Shakar va bug‘doy inqirozi bo‘yicha hisobotlardan ko‘rinib turibdiki, asli qirg‘inbarot virus kapitalistik demokratiyadir
Qaytib kelmaydigan qilib yo‘q qilish kerak bo‘lgan tuzum mana shudir
Shakar va bug‘doy inqirozi haqidagi hisobotlar hukmron elitani, shu jumladan Navoz Sharif va uning aka-ukalarini fosh qildi. Shuningdek, bu ma’lumotlar demokratiyaning jirkanch basharasini hamda uning hukmron kapitalistik elita uchun davlat mablag‘larini o‘zlashtirishga qonuniy yo‘l ochib berganini fosh qildi. Bundan tashqari, soliqdan tushgan milliardlagan rupiyalar muhtoj oila va shaxslarga yordam nomi ostida bo‘lishib olinganini ochib berdi. Demokratiya odamlarni o‘zlaridan zolimlarni vakil qilib saylashga undamoqda. Natijada, bu vakillar o‘z xohish-istaklariga muvofiq qonun va siyosatlarni belgilash uchun qonuniy huquqqa ega bo‘lishyapti. Ularning bu qonun va siyosatlaridan odamlar farovonligi va ularning ishlarini boshqarish da’vo qilinsa-da, biroq amaliy tomondan olib qaralganda ular hukmron elitaning istaklari va nafs-havolariga xizmat qildi. Hukmron elita o‘z boshqaruvi davomida ulkan boyliklarni yig‘ib olmoqda, o‘z obro‘larini saqlab qolish va keng tarqalgan korruptsiyani yashirish uchun odamlar manfaati yo‘lida ayrim yuzaki choralarni qo‘llashadi.
Korruptsiya o‘chog‘i va kasallik manbai bo‘lgan demokratiyadan voz kechish o‘rniga, odamlarga tanbeh berib ulardan kuchli shaklda ovoz berish talab qilinmoqda. Holbuki, korruptsiyaga qarshi kurashadigan sof hukumat, deb da’vo qilingan yangi rejim sobiq hukumatlardek yaqin do‘stlariga xizmat qilmoqda va ularga moliyaviy imtiyozlar bermoqda. Sobiq hukumatlar ham xuddi shunday qilishgan edi, Imron Xon ham xuddi shunday qilib, «madinai munavvaradagi davlat» tushunchasidan hiylakorlik bilan foydalanyapti. Bunga vazirlar mahkamasiga qarashli iqtisodiy muvofiqlashtiruv kengashining shakar eksportiga ruxsat bermagani misol bo‘la oladi. Bunga faqat ichki mahsulotning etishmasligi sabab bo‘lmadi, balki shu bilan birga, ham davlat xazinasini sovurishlariga yo‘l ochib berdi, ham odamlarning shakarni yuqori narxlarda sotib olishga qo‘yib berdi. Demak, kapitalistik demokratiya va uning hokimiyatdagi elitasi qirg‘inbarot virus bo‘lib, ulardan tamomila xalos bo‘lmoq lozim.
Xalifalik jihozi o‘n uchta jihozdan iborat bo‘lib, Xalifa, muovinlar, qozilar, jihod amiri idorasi va Ummat majlisi kabilar shular jumlasidandir. Lekin bu jihozlar ichida qonunlarni odamlarning xohish va istaklariga muvofiq ishlab chiqish uchun qonuniy huquqqa ega bo‘lgan birorta kishi yo‘q. Balki Xalifalik jihozida qonunlar shar’iy nususlardan, ya’ni Qur’on va Sunnatdan olinadi. Bu esa, demokratiyaga mutlaqo ziddir. Chunki demokratiyada siyosatchilar o‘z manfaatlariga xizmat qiladigan qonunlarni qabul qilish orqali milliardlarga erishish uchun millionlarni sarflaydilar. Islomda esa, xalifani Islom asosida muhosaba qilingani va hukm chiqarilgani uchun xalifa va uning muovinlari shar’iy hukmlarni mahkam ushlashga majburdir. Bu haqida islomiy tarixda misollar ko‘p. Xalifalikda siyosiy muhit Alloh Taolo va Rosul ﷺga itoat qilish asosida tayin qilinadi. Shuningdek, adolatli shar’iy hukmlarni tatbiq etish orqali shaxs va jamiyatning ehtiyojlari qondiriladi. Koronavirus kasalligi tarqalishi ortidan kapitalistik demokratiyaning barchaga farovonlik bo‘ladi, degan cho‘pchagi yolg‘onligi ayon bo‘ldi. Shuning uchun qulay deb turgan kapitalistik demokratiya vayronalari ustiga buyuk Xalifalik binosini qurish davri keldi.
فَمَاذَا بَعْدَ الْحَقِّ اِلَّا الضَّلَالُ فَاَنّـٰى تُصْرَفُوْنَ
«Haqiqatdan keyin esa, faqatgina yo‘ldan ozish bor, xolos. Bas, qay tarafga burilib ketmoqdasizlar?» [Yunus 32]