Erdogan qochqinlar masalasida Evropani shantaj qilishga muvaffaq bo‘lganmidi?!

420
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Erdogan qochqinlar masalasida Evropani shantaj qilishga muvaffaq bo‘lganmidi?!

Turkiya prezidenti Erdogan 2020 yil 9 mart kuni Bryusselda evropaliklar bilan uchrashgan edi. Evropaliklar komissariyati qochqinlar masalasi bo‘yicha Turkiya bilan imzolagan shartnomaga sodiq ekanliklarini ma’lum qildi. Evrokomissiya raisasi Ursula fon der Lyayen «Shartnoma hanuzgacha amal qilmoqda, biz uning bajarilmagan qismlarini va nima uchunligini tahlil qilishimiz kerak», dedi. So‘ng, «Turkiya bilan dialog qayta boshlandi, ammo bugun kechqurun yakunlanmaydi, yana keyingi kunlar va haftalarda muhokamalar davom etadi», deya kelasi oyda yangi takliflar taqdim etilishini aytib o‘tdi.

Evropa kengashi raisi Sharl Mishel bunday dedi: «Evropa Ittifoqi tashqi ishlari koordinatori Jozep Borrel va Turkiya tashqi ishlar vaziri ekspertlar guruhi bilan birgalikda yaqin kunlarda shartnomani amalga oshirish borasidagi kelishmovchiliklarga oydinlik kiritishadi. Maqsad, shartnomani amalga oshirish uchun o‘zaro kelishuvda ekanimizni hamda Turkiyada Evropa Ittifoqi darajasida qilayotgan ishlarimizni o‘zaro bir xil talqin qilayotganimizni tasdiqlashdir». Bu ikki rasmiy Erdogan bilan muzokaralarni yuqori baholab, uni «konstruktiv», deya olqishlashdi, ammo natijalarini aniq olqishlashgani yo‘q.

Ushbu bayonotlar Evropaning qochqinlar masalasi bo‘yicha Turkiya bilan imzolangan shartnomaga amal qilayotganiga, amalga oshirilmagan narsalarni amalga oshirishga tayyorligiga, takliflar kiritishga ham hozirligiga dalolat qilmoqda. Maqsadi, o‘ziga ichki siyosiy zarar keltirayotgan qochqinlar to‘lqini muammosini hal qilish. Shubhasiz, bu masaladan Evropadagi o‘ng qanot ekstremist partiyalar o‘zlarining saylovdagi mavqe va ovozlarini mustahkamlab olishda foydalanishyapti. Masalan, 2016 yilda bu ekstremist partiya ayni masaladan foydalanib, saylovda o‘ng qanot partiya va mo‘’tadil so‘l qanot partiya foydasiga o‘z imkoniyatini kuchaytirib olishga muvaffaq bo‘lgan.

Erdogan «Biz Evropa va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarni yangi, yanada mustahkam pog‘onaga ko‘tarmoqchimiz», dedi. Bryusselda NATO bosh sekretari Stoltenberg bilan bergan matbuot konferentsiyasida quyidagi so‘zlarni aytdi: «NATO bir ittifoq sifatida (Turkiya bilan) hamjihatlikni namoyish qilishi zarur bo‘lgan muhim bosqichga guvoh bo‘lmoqda. Ushbu Alyans kamsitishsiz va siyosiy shartlarsiz namoyish bo‘lishi kerak. Biz talab qilayotgan qo‘llab-quvvatlovni kechiktirmasdan ta’minlash juda muhimdir».

