik va dezinfektsiya tadbirlari qo‘llanadi. Sog‘lom kishilar esa, to‘xtamay jum’a va jamoat namozlariga qatnayveradilar.

4 –   Jum’a va jamoat namozlari haqida vorid bo‘lgan dalillar ularni mutlaq to‘xtatishni taqozo qilmaydi, balki ularni ado qilish uchun katta sondagi odamlar shart emas. Masalan, jamoat namozi farzi kifoya bo‘lib, u ochiq ado etilishi lozim. Payg‘ambarimiz ﷺ bu haqda shunday deydi:

«مَا مِنْ ثَلَاثَةٍ فِي قَرْيَةٍ وَلَا بَدْوٍ لَا تُقَامُ فِيهِمْ الصَّلَاةُ إِلَّا قَدْ اسْتَحْوَذَ عَلَيْهِمْ الشَّيْطَانُ، عَلَيْكَ بِالْجَمَاعَةِ فَإِنَّمَا يَأْخُذُ الذِّئْبُ مِنَ الْغَنَمِ الْقَاصِيَةَ»

«Biror qishloq va sahroda uch kishi bo‘la turib, namoz o‘qilmasa, ularni shayton egallab oladi. Jamoat namozini qoldirma, chunki bo‘ri podadan ajralganni eydi».

5 –   Ammo jum’a namoziga kelsak, u farzi ayndir va u shar’iy uzr bilangina soqit bo‘ladi. Alloh Taolo aytadi:

إِذَا نُودِي لِلصَّلاَةِ مِنْ يَوْمِ الْجُمُعَةِ فَاسْعَوْا إِلَى ذِكْرِ اللَّهِ وَذَرُوا الْبَيْعَ

«Ey mo‘minlar, qachon Jum’a kunidagi namozga chorlansa (ya’ni azon aytilsa), darhol Allohning zikriga boringlar va oldi-sotdini tark qilinglar!» [Jum’a 9]

«الْجُمُعَةُ حَقٌّ وَاجِبٌ عَلَى كُلِّ مُسْلِمٍ فِي جَمَاعَةٍ إِلَّا أَرْبَعَةٌ: عَبْدٌ مَمْلُوكٌ، أَوِ امْرَأَةٌ، أَوْ صَبِيٌّ، أَوْ مَرِيضٌ»

«Jum’a namozi har bir musulmonga jamoat bo‘lib o‘qilishi vojibdir. Faqat to‘rt kishi bundan mustasno: qul, ayol kishi, yosh bola va bemor».

6 –   Vaqf ishlari vazirining ramazon oyi boshlanishidan o‘n kun oldin masjidlar yopiq qolishi haqida shoshilinch qaror chiqarishi rejimning har qanday bahona bilan musulmonlarni masjidlardan to‘sish istagi kuchli ekanini ko‘rsatmoqda. Odamlar yig‘ilganda ko‘pchilik kasalga chalinishi mumkin, chunki bunday paytda kasallik yuqishidan saqlanishning iloji yo‘q, degan gap zaif ehtimoldir. Ayniqsa jamoat namozi uchun ikki kishi, jum’a namozi uchun esa uch kishi jamoat bo‘laveradi. Kasallikdan saqlanish degani farz namozlarni tark qilishni anglatmaydi, balki ehtiyot choralarini qo‘llash orqali ado etilaveradi.

7 –   Rejim jamoat va jum’a namozlarini man qilishga chuqur kirishar ekan, jum’a kunini o‘zini ham to‘la yopib qo‘ymoqchi. Mana ketma-ket uchinchi jum’a ham o‘tdi, ko‘chaga chiqish mumkin emas, bunga shanba kunini ham qo‘shib qo‘ydi. Bundan maqsad, odamlar hukumat bu ishlarni musulmonlarni jum’a namozidan hamda ular jum’a namozini o‘qish uchun ochiq maydon va ochiq havoda yig‘ilishlaridan qaytarish uchun qilyapti degan shubha uyg‘otmaslikdir. Bu esa, hukumatning islomiy shiorlar, xususan jum’a namoziga qarshi kurashayotganining belgisidir. Chunki jum’a musulmonlarni birlashtiruvchi ramz hamda ularning doimiy yangilanib turadigan muammolari haqida bosh qotiradigan anjuman o‘rnidadir. Shuningdek, u musulmonlar Allohdan vabo va balolarni islomiy Ummatdan ko‘tarishini so‘rab duo qiladigan yig‘ilishdir.

8 –   Islomiy yurtlardagi hokimlarni inkor qilish vojibdir. Chunki ular shariatga teskari yo‘l tutmoqdalar hamda qarichma-qarich va qadamma-qadam mustamlakachi kofirlar yo‘lidan yurmoqdalar. Agar o‘sha kofir davlatlar muayyan kasallikni davolashda bir yo‘lni tutsalar hokimlar ularga ergashmoqda. Agar kofir davlatlar barchaga ham to‘g‘ri kelavermaydigan echim tanlasalar, o‘shanga yopishib, uni davo va shifo deb qabul qilishmoqda. Rosululloh ﷺ aytadilar:

«سَتَكُونُ أُمَرَاءُ فَتَعْرِفُونَ وَتُنْكِرُونَ فَمَنْ عَرَفَ فَقَدْ بَرِئَ وَمَنْ أَنْكَرَ سَلِمَ، وَلَكِنْ مَنْ رَضِيَ وَتَابَعَ، قَالُوا: أَفَلاَ نُقَاتِلهُمْ؟ قَالَ: لاَ. مَا صَلُّوْا»

«Kelajakda amirlar bo‘ladi, sizlar (ularning ma’ruf va munkar amallarini juda yaxshi) bilasizlar va (munkarlarini) inkor etasizlar. Bas, kim (ularning munkar amallarini) bilib, (yomon ko‘rsa) pok bo‘ladi, kim (ularning munkar amallarini) inkor qilsa salomat qoladi, lekin kimda kim (munkarga) rozi bo‘lib, ergashsa bormi! Biz unday amirlarga qarshi jang qilamizmi, deb so‘rashdi, Payg‘ambar  aytdilar: Yo‘q, modomiki namoz o‘qir ekanlar (ularga qarshi jang qilmaysiz)».

Ey musulmonlar… Ey Iordaniya ahli

Allohning izni bilan yaqinda barpo bo‘lajak Xalifalik davlati bu kabi ishlarni muolaja qilishda kofirlar yo‘liga ergashmaydi. Balki Payg‘ambarimiz ﷺ hidoyatiga ergashib, jum’a va jamoat namozlarini bekor qilmaydi. Shar’iy uzri bo‘lganlar jum’a va jamoat namozlariga qatnashmaydi, boshqalar esa, qatnashadi. Kasallar alohida ajratiladi, sog‘lom kishilar esa, ishlarini davom ettiradilar, masjidlarga borib, Allohdan ushbu kasallikdan saqlashini hamda vabo va balolarni ko‘tarishini so‘rab duo qiladilar.

فَمَاذَا بَعْدَ الْحَقِّ إِلَّا الضَّلَالُ

«Haqiqatdan keyin esa, faqatgina yo‘ldan ozish bor, xolos» [Yunus 32]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.