Xalifalik qonli yara va intiq umidlardir

484
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Xalifalik qonli yara va intiq umidlardir

Islom Ummati Alloh Subhanahuning Kitobi va Rosuli ﷺning sunnati bilan hukm yurituvchi imom-xalifasiz to‘qson to‘qqiz yil o‘tkazdi. Vaholanki, Alloh Subhanahu musulmonlarga Xalifasiz uch kecha-kunduz o‘tkazishni harom qilgan.

Xalifalik ag‘darilishi barobarida Islom Ummati hayotidan Islom boshqaruvi g‘oyib bo‘ldi. O‘shandan beri Ummat inson tomonidan o‘ylab topilgan va Alloh nozil qilmagan kapitalistik qonunlar olovida jizg‘inak bo‘lib kelmoqda. Ummat ushbu kapitalizm zulmatida adashib, mustamlakachi kofir G‘arbga qaram bo‘lib qoldi. Kapitalizm Ummat hayotiga o‘zining ta’lim dasturi, axborot vositalari, zaharli fikrlari, buzuq tushunchalari va boshqa nizomlarini keng yoydi. Afsuski, bular Islom Ummatining ko‘plab farzandlari aqllarini band qilib qo‘ydi. Ular G‘arbning soxta ma’rifatiga, yaltiroq madaniyatiga aldanib, uni maqtaydigan, iflos hazoratiga taqlid qiladigan bo‘lib qolishdi. G‘arb nima qilsa qiladigan, Rosululloh ﷺ aytganlaridek, hatto bir kaltakesak kovakka kirsa, ular ham kiradigan bo‘lishdi.

Xalifalik ag‘darilishi bilan mustamlakachi kofir davlatlar musulmon yurtlarini oyoq-osti qilib, daxlsizligini buzishdi. O‘shandan beri ular bizga jur’at qilib, yurtlarimizni istilo etib kelishmoqda. Ular jigargo‘shalarimizni o‘ldirib, boyliklarimizni tashib ketishmoqda, yurtimiz potentsiali va qudratini tortib olishmoqda. Alaloqibat, yurtlarimiz xuddi xarobazorga o‘xshab qoldi… xavfsizlik va barqarorligini yo‘qotdi.

Ha, Islom davlatining yo‘qligi ularning bosib olinishiga, muqaddas dargohlari, asosan, birinchi qiblalari bo‘lmish Baytul Maqdisning toptalishiga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, bu muqaddas joyni er yuzining eng razil kimsalari bosib olishdi. Islom davlatining yo‘qligi sababli musulmonlar haybat, qudrat va hurmatlarini yo‘qotdilar, ming yildan ko‘proq vaqt davom etgan olam hukmronligini qo‘ldan boy berdilar.

Xalifalik yo‘q qilinishi musulmonlar qariyb yuz yildan beri boshdan kechirayotgan qashshoqlik, ishsizlik, qoloqlik va korruptsiyaning kelib chiqishiga bosh sabab bo‘ldi. Hatto bugungi kunda musulmonlar aziyat chekayotgan og‘ir va yuqumli kasalliklar ham, agar qobiliyatli va g‘amxo‘r Xalifalik davlati mavjud bo‘lganda edi, muolajasiz qolmas edi.

Ha, ushbu Xalifalikning yo‘qolishi, dunyo va uning siyosatiga etakchilik qilishga o‘ch nopok mustamlakachi kapitalistik davlatlarning hukmronligiga olib kelib, chor atrof buzg‘unchilikka to‘ldi, xonavayron etildi, oddiy insonlar qoni oqizildi. Xullas, mudom Xalifalik yo‘q ekan, uning yo‘qligi sababli sigir va toshlarga sig‘inuvchi hindular biz musulmonlarga jur’at qilib, vahshiy hayvonlar kabi g‘ajib eydigan, uylarimiz, masjid va boyliklarimizni yoqadigan bo‘lib qolishdi.

Bu va boshqa son sanoqsiz faktlar borki, barchasi rahmat va hidoyat Rosulining naqadar haq ekanliklariga qat’iy dalolat qilmoqda. Darhaqiqat, Rosulululloh ﷺ bunday deganlar:

«إنَّمَا الْإِمَامُ ‏‏جُنَّةٌ ‏‏يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ فَإِنْ أَمَرَ بِتَقْوَى اللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ وَعَدَلَ كَانَ لَهُ بِذَلِكَ أَجْرٌ وَإِنْ يَأْمُرْ بِغَيْرِهِ كَانَ عَلَيْهِ مِنْهُ»

«Imom-xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi, u bilan himoyalaniladi. Agar xalifa Alloh Azza va Jalladan qo‘rqishga buyursa va adolat qilsa, bu bilan ajr oladi. Ammo boshqa narsaga buyursa, unga o‘zi javob beradi». (Muslim rivoyati).

Ey musulmonlar!

Armiya safidagi qo‘mondonlar, ofitserlar va askarlardan iborat sizning farzandlaringiz uchun bir yoqadan bosh chiqarib, Ummatlarini bo‘linish, tobelik va xorlikdan qutqarish va Hizb ut-Tahrirga nusrat-yordam berishga harakat qilish vaqti keldi. Hizb Ummatni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatida birlashtirish uchun uning qudrat va ulug‘ligini qayta tiklash yo‘lida kunlarni tunlarga ulab faoliyat olib bormoqda. Zero, roshid Xalifalik davlati soyasida Ummat mustamlakachi kofir davlatlarning musulmon yurtlaridagi nufuzini ildizi bilan qo‘porib tashlaydi. Ularning xalqlariga esa, Islom risolasini etkazib, kapitalizm zulmi va zulmatidan Islom adolati va nuriga ularni olib chiqadi.

Roya gazetasining 2020 yil 18 mart chorshanba kungi 278-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.