Genri Kissinjer: Koronavirus dunyo tizimini butunlay o‘zgartirajak

496
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Genri Kissinjer: Koronavirus dunyo tizimini butunlay o‘zgartirajak

Al-Jazira saytida (hijriy 1441 yil 11 sha’bon, milodiy 2020 yil 14 aprel shanba kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

«AQShning sobiq davlat kotibi Genri Kissinjer «Uoll-strit jornel» gazetasiga bergan intervьyusida koronavirus dunyo tizimini butunlay o‘zgartirajak, dedi.

Unga ko‘ra, yangi koronavirus tarqalishining sog‘liqqa etkazgan zarari vaqtincha bo‘lishi mumkin, biroq u boshlagan siyosiy va iqtisodiy boshboshdoqlik ko‘p avlodlargacha cho‘zilishi mumkin.

Kissinjer AQSh ma’muriyatini ayni epidemiya oqibatlarini ichki va global miqyosda hal etishga qaratilgan uchta asosiy yo‘nalishga e’tibor qaratishga chaqirdi:

Birinchi yo‘nalish: ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish orqali dunyoning yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshirish.

Ikkinchi yo‘nalish: Ayni epidemiyaning tarqalishi oqibatida global iqtisodiyotga zarar etkazgan hamda tezligi va keng qamrovliligi jihatidan insoniyat ilgari uchratmagan bunday epidemiyani bartaraf etishga tinimsiz intilish.

Uchinchi yo‘nalish: AQSh ma’muriyati o‘zining liberal xalqaro tartib-tamoyillarini himoya qilishi shart.

Kissinjer so‘zini bunday deya tamomladi: Hozirda dunyo rahbarlari duch kelayotgan tarixiy kurash ayni krizisni jilovlab olish va bir vaqtning o‘zida, kelajak bunyod etishdan iborat. Ammo bu kurashda mag‘lub bo‘lish dunyoni yoqish, demakdir».

Roya gazetasi sharhi:

AQSh va boshqa kapitalistik davlatlarning koronavirus pandemiyasi krizisiga nisbatan munosabati yangi bir holatni paydo qildi. Ya’ni, kapitalistik davlatlardagi halqalarning ushbu buzuq tuzumga nisbatan noroziliklari tobora oshib bormoqda. Chunki bu davlatlarda olib borilayotgan iqtisodni qutqarish siyosatlari boyliklarning bir hovuch badavlat kimsalar qo‘lida to‘planib, kambag‘allarning yanada qashshoqlashishiga olib bormoqda. AQShning sobiq Davlat kotibi va siyosat tulkisi Genri Kissinjer bu narsani batamom tushunib etdi.

Biroq u boshqa bir haqiqatni anglamayapti, ehtimol anglayotgandir ham. U ham bo‘lsa, bugungi kunda Alloh Subhanahu va Taoloning inoyati ila butun olam tayyorlanib-kutib turgan tuzumning barpo bo‘lishiga bir baxya qolganligidir. Bu Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik misolidagi Islom tuzumidir. Zero, AQSh va butun yirik davlatlarni barpo bo‘lishidan ogohlantirayotgan Kissinjer istamasa-da hamda ayb-nuqsoni ochilib, kapitalistik tuzumining soxtaligi fosh bo‘lgan davlatlar xohlashmasa-da, biroq Islom tuzumi albatta barpo bo‘lajak.

Roya gazetasining 2020 yil 8 aprel chorshanba kungi 281-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.