Karantin, iqtisodning vayron bo‘lishi yoki kasallikka duchor bo‘lish…

471
0

Karantin, iqtisodning vayron bo‘lishi yoki kasallikka duchor bo‘lish…

Koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashishda Iordaniya rejimi qo‘llagan choralarning og‘ir natijalari

Oziq-ovqat ta’minoti, sog‘liqni saqlash va bolalarga ta’lim berish sohasida odamlarning turmushi koronavirus inqirozidan oldin ham havas qiladigan holatda emas edi. Soliqlar oshib, yashash xarajatlari ko‘paygan va ishsizlik nisbati ortib, 20 %ga yaqinlashib qolgan edi. Davlat o‘zining halokat yoqasiga kelib qolgan iqtisodini va shu yil yanvarda 42 milliard dollarga etgan ulkan qarzlarini o‘ttiz yillardan beri Xalqaro Valyuta Fondi programmalari asosida muolaja qilishga, shuningdek, Tramp bilan yashirin va oshkora tuzilgan shartnoma bandlariga aloqador loyihalarni ijro etishga harakat qilib keldi.

Hukumat koronavirus yoyilishini to‘xtatib qolish borasida bir-biriga zid va pala-partish choralar qo‘lladi. Ayrim choralar kech qoldi va karantin me’yorlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmadi. Ayrim tadbirlar esa, bir necha haftalarga kechikdi. Qolaversa, ulardan rejimni qo‘llab-quvvatlash va «xalqchilligi»ni oshirishda foydalanildi. Ayni paytda esa, odamlarning g‘azabi va noroziligi kuchaydi. So‘ngra rejim koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun «himoya» qonuniga amal qilishni e’lon qildi. Ortidan hukumat odamlarni uylariga qamadi. Natijada, sog‘liqni saqlash, ta’lim va odamlar turmushi sohasida hayotning barcha ko‘rinishlari to‘xtadi, iqtisod o‘tirdi. Odamlar uchun keng er tor bo‘lib qoldi. Shuningdek, ular uyda bekor o‘tirar ekanlar, cho‘ntagida qolgan bor pullarini oziq-ovqatga sarflashdi.

Fojiali vaziyat rejim umid qilgan narsaning teskari natijasini bera boshlagach, hukumat rasmiy voizi sog‘liqni saqlash vaziri bilan birga «jiddiy va keskin choralar ko‘rilsa, yaqinda hayot yana o‘z iziga qaytadi va masjidlar yana ochiladi», deb bildirishdi. Vaholanki, ilgarigi kuni yana 22ta shaxs kasalga chalingani haqida xabar berildi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash vazirining ta’biricha, biror bir holatning qayd etilmasligi inqirozning tugaganini anglatmaydi.

Biz yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagilarni aytamiz:

Birinchidan: Rejimning Islom bayon qilgan siyosatni yurgizishi qulay va engil ish edi. Rosululloh ﷺ aytadilar:

«إِذَا سَمِعْتُمْ بِالطَّاعُونِ بِأَرْضٍ فَلَا تَدْخُلُوهَا وَإِذَا وَقَعَ بِأَرْضٍ وَأَنْتُمْ بِهَا فَلَا تَخْرُجُوا مِنْهَا»

«Agar biror joyda o‘lat tarqalganini eshitsangiz, u erga kirmang. Agar siz turgan joyda o‘lat tarqalsa, u erdan chiqmang». Islomiy davlat bir necha yuz yillar aynan mana shu siyosatni yurgizdi. epidemiya tarqalgan payt uni cheklash uchun aynan mana shu siyosat yurgizilishi lozim bo‘ladi. Shu bilan birga boshqa joylardagi odamlarning tirikchiligi, shu jumladan iqtisodiy ishlar davom etishi zarur. Mana shu siyosat qancha erta amalga oshirilsa, uning foydasi shunchalik ko‘p bo‘ladi.

Ikkinchidan: Davlat bemorlarga ham, sog‘ kishilarga ham majburiy karantin joriy qildi. Holbuki, sog‘ kishilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Shuningdek, boshqa ishlarning barchasi; iqtisod, ta’lim, tijorat, siyosat va tibbiy xizmat to‘xtab qoldi. Boshqa kasallar salomatligini nazorat qilishni to‘xtatib qo‘yib, koronavirusga qarshi kurashishning qanday foydasi bor. Holbuki, kambag‘allar ochlikdan qiynalayotgan va halokat yoqasiga kelib, iqtisod g‘ildiragi to‘xtagan bo‘lsa. Payg‘ambarimiz ﷺning quyidagi hadisi ushbu holatga mos keladi:

«دَخَلَتْ امْرَأَةٌ النَّارَ فِي هِرَّةٍ رَبَطَتْهَا فَلَا هِيَ أَطْعَمَتْهَا وَلَا هِيَ أَرْسَلَتْهَا تَأْكُلُ مِنْ خَشَاشِ الْأَرْضِ حَتَّى مَاتَتْ هَزْلًا»

«Bir ayol mushukni toki o‘lgunicha, taomlantirmay bog‘lab qo‘ygani va erdagi hashoratlardan eyishga qo‘yib yubormagani uchun do‘zaxga kirdi». Ushbu rejim odamlarga nisbatan shunday muomala qilmoqda.