Bu shunga dalolat qiladiki, Erdogan Evropaga bosim qilishni xohlagan. Ya’ni, Turkiyaning NATO a’zosi bo‘lganligi va a’zolar uning yonini olishlari kerakligi uchun Erdogan o‘zining Suriyadagi Amerika buyurgan amaliyotlari Evropa tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini istagan. Bu bilan u NATO rolini mustahkamlaydi. Holbuki, Amerika bu Alyansni Evropaga zo‘rlab tiqishtirayotgan bo‘lsa, Evropa Alyansdan qutulishni istayapti hamda o‘zi uchun maxsus armiya tuzishga harakat qilyapti. Bu haqda Frantsiya prezidenti Makron 2018 yil 11 noyabrda – Evropaning o‘zini AQSh, Rossiya va Xitoydan himoya qilishi uchun maxsus armiya tuzmoqchi ekanini aytdi. Germaniya kantsleri Merkel buni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. 2019 yil 22 yanvarda Makron bilan Merkel ikki davlat o‘rtasida harbiy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan Evropa armiyasini yaratish va ular o‘rtasida tashqi siyosatni muvofiqlashtirish maqsadida ikki tomonlama shartnoma imzolashdi. Bir necha Evropa davlatlari, shu jumladan Britaniya shartnomani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Ko‘rinib turibdiki, Erdogan istagan narsasiga erisholmadi. Chunki evropaliklar bilan uchrashganidan keyin biror yangi kelishuv e’lon qilinmadi. Shuningdek, hanuzgacha Evropani shantaj qilishga muvaffaq ham bo‘lolmadi. U qochqinlarning Evropaga oqib o‘tishi uchun o‘z chegaralarini ochib ham qo‘ymadi. Chunki bunday qilsa qochqinlar Evropa chegaralarida to‘planib qolib, Erdoganga muammo tug‘diradi. Bu bilan qochqinlar masalasida Evropa bilan bir fikrga kelib, bu masalada o‘zining qanchalik ahamiyatli davlat ekanini anglata olgan bir paytda Evropani shantaj qilish urinishlari fosh bo‘lib qoladi.

Buni «Frans 24» axborot agentligi tarqatgan xabar tasdiqlab turibdi. Xabarda Evropa Ittifoqi rahbarlari Erdoganni kelishuv shartlariga rioya qilmayotganligidan qat’iy ogohlantirishgani, Erdogan ham Ursula fon der Lyayen tutgan pozitsiyaga nisbatan achchiqlanish va xafalik bildirgani aytiladi. Darhaqiqat, Erdogan Evropaning Yunonistonni qo‘llab-quvvatlayotganiga hujum qilib, qochqinlar qarshisida o‘z chegaralarini mustahkamlashi uchun unga 700 million evro ajratganini qoraladi. Zero, Gretsiya mana shu pullar ajratilgani sababli qochqinlarning Evropa tomon ketishlari uchun chegarani ochib qo‘ymadi.

2020 yil 17 martda uch tomonlama uchrashuv o‘tkazgani uchun Erdogan Makron bilan Merkelni Turkiyaga taklif qildi. So‘ng koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sababli bu uchrashuv televizion uchrashuvga aylangani ma’lum qilindi. Demakki, Erdogan haligacha Evropani provokatsiya qilishni uddalolmadi, ayni maqsadda Evropa Ittifoqining ikki rahbari bilan aloqa qilishda davom etyapti. Germaniya biz 1500 nafar qochqin bolalarni qabul qilishimiz mumkin, dedi va Frantsiya bilan boshqa davlatlar ham ularni qabul qilishga tayyorliklarini, ammo shulardan boshqalarini qabul qilishga tayyor emasliklarini bildirishdi.

