Ey musulmonlar! Sizning davringiz keldi! Jiddiy harakat qiling!

464
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ey musulmonlar! Sizning davringiz keldi! Jiddiy harakat qiling!

O‘tgan asrda G‘arbning rivojlanishi, ustunligi va g‘oyat takabburlik bilan boshqalarni mensimasligi barcha sohada biz musulmonlarga qimmatga tushdi. Biz buning og‘ir badalini xalqaro siyosiy sahnadan chetda qolish, iqtisod, ilm-fan va harbiy sohadagi qoloqlik, kambag‘allik, qarzdorlik, qaramlik bilan to‘lab keldik. Biroq bugun G‘arbning emirilishi va siyosiy, moliyaviy, iqtisodiy krizislarga uchrashi, bizga avvalgidan ham ayanchli darajada qimmatga tushishi mumkin. Chunki endi bizning ustimizdagi G‘arb davlatlarining raqobat-kurashlari va buning oqibatlari yanada ortadi.

Iqtisodiy holatimiz G‘arbning muvaffaqiyatsizligi va krizislari tufayli yana ham yomonlashadi. Chunki u o‘zidagi kamomadni bizning hisobimizga to‘ldirish uchun boyliklarimizni ko‘proq o‘g‘irlaydi, farzandlarimizni ko‘proq qul qiladi.

Ushbu ham ochko‘z, ham majruh kapitalistik tuzum bor ekan, er yuzida zaifhol bo‘lgan biz musulmonlar uchun kelajak ayanchlidir. Shuning uchun kutilayotgan bunday dahshatli kelajakdan saqlanishimiz lozim. Buning uchun, biz musulmonlar G‘arbning bugungi vaziyatidan qulay fursat sifatida foydalanib, yurtlarimizdagi hukmronligi, mustamlakachiligi va nufuzidan qutulishga, qaytadan o‘z saltanatimiz va qarorimizga, shar’iy mustaqilligimizga ega bo‘lmog‘imiz darkor. Ana shundan so‘ng butun insoniyatni halokat jarligiga olib kelgan bunday kapitalizm tuzumini bo‘g‘zidan olib, butkul yo‘q qilishga harakat qilamiz.

Buning tadorigini ko‘rib, tezroq harakatga kirishmasak, ochko‘z va majruh kapitalizm tuzumi bor ekan, bizni ham, insoniyatni ham tobora qora kunlar kutmoqda.

Bas, shunday ekan, ey musulmonlar, keling tezroq jiddiy harakat qilaylik, sizning davringiz keldi.

Roya gazetasining 2020 yil 15 aprel chorshanba kungi 282-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.