Uchinchidan: Kasallanish holatlari davom etmoqda va kasallar bilan aloqada bo‘lganlarga nisbatan karantin holati to‘xtagani yo‘q. Shuning uchun himoyalanish, sayr qilmaslik, davlat ishlarini bekor qilish va odamlar tirikchilik ishlarini cheklangan holda amalga oshirish kabi ishlarga oid qonunga amal qilish hanuz o‘z kuchida qolmoqda. Lekin shunday paytda rejim tomonidan yaqinda hayot o‘z iziga qaytadi deb xabar tarqatilishi bu tadbirlar muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan darak bermoqda. Shuning uchun faqat epidemiya tarqalgan mintaqalarga karantin joriy qilib, kasallik tarqalmagan mintaqalarda hayot odatdagidek davom etishi lozimdir. Bir shart bilanki, bugun rasmiy notiq aytayotgan tadbir va ehtiyot choralari ko‘rilishi kerak. O‘sha choralarning eng muhimlaridan biri musulmonlarning masjidlarda jamoat va jum’a namozlarini o‘qishlariga imkoniyat yaratib berishdir.

To‘rtinchidan: Rejimning koronavirusga qarshi kurash uchun qo‘llagan chora-tadbirlaridan halokatli iqtisodiy natijalar kelib chiqdi. Chunki bu chora tadbirlar dard ustiga chipqon bo‘ldi. Ra’y gazetasining 2020 yil 11 aprel shanba sonida koronavirus pandemiyasi xatari tufayli bir oy ishlar to‘xtatilishi oqibatida bir milliard dollardan ozroq zarar ko‘rildi. Shunga qaramay, moliya vaziri: «Xarajat kamaytirilmaydi, chunki u iqtisodda paydo bo‘lgan sekinlashishni tezlashtiradi», dedi. Holbuki, iqtisodiy muammoning sababi mustamlakachi kofir kapitalistik iqtisodiy nizom yo‘nalishidadir. Chunki bu nizom iqtisodiy taraqqiyot loyihalarida virtual pul va riboga asoslangandir. Uning halokatli natijalari Amerika va Evropa etakchiligidagi eng kuchli davlatlarda yaqqol ko‘rinib turibdi. Islomdagi iqtisodiy nizom esa, Ummatni ribo, xayoliy pullar va iqtisodiy virtual loyihalardan ozod qiladi. Shuningdek, tilla va kumushga emas, balki Amerikaning dunyo boyliklarini o‘g‘irlashi va hiylasiga asoslangan qog‘oz pul (dollar) hukmronligidan ozod qiladi.

Beshinchidan: Kasallik tarqalgan musulmon yurtlardagi aksar hukmron rejimlar avtokratik bo‘lib, saltanat kuchiga tayanadi. Epidemiyaga nisbatan amalga oshirayotgan siyosati esa, xato bo‘lib, ular epidemiyani to‘xtatish uchun karantin joriy qilishdan boshqa chora topa olmayaptilar. Ko‘rinib turibdiki, hukumat odamlarni ikki tanlov o‘rtasiga tashlab qo‘ygan. Ular yo karantinda o‘tirib, iqtisod emirilishi va qashshoqlik va ocharchilik tarqalishi kerak yoki kasallikka chalinib, epidemiya tarqalishi kerak. Shuning uchun rejim tadbir choralarni ushbu ikki tanlovdan biriga muvofiq shakllantirdi. Ikki holatda ham yo salomatlikka yo iqtisodga yoki har ikkisiga xatarli natija bor. Shuning uchun Ummat rejim taqdim etadigan siyosiy va iqtisodiy to‘lovdan ogoh bo‘lishi lozim. Chunki odamlar bu to‘lovlarni koronavirus epidemiyasining iqtisodiy oqibatlari va xarajatlari evaziga to‘laydilar.

Ey musulmonlar… Ey Iordaniya ahli

Bugun olamda, shu jumladan islomiy yurtlarda hosil bo‘lgan chalkashlikning sababi falokat va epidemiyalarni to‘g‘ri muolaja qiladigan Islomiy davlatning yo‘qligidadir. Agar Islomiy davlat barpo bo‘lsa, falokatlar tug‘ilmasdan oldin bartaraf etiladi, kasalliklar tarqalishidan oldin to‘xtatiladi. Davlat epidemiya tarqalishidan oldin uni to‘xtatishga tayyor turadi va fursatni qo‘ldan berib, keyin iqtisodni qurbon qilmaydi. Davlat odamlarning salomatligi bilan savdolashmay va unda e’tiborsizlik qilmay iqtisodni himoya qiladi. Falokat va epidemiyaga nisbatan to‘g‘ri muomala qilar ekan, olam uchun amaliy programma taqdim etadi. Ummat farzandlari shuni unutmasligi lozimki, hayot maydonida Islom yo‘qligi har qanday epidemiyadan yuksak musibatdir.

Alloh Taolo buyuk risolat bilan aziz qilib qo‘ygan ushbu Islomiy Ummat bugundan boshlab o‘zini va insoniyatni baxtsizlik va mashaqqatdan qutqarish uchun Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini tiklash sari harakat qilishi lozim. Biz sizlarni savob ishga, davlat barpo etish uchun harakat qilayotganlarga yordam berishga chaqiramiz va g‘ayratli bo‘lishingizni so‘raymiz.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to‘planursizlar» [Anfol 24]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.