Tojikiston prezidenti ro‘za tutishni keyinroqqa qoldirishga chaqirdi

434
0

Tojikiston prezidenti ro‘za tutishni keyinroqqa qoldirishga chaqirdi

 Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bu yil Ramazon oyi koronavirus yoyilib borayotgan vaqtdan tashqari bahorgi dala ishlari bilan ham bir paytga to‘g‘ri kelib qolgani tufayli tojikistonliklarni ro‘za tutishni keyinroqqa qoldirishga chaqirdi.

 “Biz suv ichish va ovqat eyishdan tiyilish bilan bilib turib o‘z salomatligimizga zarar etkazmasligimiz va xudkushlikka yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Chunki kun bo‘yi och yurganidan keyin odam immuniteti zaiflashadi va yuqumli kasalliklar yuqtirib olish xavfi oshadi”, dedi Tojikiston prezidenti.

 Bu haftadan Tojikiston masjidlarida jamoat namozlari taqiqlangan. Ammo rasmiy Dushanbe mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmaganini bildirib kelmoqda.

 Izoh: Imomali Rahmon va u kabi tog‘utlar koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish bahonasida Islom va uning qadriyatlariga qarshi olib borayotgan kurash yo‘lida foydalanib qolishmoqda. Barcha Markaziy Osiyo davlatlarida bo‘lgani kabi Tojikistonda ham musulmonlar uchun jamoat va Juma namozlari taqiqlandi. Holbuki, tojik rasmiylari mamlakatda koronavirus yuqtirgan birorta ham holat qayd etilmagani idao qilib kelyapti.

 Imomali Rahmon o‘tgan yili ham qishloq xo‘jalik xodimlariga murojaat qilib Ramazon oyida tutadigan ro‘zalarini bir oyga kechiktirishni tavsiya qilgan edi. Tog‘utlarning bu kurashlarida odatdagidek saroy ulamolari “dastyorlik” vazifasini bajarib kelishadi. 2018-yili Tojikiston imomlari Rog‘un GESi ishchilariga ro‘za tutmaslik borasida tavsiya berishgandi. Tojikiston Islom Markazi ulamolar Kengashi raisining o‘rinbosari Usmonali Nurov fatvo shariat ahkomlari asosida muftiy Saidmukarram Abdulqodirzoda tomonidan chiqarilganini ma’lum qilgan edi.

 “Biz qurilish maydoni va tonnelga borganimizda bu kabi sharoitlarda ro‘za tutib bo‘lmasligiga amin bo‘ldik. Kun issiq, havo dim, og‘ir mehnat… Ko‘pchilik og‘ir sharoitlarda 300 metrdan ortiq chuqurlikda mehnat qilmoqda. Muftiy fatvo chiqardi va ishchilarni bu fatvo bilan tanishtirdi. Fatvoga ko‘ra, quruvchilar o‘zlariga qulay vaqtda ro‘za tutishlari mumkin”, – degan edi Usmonali Nurov…

 Ha, zamonaviy fir’avnlardan biri, Tojikiston tog‘uti Imomali Rahmon Islom diniga qarshi kurash, islomiy ko‘rinish va qadriyatlarni jamiyatdan surib chiqarish uchun o‘z imkoniyatidagi barcha vositalarni ishga solib kelmoqda. Nahotki, bu kabi tog‘utlar o‘tmishda xudolikni da’vo qilgan fir’avnlar taqdiridan ibrat olishmasa?! Ular o‘zlarining kuch-qudrati va hokimiyatlari bilan mag‘rurlangan edilar, ular halokatga yuz tutdilar. Shubhasiz bularni ham shunday taqdir kutib turibdi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.