Mahbuslar masalasi rejimni ag‘darish bilan bog‘liq masaladir

644
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Mahbuslar masalasi rejimni ag‘darish bilan bog‘liq masaladir

Bas, u qo‘zg‘olonning barqaror maqsadlaridan voz kechish uchun bahona bo‘lolmaydi

Ustoz Toriq Rofe qalamiga mansub

Koronavirus pandemiyasi haqida gapirilar ekan, tog‘ut hukmdorlar qamoqlaridagi mahbuslar masalasi ham urchib chiqmoqda hamda qamoqxonada ayni kasallikning tarqalish xavfi tashqarisida tarqalishi xavfidan yuqori bo‘lganligi sababli, ularni ozod etilishini talab qiluvchilar ko‘paymoqda. Buning boisi, qamoq lagerlaridagi shart-sharoitlarning yomonligi, sanitariya xizmati yo‘qligi hamda yomon ovqatlanish natijasida immunitet tushib ketishi kasallik yuqishini yanada tezlashtiradi.

Shulardan kelib chiqqan holda, men qonxo‘r Asad qamoq lagerlaridagi mahbuslar masalasini yoritishni istadim. Zero, bu rejim lagerlari qotil ota Asaddan uning qattol vorisiga qadar uzun tarixga ega. Mahbuslar haqidagi gaplar – har bir xonadonda bo‘lmasa agar – Shomdagi har bir mahallada aylanib yuradi. Darhaqiqat, mahbuslar soni yuz minglabga etdi. Suriya inson huquqlari muassasalari 2011 yilning mart oyidan buyon ularning qo‘lida 129 ming 973 nafar mahbusning hibsda qolayotgani va majburan yashirilayotganini hujjatlashtirishgan.

Asad zindonlari va erto‘lalarida turli-tuman qiynoq uslublari qo‘llanmoqda… Bu qonxo‘rning qiynoq uslublari dunyoda eng ashaddiy uslublar, desam mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Hatto bu rejim uslublari boshqa tog‘utlar uchun mahbuslardan o‘ch olishda o‘rganadigan dars bo‘lib qolmoqda. Chunki rejimning Shom ahlini qanchalar yomon ko‘rishi va ulardan jirkanishini anglab olishingiz uchun u erda qisqa muddatda yotib chiqqan bitta mahbusning so‘zlarini eshitishingiz etarlidir.

Mahbuslar masalasi Shom qo‘zg‘olonidan avvaldan ma’lum. Chunki bu jinoyatchi rejimning qamoq lagerlari allaqachondan to‘lib ketgan. Lagerlardagi har bir devor rejimni tanqid qilgan yoki tanqid qilishni rejalashtirgan yoxud unga muxolif fikrda bo‘lgan har bir kishining qiynoqlariga guvohlik beradi. Biroq qo‘zg‘olondan so‘ng mahbuslar masalasi har qachongidan ko‘proq va kattaroq hajmda ko‘tariladigan bo‘ldi. Hatto rejim o‘z qamoq lagerlarining mahbuslar bilan to‘lib-toshgani sababli yangi lager ochishga va bir necha maktablarni qamoqxonaga aylantirishga, hatto ko‘plab mahbuslarni yo‘q qilib yuborishga majbur bo‘ldi.

Shuning uchun mahbuslarning ozod etilishi qo‘zg‘olon maqsadlaridan biri hisoblanadi, hatto buni qo‘zg‘olon boshlanishi sabablaridan biri, deyish ham mumkin. Shu sababdan har bir siyosiy yo‘laklar va konferentsiya minbarlaridan «mahbuslarning ozod etilishi», degan gaplarning ko‘tarilayotgani quloqlarimizga chalinadigan bo‘ldi. Shuningdek, ajnabiy razvedka orqali tuzilgan ilmoniy muxolafat ham o‘zining har bir xiyonatini oqlash hamda qo‘zg‘olonning o‘zgarmas barqaror maqsadlaridan tonganini yashirish maqsadida ayni mahbuslar masalasini shior qilib ko‘taradigan bo‘lib qoldi. Shu bois, ko‘rib turibmizki, ular rejimni ag‘darishdan voz kechganliklarini mahbuslarni ozod etishga harakat qilayotganlari bilan oqlashga urinishyapti, ammo voqeda na rejimni ag‘darishdi va na mahbuslarni ozod etishdi!

Aftidan, yaqindan beri mahbuslar masalasida eng ko‘p tilga olinayotgan narsa «Tsezar qonuni» bo‘lsa kerak. Hatto ba’zilar AQSh Suriya qo‘zg‘olonini himoya qilyapti, u Asad rejimidan jinoyatlari ustida hisob so‘raydi, deb hisoblaydigan bo‘lib qoldi. Holbuki, uning jinoyatlariga minglab guvohlar va hujjatlar mavjud. Shunga qaramay, Amerika Asad rejimini himoya qilish pozitsiyasini tark etmadi. Ammo ko‘zlarini parda o‘rab qolgan ayrim kimsalar buni ko‘rmayapti.

