Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati odamlarga Hizb ut-Tahrir amiri, ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Xalifalik qulatilganining 99 yillik xotirasi munosabati bilan so‘zlagan nutqini tarqatdi

381
0

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati odamlarga Hizb ut-Tahrir amiri, ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Xalifalik qulatilganining 99 yillik xotirasi munosabati bilan so‘zlagan nutqini tarqatdi

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati milodiy 23 mart 2020 yil, hijriy 28 rajab 1441 yil, dushanba kuni Hizb ut-Tahrir amiri, ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning (Alloh u kishini saqlasin va u kishi orqali fath bersin) so‘zlagan nutqi nusxalarini tarqatdi. Hizb ushbu nusxalarni keng doirada poytaxtda va Sudanning turli mintaqalarida tarqatar ekan, Ummatga 99 yil oldin, ya’ni 1342 hijriy sana 28 rajabda yuz bergan alamli hodisani eslatdi.

Darhaqiqat, Hizbning amiri o‘z nutqini umuman Islomiy Ummat, xususan Hizb ut-Tahrir yigitlari va o‘zining elektron pochtasidagi ziyoratchilariga yo‘lladi. Amir unda asr jinoyatchisi Mustafo Kamolning Xalifalikni bekor qilgani va Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritishni to‘xtatganini eslatdi. Shuningdek, bu ish ochiq kufr bo‘lgani, uni amalga oshirgan shaxs o‘ldirilishga loyiq bo‘lgani va bu ish Ummatdan bor yo‘g‘ini qurbon qilishini talab qilishi, ammo Ummat ushbu jinoyatchiga nisbatan o‘z vazifasini bajarmaganini aytdi. Bundan tashqari, Xalifalik davrida Ummat tarixi haq va adolat bilan to‘lgani, bugun esa 50dan ortiq davlatchalarga bo‘linib ketgani, uni shafqatsiz va odamlar ishlarini nazorat qilmaydigan hokimlar boshqarayotgani hamda kofirlarga qul va mustamlakachilarga qaram ruvaybiza hokimlar hukm yuritayotgani haqida gapirdi.

Shundan so‘ng amir (Alloh u kishini saqlasin) Xalifalik Ummatning taqdiriy masalasi ekani va u ulug‘ farzligini bayon qildi. O‘z so‘zlarini qat’iy dalillar bilan isbotladi. Shuningdek, sahoba roziyallohu anhular musulmonlar uch kecha-kunduz xalifasiz yashashi joiz emasligiga ijmo qilishgani va bu kabi uch kunliklardan bir qanchasi o‘tib ketganini bayon qildi. Ammo Allohning rahmatidan noumid bo‘lmasligimizni eslatdi.

إِنَّهُ لَا يَيْأَسُ مِنْ رَوْحِ اللَّهِ إِلَّا الْقَوْمُ الْكَافِرُونَ

«Zero, Allohning rahmatidan faqat kofir qavmgina noumid bo‘lur» [Yusuf 87]

Darhaqiqat, Alloh Taolo mo‘minlarga ularni er yuzida xalifa qilishni va’da bergan hamda Rosululloh ﷺ zo‘ravon podshohlardan keyin Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik barpo bo‘lajagi haqida bashorat qilganlar. Shuningdek, amir o‘z nutqida – Ummatni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash ishiga jonini fido etayotgan Hizb ut-Tahrir bilan ikrom qilgani uchun Alloh Taologa hamd aytdi.

Hizb amiri ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta o‘z nutqi yakunida Xalifalik uchun harakat qilishning nafaqat Hizb ut-Tahrir a’zolariga, balki har bir qodir musulmonga farz ekanini eslatib o‘tdi.

Amir hafizahulloh yana kim Xalifalikni barpo etish uchun yordam bersa, uning ajri Xalifalikni barpo etilgandan keyin qiladigan yordamining ajridan ulug‘ bo‘lishini aytdi.

لَا يَسْتَوِي مِنْكُمْ مَنْ أَنْفَقَ مِنْ قَبْلِ الْفَتْحِ وَقَاتَلَ أُولَئِكَ أَعْظَمُ دَرَجَةً مِنَ الَّذِينَ أَنْفَقُوا مِنْ بَعْدُ وَقَاتَلُوا وَكُلّاً وَعَدَ اللَّهُ الْحُسْنَى وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ

«Sizlardan (Makka) fath bo‘lishidan ilgari infoq-ehson qilgan va (Rosululloh bilan birga kofirlarga qarshi) urishgan kishilar (Makka fathidan keyin infoq-ehson qilgan va urishgan kishilar bilan) barobar bo‘lmas. Ular keyin infoq-ehson qilgan va urishgan kishilardan ulug‘roq martabadadirlar. Barchalariga Alloh go‘zal (oqibat-jannat) va’da qilgandir. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir» [Hadid 10]

Biz Xalifalik parchalanganining 99 yilligini xotirlar ekanmiz, Allohdan ulug‘ nusrat kelishini so‘raymiz. Shuningdek, Xalifalik butun dunyoni yangidan nurga to‘ldirishini so‘raymiz.

وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللَّهِ يَنْصُرُ مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ

«O‘sha kunda mo‘minlar Alloh nusrat bergani sababli shodlanurlar. (Alloh) O‘zi xohlagan kishini g‘olib qilur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir»  [Rum 4-5]

Hizb ut-Tahrirning Sudandagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.