Amerika Turkiyaning beshinchi moddaga muvofiq NATOga a’zo ekanini dastaklab, uni qo‘llab-quvvatlashini istamoqda. Evropa ustidagi hukmronligini saqlab qolish uchun ayni dastak orqali NATOning rolini faollashtirmoqchi. Shuningdek, Rossiyaga bosim qilish uchun Evropaning unga qarshi turishini ham xohlayapti, toki, Rossiya Amerikaning Suriyadagi siyosatini ijro etishga majbur qolaversin. Biroq Evropa buni istamaydi. Ya’ni, Rossiya bilan munosabatlarini taranglashtirishini va Amerika xuddi Rossiyadan foydalangani kabi undan ham foydalanishini istamayapti. Evropa Alyansdan o‘z manfaati uchun foydalana olmaydi. Chunki Amerika NATOga hukmron, uni o‘zi istagan yo‘lida ishlatadi. Shuning uchun Amerika NATO orqali Evropadan foydalanmoqchi va shu sababdan Evropa Turkiyani qo‘llab-quvvatlashni istamayapti. Chunki Turkiya Amerika siyosati doirasidan tashqariga chiqmaydi.

O‘tgan oy oxirida Suriyada o‘nlab turk askarlari o‘ldirilganda NATO Turkiyaga hamdard ekanini bildirdi. Biroq Evropa Turkiyaga biror sezilarli yordam bergani yo‘q, Alyansning beshinchi moddasini tatbiq qilishga ham rozi bo‘lmadi.

Shunday bo‘lsa-da, Evropa Turkiyaga qarshi eshikni batamom yopib olishni ham istamaydi. Chunki u Turkiyaga muhtoj. Shu bois uni bir amallab rozi qilib turmoqchi. Shuning uchun Evropa parlamentida 2020 yil 14 mart kuni bunday so‘zlar aytildi: «Turkiya bilan Evropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar Suriyadagi inson huquqlari va voqealar rivoji manzarasida ko‘rib chiqildi… Suriyadagi voqealar rivoji Evropa parlamenti a’zolarining Turkiya va Ittifoq o‘rtasidagi munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishiga bir qancha sabablarni keltirib chiqardi. Turkiya bir necha o‘n yillar davomida NATO darajasida va ikki tomon o‘rtasidagi savdo aloqalari darajasida Ittifoq bilan samarali aloqalarga ega. Qochqinlar masalasidagi shartnomadan so‘ng Evropaga kelayotgan muhojirlar soni sezilarli darajada kamaydi».

Demak, Evropa Turkiyaga talabiga qarab biror narsa berishga majbur. Beryapti-yu, lekin bergan narsasini amalga oshirishni yillab paysalga solyapti, masalan 2016 yilgi kelishuvda shunday qildi. Ya’ni, mablag‘ni to‘la bermay, kelishuvga vafo qilmadi, yarmi qolib ketdi. Zotan, kofir davlatlarning odati shu. Majbur bo‘lsa kelishuvga imzo chekadi-da, so‘ng vaqtni cho‘zib, o‘z mavqeini mustahkamlab olish uchun uni ijro etishni paysalga soladi. Imkon topsa bajarishdan butunlay qochib qutulishi ham mumkin, imkon topolmasa kelishuvni bir qismini bajaradi-da, qolganini paysalga solib yuraveradi… Agar kuchayib ketib, biror salmoqli mavqega ega bo‘lsa, na ahdga boqadi va na burchga.

Bu ilmoniy Turkiya ilgari ham, hozirgi Erdogan davrida ham kofir davlatlar bilan harom sanalgan ittifoq tuzishda qat’iy turib kelmoqda, kofirlar foydasiga musulmonlar manfaati bilan o‘ynashmoqda. Qochqin musulmonlar masalasidagi o‘yini ham shular jumlasidan.

Turkiyani tiyib qo‘yishga va to‘g‘ri yo‘lga yo‘llashga faqat uning musulmon xalqigina qodir. Zero, Allohning fazlu marhamati ila, Islom nuqtai nazaridan kelib chiqqan siyosiy ong bu xalqqa kira boshladi. Chunki Alloh unga va butun musulmonlarga siyosiy va fikriy onga ega bir Hizbni ne’mat qilib berdi. Hizb musulmonlarni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishga da’vat qilmoqda hamda ularga buning yo‘lini ko‘rsatib, voqea-hodisalarni tushuntirib bermoqda.

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.