«Tsezar qonuni»ga ozgina to‘xtalishimizning o‘zi bu nomning noma’lum shaxsga mansubligini, bu shaxs qo‘zg‘olon alanga olgan 2011 yil bilan 2014 yillar orasida Asad rejimining xalqni qamoq lagerlarida, ko‘chalarda va omma maydonlarida qiynoqqa solganini videoga tushirish bilan buni hujjatlashtirganiga guvoh bo‘lamiz. Ushbu videolavhalar ommaga taratilganda juda katta shov-shuvlar keltirib chiqardi. Masalan, «Human Rights Watch» tashkiloti videolavhalardagi hujjatlar bo‘yicha tergov-surishtiruv o‘tkazilishini talab qildi, so‘ng «Demak, o‘liklar ham gapira olar ekan» nomli hisobot chiqardi. Unda videolavhalar bo‘yicha hisobotdagi fotosuratlardan dalillar nashr qilib, so‘ng bu dalillarni Qo‘shma Shtatlardagi «Xolokost» xotira muzeyida va BMTda namoyishga qo‘ydi.

Ushbu qonunning uzundan-uzun tafsilotlariga kirishishdan oldin aytamizki, Shom ahlining nafaqat qamoq lagerlarida, hatto shahar va qishloqlarda ham ochiq-oshkor azob-uqubatlar tortayotgan, butun dunyo ko‘z o‘ngida boshlaridan portlovchi bochkalar va raketalar yog‘dirilayotgan bir paytda… mustamlakachi davlatlar bu borada o‘zaro hamkorlik qilib, biri ochiq dushmanligini, boshqasi yolg‘ondan do‘stligini izhor qilayotgan bir manzarada ushbu qonun qabul qilindi. Shuncha yil davom etgan jinoyatlar ortidan va nihoyat, 2019 yil oxirida Tramp «Tsezar qonuni»ni qabul qildi, AQSh vakillar palatasi uni tasdiqladi.

Bu qonunga nazar solsangiz, shunga guvoh bo‘lasizki, u ham Amerikaning o‘z malaylari uchun qo‘llaydigan yumshoq qarorlaridan biri bo‘lib, Asad rejimi va u bilan muomala qilgan ba’zi rejimlarga sanktsiya sifatida belgilaydi. AQSh prezidenti ularni istagancha miqdorda belgilaydi va istagan paytda bekor qiladi. Ammo bu qarorlar na mahbuslarni ozod etadi, na yog‘ayotgan bombalarni to‘xtatadi va na birorta mazlumga yordam beradi. Albatta, bu kutilmagan hol emas, balki Amerikaning arqonini ushlayotgan va uni xaloskor hisoblab, rejimning AQSh va «Isroil»ga qarshi kurashyapman, degan cho‘pchaklariga ishonayotgan kimsalar uchun kutilmagan hol, xolos. Aslida, Hofiz Asad rejimidan ham ko‘proq Bashar Asad rejimi AQSh va «Isroil» manfaatlarini himoya qilib yotibdi.

Mavzuimizga qaytadigan bo‘lsak, mahbuslar va ularni ozod etish masalasi qo‘zg‘olonning eng muhim maqsadlaridan bo‘lib, qo‘zg‘olonchilar uning rejimni ag‘darish masalasi bilan chambarchas bog‘liq ekanini va rejim ag‘darilmaguncha ularni ozod etib bo‘lmasligini unutmasliklari lozim. Ammo shunga guvoh bo‘lmoqdamizki, o‘zini qo‘zg‘olonga mansubligini da’vo qilib, qo‘zg‘olonning o‘zgarmas maqsadlarini bir chetga surib, so‘ng mahbuslarni ozod etish, dastagi bilan qonxo‘r rejim bilan muzokara o‘tkazganlar bor. Rejim esa, ularga ko‘chalardan odamlarni asir sifatida yig‘ishtirib olib, mana shu yangi mahbuslarni beryapti va buning evaziga mintaqalar aholisini chiqarib yuborilishiga yoki o‘z nazorati ostidagi mintaqalardan qamalni olib tashlanishiga erishyapti.

Kichik bir mintaqani nazorat qilib, o‘sha erni boshqarayotgan ayrim kimsalar Asaddan o‘rnak olib, qamoqxonalar qurishyapti va odamlarni adolatsiz ravishda qamashyapti. Bulardan shunday qilmishlar sodir bo‘layotgan ekan, qanday qilib ulardan Asad rejimini ag‘darishni va mahbuslarni ozod etishni kutish mumkin?!

Xullas kalom, bitta qamoq yoki lager haqida eshitishning o‘zi, qo‘zg‘olonni to‘xtatmay davom ettirib, sobit turib, rejimni ag‘darish va Islom hokimiyatini o‘rnatish uchun kifoya. Bitta qamoq yoki lager shunga sabab bo‘lar ekan, endi, Shom ahli qo‘lida minglagan sabablar borki… shu sabablar ularning qadamlarini sobit qilib, har qancha qimmatga tushmasin, qo‘zg‘olon maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga qat’iy harakat boshlashlariga undaydi. Harakatdan tolib, yon berishga moyil bo‘layotganlarga kelsak, ular qo‘zg‘olondan chetga chiqib, unga va qo‘zg‘olon ahliga xalaqit bermasinlar… Chunki qo‘zg‘olon ahli qo‘zg‘olonni himoya qilmoqda va Robbilariga tavakkal qilib, Undangina yordam so‘rab, qo‘zg‘olonni nusrat tomon eltmoqdalar. Alloh, ularni yaqinda o‘z nusratiga noil qilajak, insha Alloh. Bu Allohga hargiz mushkul emas.

Roya gazetasining 2020 yil 8 aprel chorshanba kungi 281-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.