بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Musulmonlar er yuziga etakchilik va hukmronlik qilishga eng munosib ekanliklarini anglab etish vaqti keldi
Liberal kapitalistik tuzumning muvaffaqiyatsizligi allaqachon o‘z isbotini topgan esa-da, biroq koronavirus epidemiyasi dunyoni vayron qilayotgan ayni damdagi krizisni nazorat qilishda ayni tuzumning naqadar omadsiz ekanini isbotlab qo‘ydi. Shuning uchun musulmonlar bashariyatni kasallik va epidemiyalardan qutqarishga, odamlarni chirik kapitalizmdan xalos etishga Xitoydan ham, AQShdan ham, boshqa davlatlardan ham eng munosibi o‘zlari ekanini tushunib etmoqlari lozim. Chunki ular shunday bir Ummatdirlarki, qalblarida sog‘lom siyosiy va ruhiy aqida bor va bu aqidadan insonning barcha muammosini hal etishga qodir bo‘lgan tuzum balqib chiqadi hamda ular hech kimda bo‘lmagan boyliklarga va energiyaga ega. Bu esa, ulardan ushbu aqida va undan balqib chiqadigan tuzumni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali tatbiq o‘rniga qo‘yishni talab qilmoqda. Xalifalik davlati o‘z fuqarolariga, ularning dinlari, millatlari va ranglaridan qat’iy nazar, to‘g‘ri va real boshqaruvni taqdim etadi va bunda hech qanday moddiy va iqtisodiy foydani ko‘zlamaydi. Yo‘q, balki uning g‘oyasi avvalo, shu orqali Alloh Taoloni rozi qilish, qolaversa, fuqarolariga manfaat etkazishdir. U shunday davlatdirki, vabolar bilan zaiflashmaydi va krizislar paytida o‘ziga qarshi kurashayotgan dushmanlaridan yordam so‘ramaydi. Balki o‘zining barcha ichki imkoniyatlari va Ummat energiyasini ishga solib, butun insoniyat erishgan ilm-fan va texnologiyadan oqilona foydalanadi va bularni insoniyat manfaati uchun ishlatadi… barcha krizislar va favqulodda holatlarga doim tayyor turadi. Buni buyuk shariat ahkomlari talab qilganidek, davlatning javobgarligi ostidagi ishlar bo‘lgani uchun shunday qiladi.
Roya gazetasining 2020 yil 15 aprel chorshanba kungi 282-sonidan